Ассесимент



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#161487
  1   2   3
2-Ochiq dars taqdimot (1) (1)

O’qituvchi: Namozbek Turdiyev

  • MAVZU:
  • KASBIY PEDAGOGIK MULOQOT.

Reja:

  • Reja:
  • 1. O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi.
  • 2. Milliy qadriyatlarimiz va sharqona tarbiyamizning ta’siri.
  • 3. Pedagogik muloqot funksiyalari.
  •  
  • Tayanch tushunchalar:
  • Madaniyat, an’ana, kommunikativ ataka, pedagogik muloqot.

1. O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi.

  • 1. O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi.
  • Pedagogik faoliyat madaniyat bilan uzviy ravishda bog‘langan bo‘ladi. Yuqori saviyali madaniyat - pedagog mehnatining zaruriy sharti hisoblanadi.
  • Madaniyat – so‘zi lotinchadan tarjima qilinganida «ishlov berish», «etishtirish» ma’nosini bildiradi. U insoniyat tomonidan ijtimoiy-tarixiy amaliyoti jarayonida yaratilgan va yaratilayotgan, jamiyatning rivojlanshidagi tarixiy erishilgan darajasini ifoda etuvchi moddiy va ma’naviy qadriyatlari to‘plamidan iborat bo‘ladi.
  • Madaniyat keng ma’noda - bu jamiyatning rivojlanishi tarixiy darajasidir. U odamlarning hayoti va faoliyatini tashkil etish turlari va shaxslarida hamda ular yaratayotgan moddiy – ma’naviy qadriyatlarda xam o‘z ifodasini topadi. Tor ma’noda madaniyatni modiy va ma’naviylik kabi ham tushuniladi.

O‘qituvchi faoliyatda inson madaniy faoliyatning uch shakli ko‘rinadi:

  • O‘qituvchi faoliyatda inson madaniy faoliyatning uch shakli ko‘rinadi:
  • 1-shakli: O‘qituvchining madaniy ijodkorlik va madaniy ochuvchi faoliyati. U pedagog shaxsining rivojlanishi (o‘zini anglash, o‘zini dasturlashtirish, o‘z-o‘ziga ta’sir) va o‘quvchilar shaxsi rivojlanishiga yo‘naltirilgan.
  • 2-shakli:O‘qituvchining insoniy to‘plangan madaniy boyliklarini o‘zlashtirish va egalash. U psixik holat, nutq va hokazolarni boshqarishda pedagog shaxsining o‘zini namoyon etishga qaratilgan.
  • 3-shakli: (muloqot) va pedagogning bevosita ta’siri-muloqot va munosabat, o‘quvchilarga madaniy qadriyatlarni yetkazishda o‘z madniyatining shaxsiy, bevosita, namoyon bo‘lishidir.
  • Pedagogik madaniyat imkoniyat yaratgan pedagogik tajribalarni egallab olish orqali ko‘p qirrali munosabatlar va muammolarni vujudga keltirishga yordam beradi, o‘zini anglashni, o‘zini takomillashtirishni ta’minlaydi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə