A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

 
Ijtimoiy pedagogika
garchi u avvaldan yurtimizda pedagogik bilim 
sohasi va fan sifatida mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham, O‘zbekiston uchun 
yangi hodisa va tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi va 
Ijtimoiy pedagogika fanining paydo bo`lishi va rivojlanishi


27 
amaliy tajribalari tizimlashtirilmaganligining sabablari O‘zbekiston 
tarixiy rivojlanishining murakkabliklari va qarama - qarshiliklari bilan 
izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga salbiy ta’sir ko‘rsatgan hodisalarga 
XX asrning 30 - yillarida boshlangan ijtimoiy tarbiyaning 
diskreditatsiyalashuvi milliy olimlar va pedagoglarni xorij tajribasi va 
chet ellik hamkasblaridan ajratgan “temir parda”ning tushirilishi, 
umuminsoniy qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy 
muammolar haqida jim turish siyosati, rahmdillik, mehr-muruvvat 
an’analarining yo‘q qilinishi kiradi. Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, 
ma’naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. 
Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda 
amalga oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga 
qaratilgandir. Buni biz birinchi Prezidentimizning “Islohot - islohot 
uchun emas, balki islohot inson uchun, mamlakat aholisining farovonligi 
va turmush darajasini ko‘tarishga qaratilganligidadir” degan fikrlaridan 
ham ko‘rishimiz mumkin. Hayot, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, isloqotlar 
jarayonida ya’ni jamiyat a’zolarining, fuqarolarning ongida qanday 
o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, fuqarolik jamiyati qayotini farovon barpo 
etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yo‘lda o‘z yo‘lini 
topayaptilaru, kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va 
qanday ta’sir o‘tkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday 
ta’sir ko‘rsatmoqda. Muhtojlarga ijtimoiy - pedagogik yordamni amalga 
oshirish, jamiyatda insoniylik, fuqarolarning haq - huquqlarini amalga 
oshirishga asoslangan yangi demokratik qadriyatlar paydo bo‘lgani bilan 
ham izohlanadi. Bu masalaning ahamiyatliligi davlatimizning boshqaruv 
tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq anglangan. 
Quyidagilar bundan dalolat beradi:
1) kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor 
yo‘nalishi sifatida e’lon qilinishi;
2) aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish yuzasidan 
bir qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi;
3) sobiq ijtimoiy himoya muassasalarining moddiy texnik 
bazasining yaxshilanishi va yangilarining ta’sis etilishi;
4) “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning har tomonlama barkamol 
shaxsni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy pedagogik choralari 
majmuasi sifatida joriy qilinishi. O‘zbekiston fuqarolari hayotida 
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalasi birinchi prezidentimiz 
I.Karimov asarlari va chiqishlarida ham muhim o‘rin tutmoqda. Ularda 


28 
insoniylik, mehribonlik o‘zbek xalqining ajralmas xususiyati ekanligi 
ta’kidlanadi va ijtimoiy xarakterdagi ko‘pgina muammolar - sog‘liqni 
saqlashni, maktab va shifoxonalarning moddiy - texnik bazasini 
yaxshilash, yashash va sport majmualarini qurish, ko‘p bolali oilalarga 
yordam berish muhokama qilinadi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, 
o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. Bu yo‘l 
jamiyatimizning kelajagini o‘z qo‘llariga oluvchi - yoshlarga beriladigan 
ta’lim - tarbiya asosida belgilandi. Ta’lim - tarbiya muassalari o‘z 
vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin, ammo hayot qarama - 
qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa jamiyatning barcha 
a’zolari ushbu ziddiyatlarni yengib, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqara 
oladilarmi! Demak, ta’lim - tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy 
ta’sirlar, ya’ni kundalikli ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko‘rsatayotgan 
ta’siri, ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o‘rganish, 
pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e’tibor berilmagan ijtimoiy 
pedagogikaga zaruratni vujudga keltirmoqda. Ijtimoiy hayotning turli 
jabhalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Bunga misol tariqasida quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz 
mumkin: Ommaviy axborot vositalari Iqtisodiyot, ko‘cha - kuy, 
mahalladagi voqe’liklar ota - ona, yoshi kichik va kattalar orasidagi 
munosbatlar.
Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat 
taraqqiyotining ehtiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida 
paydo bo‘ldi. Hozirda respublika siyosiy, iqtisodiy, ta’lim va ma’rifiy - 
madaniy islohotlarni boshdan kechirmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni 
insonparvarlashtirishning 
yangi 
tamoyillari, 
bozor 
iqtisodiyoti 
munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillarning o‘zgarishi 
ishsizlik, 
moddiy 
yetishmovchilik, 
bolalarning 
nazoratsizligi, 
oilalarning ajralib ketishi, g‘ayri ijtimoiy hodisalar - alkogolizm, 
narkomaniya, jinoyatchilik, fohishalik kabi ijtimoiy muammolarni 
keskinlashuviga sabab bo‘lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda bolalar, 
so‘ngra esa kattalar ijtimoiy yordamga muxtojdirlar. Bunday 
sharoitlarda jamiyatning ijtimoiy muammolariga bog‘liq bo‘lgan 
pedagogik masalalarni hal qiluvchi, uning ijtimoiylashuvi jarayonida 
shaxsga yordam beruvchi mutaxassis sifatida ijtimoiy pedagogga talab 
paydo bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikaning zarurligini quyidagi holatlar 
talab etayotgan edi: Birinchidan, bugungi kunda ta’lim va tarbiya 
maqsadi bilan uning ba’zi natijalari o‘rtasidagi qarama - qarshilik 


29 
sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash zarurligi 
talab etilmoqda. Ushbu talab pedagogika olamiga jamiyatdagi 
munosabatlar bilan shug‘ullanuvchi sotsiologiyani olib kirish 
zaruriyatini uyg‘otdi. Chunki ongli xususiyatga ega bo‘lgan inson 
faoliyati, sotsiologiya fanining o‘ziga xos obyektini tashkil etadi. Har bir 
shaxsning jamiyatdagi o‘z o‘rnini, o‘zligini anglashi, hayotiy - axloqiy 
me’yorlarni o‘zida mujassam etishi jamiyatda shu ma’naviy - axloqiy 
sifatlarni namoyon etib, ijtimoiy hayotimiz, zamonamiz bilan hamnafas 
yoshlarni tarbiyalashda Pedagogika va sotsiologiya fanlarining 
hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Vaholanki ta’lim - tarbiyaning 
o‘zi ijtimoiy hodisa va pedagogik jarayondir. Ikkinchidan, ba’zi jamiyat 
a’zolarining ongidagi ma’naviy bo‘shliqning ijtimoiy kelib chiqishi 
sababalrini aniqlash, ularni hal qilish mexanizmini yaratish kabi yangi 
muammolarning yechimini topish uchun pedagogik va sotsiologik 
tushunchalarning tutashligiga asoslangan yangi metodologiyani talab 
etmoqda. Inson shaxsini shakllantirishda undagi tabiiy (irsiy) va ijtimoiy 
xususiyatlarini, uning oliy nerv faoliyati imkoniyatlarini hisobga olib 
yondashmoq lozim. Inson organizmining biologik va subyektiv (shaxsiy 
tomonlari) asosida o‘z - o‘zini tarbiyaga olish, sharoitga moslashish, 
ma’lum obyektga yo‘naltirish qonunlarini bilish asosida uning 
tarbiyasini tashkil etish lozim. Shaxs shakllanishi jarayonida ichki va 
tashqi ta’sir imkoniyatlari o‘zaro omuxta qilish, tarbiya jarayonini 
yoshlar faoliyatining xususiyatlari, o‘zini anglash kabi muhim 
xususiyatlari asosida shaxsning erkinligi va g‘ururini paymol qilmasdan, 
demokratik, insonparvarlik va milliy tamoyillarga tayanib, ularda 
ma’naviy - axloqiy fazilatlarni shakllantirish davr talabidir. Jamiyatga 
insonlar ongini, tafakkurini ijobiy tomonga o‘zgartirish ijtimoiy - 
ma’rifiy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib. Uni ilmiy jihatdan o‘rganish 
muhimdir. Pedagogika va sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga 
kelgan muammolar o‘zbekistonlik olimlarning diqqat e’tiborini ham 
o‘ziga tortmoqda. Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy 
munosabatlar va bunda davlatning roli, axborotlar, ustoz - shogird 
munosabatlari, kadrlar muammolari, yoshlarning ma’naviyatida ro‘y 
berayotgan zaiflikning sabablari, ularni aniqlash, tekshirish, hal etish, 
ijtimoiy faollik kasbiy mahorat, shuningdek mustaqil O‘zbekistonda 
kechayotgan ma’naviy va mafkuraviy islohatlarni, umuman, jamiyatni 
pedagog so‘zi bilan o‘rganish ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan 
bo‘lib hisoblanadi. Eng asosiysi, ijtimoiy hayotda shunday holatlar 


30 
uchraydiki, bunda bolalar o‘smirlar, tarbiyachilar bunday og‘ir vaziyatda 
o‘zlariga ruhan malham bo‘ladigan sotsial pedagogning yordamiga 
muhtoj bo‘ladi. Demak, bugungi jamiyatimiz asoslariga sotsial psixolog 
bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogga bo‘lgan ehtiyoji ham sezilmoqda. 
Hayotdan umid uzgan, o‘ziga ishonmaydigan, hayotiy muammolarni 
mustaqil hal eta olmaydigan shaxslar insoniy yordam, tushunish, uning 
qayg‘usiga sherik bo‘lishlarini kutadilar. O‘z so‘zi va faoliyati bilan shu 
kabi shaxslarda o‘ziga ishonch uyg‘otish, o‘z imkoniyatlarini anglab 
yetishlariga yordam berish sotsial pedagogning asosiy vazifasidir. 
Ijtimoiy hayotimizdagi voqelikning insonlarga bo‘lgan ta’siri ularning 
ongida yuz berayotgan jarayonlar haqida bahs yuritadigan mazkur fan 
yo‘nalishi bugungi kunda ijtimoiy buyurtma sifatida vujudga kelmoqda. 
Demak ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zarurat asosida 
namoyon bo‘ldi. Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya - bu 
bolalarning ijtimoiylashuvi va bolalarga ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy 
tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganuvchi pedagogika fanining 
tarmog‘idir. Ya’ni tarbiya - bu nafaqat o‘quv muassasalari balki butun 
jamoatchilik, jamiyatning barcha jabhalarida o‘z ko‘rinishiga ega. 
Ijtimoiy pedagogika - odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish 
faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo‘ladigan fikrlar, e’tiqodlar, 
g‘oyalar, qarashlar, his - tuyg‘ular, turli xulq - atvor shakllarini 
tushuntirib beruvchi fandir. Har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning 
ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan 
o‘rnatadigan murakkab o‘zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil 
bo‘ladigan hodisalarning pedagogik tabiatini va qonuniyatlarini 
tushuntirib berish - ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifasidir. Ijtimoiy 
pedagogika O‘zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham 
uzoq va chuqur an’analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi 
davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e’tiborga olinmadi. Mana shuning 
uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy - 
pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina 
emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy -
pedagogik faoliyatning ilmiy - tadqiqot bazasini ham o‘z ichiga oladi. 
Ijtimoiy 
pedagogikani 
rivojlantirish 
va 
mazkur 
yo‘nalishda 
mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ijtimoiy 
pedagogika yaqin kelajakda o‘qituvchi yoki tibbiy xodim singari 
ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini 
oldini olish va ma’naviy - axloqiy og‘ishini davolash ijtimoiy 


31 
epidemiyaga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir. Bir obyektni turli 
fanlar tomonidan o‘rganish mumkin. Ijtimoiy pedagogika - tarbiya va 
ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog‘liq 
bo‘lgan holat va hodisalarni o‘rgatadi. Bu jarayon jamiyatga kirish va 
o‘zaro munosabatda bo‘lishni anglatadi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba 
(bilim, 
qadriyat, 
axloqiy 
qoida, 
ko‘rsatma) 
oladilar, 
ya’ni 
ijtimoiylashtirish yuz beradi. Ijtimoiy pedagogika kursi talabalarning 
umumpedagogik bilim darajasini kengaytirish bilan birga, ularni 
jamiyatdagi turli munosabatlarni, ma’naviy faktorlarni tekshirish 
shuningdek, mazkur fanning obyekti, predmeti, uning boshqa fanlar 
bilan aloqadorligi, kategoriyalari ijtimoiy pedagog kasbining spetsifik 
xususiyatlari kabi muammolar ustida bosh qotirishga undaydi. Bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishning ijtimoiy munosabatlari va bunda davlat hamda 
jamiyatning roli, ba’zi jamiyat a’zolarining ma’naviyatida ro‘y 
berayotgan zaifliklar, ularning sabablarini aniqlash, tekshirish, qayd 
etish, umuman jamiyatda kechayotgan ma’naviy va mafkuraviy 
isloqotlarni, jamiyatni pedagogik nuqtai nazardan o‘rganish ijtimoiy 
pedagogikaning asosiy muamolaridan biridir. Demak, ijtimoiy 
pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zaruriyat, ijtimoiy buyurtmadir. 
Ijtimoiy munosabatlarni ilmiy pedagogik nuqtai nazardan o‘rganish va 
yanada takomillashtirish davr taqozasidir. Rahmdillik va xayr - saxovat 
ijtimoiy - pеdagogik faoliyatning madaniy - tarixiy an’anasi sifatida. 
O‘zbеkistonda xayr - saxovatning rivojlanish bosqichlari. Ijtimjiy 
pedagogika nazariyasi va amaliyoti xalqning tarixiy - madaniy va etnik 
an’analari, davlatning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishiga bog‘liq holda 
rivojlanadi va xalqning inson va insoniy qadriyatlar haqidagi 
qarashlariga tayanadi. Insoniyat rivojlanishining turli bosqichlarida va 
barcha jamiyatlarda ham o‘zini to‘laqonli boshqarishga imkoni 
bo‘lmagan kishilarga, masalan, bolalar, qariyalar, kasallar, jismoniy yoki 
ruhiy rivojlanishida cheklanishlari bo‘lganlarga munosabat masalasiga 
duch kelganlar. Bunday masalalar turli jamiyat va davlatlarda turlicha 
hal etilgan, ya’ni, ojiz va qarovsiz qolganlarni jismoniy yo‘q qilishdan 
tortib ularni jamiyatga to‘liq integratsiyasigacha yo‘llar tutilgan. 
O‘zbеkistonda qadimdan bunday kishilarga nisbatan insonparvarlik yo‘li 
tutilib, ularga doimo rahm ko‘rsatib kelingan, ayniqsa, islom dini kirib 
kelganidan keyin rahmdillik va xayr - saxovatga e’tibor kuchaygan. 
Muhtojlarga doimiy yordam ko‘rsatib kelingan.


32 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə