A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Ta`lim - tarbiya bola (o`quvchi) shaxsini ijtimoiylashtirish omili



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Ta`lim - tarbiya bola (o`quvchi) shaxsini ijtimoiylashtirish omili 
sifatida 


51 
- sub’ektiv - sub’ektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol 
o‘rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi. 
Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi 
talablariga ikkinchi yondashuv ko‘proq mos tushadi, chunki zamonaviy 
fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o‘zlashtirish jarayonidagi 
rivojlanish va o‘zgarishi bilan aniqlanadi. 
Ijtimoiylashuv jarayoni 
Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning 
ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga bo‘lgan ob’ektiv 
ehtiyoji jarayonidapaydo bo‘ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola 
boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj - o‘ziga xosligini namoyon qilish hissi ham 
shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni 
qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y 
beradi. Bu hodisa shunda namoyon bo‘ladiki, shaxsning ijtimoiy 
ahamiyatga ega hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda 
namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy yurish - turishi takrorlanmas jihatlarga 
ega bo‘ladi. Shunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o‘zaro 
bog‘liq yo‘nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy 
tajriba madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, 
nisbiy o‘ziga xoslikni qo‘lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv 
tushunchasi 
zamonaviy 
fanda 
moslaShuv 
(birlashish) 
va 
individuallashuv jarayonlari bilan bog‘liq ijtimoiylashuv jarayonining 
mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. 
moslashuv sub’ekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv 
jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj). 
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning 
munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) 
individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.
Indivuallashuv insonning hali yoshligidayoq paydo bo‘ladigan ob’ektiv 
ehtiyojlari bilan bog‘liq jamiyatdagi o‘z - o‘zini egallashdir. Bu ehtiyoj: 
a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish; 
b) o‘ziga xosliklariga ega bo‘lish; 
v) unga tegishli bo‘lgan masalalarni hal qilish, uning o‘z darajasini 
aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish 
xohishi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuaalashuv 
jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga 
yaqinlashuvi ro‘y beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning 
o‘zaro ta’sir etish ham sodir bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli 


52 
ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv o‘rtasida muvozanat 
saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada 
amalga oshadi: 
- faoliyat turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga 
kiritish, erkin mo‘ljal olish. 
- muomala - muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini 
chuqurlashtirish, xulq - atvor me’yorlarini o‘zlashtirish. 
- anglash - shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida 
shakllantirish, o‘z ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho 
berishni shakllantirish. 
Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi 
uning hamma narsani egallashga bo‘lgan obyektiv ehtiyoji jarayonida 
paydo bo‘ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir obyektiv 
ehtiyoj - o‘ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni 
yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va 
buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Bu hodisa shunda 
namoyon bo‘ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari 
individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo‘ladi, uning 
ijtimoiy yurish - turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. Shunday 
qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o‘zaro bog‘liq yo‘nalishda olib 
boriladi: 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə