A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Tashqi bostirish mexanizmi



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Tashqi bostirish mexanizmi
tarbiyaning keng tarqalgan usulidir; 
ajratish mexanizmi,
bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida 
inson o‘zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq.
Ajratish mexanizmi odatda nizolarni hal qilishda kuzatiladi. 
O‘z - o‘zini 
cheklash mexanizmi
,
bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim 
o‘rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do‘stlarinikidan 
ko‘ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o‘z - o‘ziga hurmati pasayadi
yomon o‘qiy boshlaydi. Bu o‘z menini cheklab qo‘yish, qiyinchiliklar 
oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o‘z - o‘zini cheklash mexanizmini 
qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir bo‘lishi 


49 
mumkin. Biroq uzoq muddatli o‘z - o‘zini cheklash, o‘z - o‘ziga baho 
berishning pasayishiga olib keladi. Buning natijasida o‘z salohiyatini 
bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng boshlagan 
ishini tashlab qo‘yadi, oqimda suza boshlaydi; 
O‘z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash 
loyihalash 
mexanizmining
mohiyatini tashkil qiladi. O‘ziga, boshqalarga qarshi 
qaratilga qaratilgan salbiy hissiyotlar bilan inson o‘ziga bo‘lgan 
hurmatni saqlab qoladi. Shubhali inson hammadan gumonsiraydi
xudbin hammani xudbin hisoblaydi; 
ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmlaridan biri bu - 
identifikatsiyadir.
Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi xayolan 
o‘zini o‘rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya obyekti nafaqat real 
insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo‘lishi mumkin. 
Identifikatsiyaning to‘liq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud. 
Identifikatsiya mexanizimi 
introyeksiya
 mexanizimi
bilan juda bog‘liq. 
Bunda boshqalarning xislatlari o‘zgarmagan holda o‘zlashtirib olinadi. 
Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsa ham uning natijalarini 
anglab olish qiyin emas; 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə