A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Ijtimoiylashuv vositalari



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

 Ijtimoiylashuv vositalari. 
Inson ijtimoiylashuvi 
u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo‘lgan universal vositalar 
orqali amalga oshiriladi, ularga: go‘dakni emizish va g‘amxo‘rlik qilish 
usullari, maishiy va gigiyenik yurish - turish qoidalari, insonni o‘rab 
turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat 
unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, 
shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy 
faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlari - muloqot, O‘yinlar, ma’naviy - 
amaliy faoliyat, sport bilan shug‘ullanish kiradi. 
Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta’qiqlar -
man etish, ruxsat berish, majburlash chora - tadbirlarini ishlab chiqshadi. 
Bu choralar yordamida inson xulq - atvori shu jamiyatda qabul qilingan 
me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. 
Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni.
Ijtimoiy pedagogikada 
jamiyat, ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga 
integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Shu nuqtai nazardan 
inson va unga ta’sir qiluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o‘zaro 
munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi muhimdir. Muhit - inson 
kirishishi, o‘zini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim 
bo‘lgan ko‘cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida 
o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan xarakterlanadigan inson 
jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, 
muayyan darajada ta’sir qiladi hamda o‘zgartiradi va o‘z o‘rnida muhit 
ham inson oldiga o‘z talablarini qo‘yadi. U insonni, uning xatti -
harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning 


54 
insonga munosabatini insonning yurish - turishi, uning talablariga 
qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa bo‘ladi. Insonning xulq - atvori 
uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
Inson jamiyatda bir vaqtning o‘zida bir qancha mavqe’larni 
egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz 
mavqe’larini egallashi mumkin. Har bir mavqe’ insonga muayyan 
talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. 
Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan 
xarakterlanadigan mavqe’i ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tug‘ma 
maqomlar bo‘lishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, 
tug‘ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Bunday maqomlarga odatda tug‘ma maqom deyiladi. Boshqalari esa 
inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi. 
Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga Shu sohadagi kasb tayyorlovchi 
o‘quv muassasasida ta’lim olgan va bu soha bo‘yicha diplomga ega 
bo‘lgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qo‘lga kiritilgan 
maqom desak adashmagan bo‘lamiz.
Maqom insonning jamiyatdagi xulq - atvorini muayyan 
vaziyatlarda o‘zini shu maqomdagilar holatiga ko‘ra belgilaydi. 
Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muximdir. Shuning uchun 
inson maqomi bilan belgilanadigan xulq - atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli 
ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas 
qismi hisoblanadi. Uning murakkabligi jihati Shundaki, jamiyatda faqat 
jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo‘lmasdan ijtimoiy 
norma va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. 
Shuning uchun bola shakllanishi va rivojlanishi jarayonida ham ijobiy 
ham salbiy rollarni o‘zlashtirishi mumkin.
Pozitiv rollarga avvalo oila a’zosining rolini kiritsak bo‘ladi. 
Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o‘zlashtiradi: O‘g‘il yoki qiz, 
aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek bobokalonlari bilan ham 
tanishishi mumkin.
Bola o‘z rivojlanishi davomida o‘zlashtiradigan yana bir muhim roli bu 
jamoa a’zosi rolidir. Bolalar bog‘chasi va maktabda sport to‘garagida 
tengqurlari bilan muomala qilganda bola jamoa a’zosi, o‘rtoq, do‘st, 
o‘quvchi, yetakchi kabi rollarni o‘zlashtiradi. Har bir inson iste’molchi 
rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur bo‘lgan narsalarga doim 
ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim - kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat 


55 
insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola 
yoshligidayoq o‘zlashtirishi lozim. 
Yana bir muhim ijtimoiy rol o‘z vatani fuqarosi bo‘lish, uni sevish, 
u bilan fahrlanish, vatanparvar bo‘lish bilan bog‘liqdir. Shu bilan birga 
bola o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, 
mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey yoki boshlang‘ich kasbiy bilim 
yurtlarida o‘zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi rolini misol qilsak bo‘ladi. 
Katta shaharlar ko‘chalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida 
tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga 
ko‘nikishgan. O‘tgan - qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. 
Ular orasida o‘g‘irlik bilan shug‘ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi 
hollarda bo‘lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi.
Bolaning xulq - atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi unga ijtimoiy 
munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. ijtimoiy 
moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko‘nikishi 
tushuniladi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti 
va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, 
muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining 
kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, 
muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining 
chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq - atvor me’yorlarini 
o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “men”i obrazini 
shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash 
ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.
Insonning rivojlanishi juda murakkab va qarama - qarshiliklardan 
iborat jarayondir. Bola o‘z rivojlanishi jarayonida turli xil faoliyat o‘yin, 
o‘qish, sport turlariga hamda muloqatga kirishadi. Bu esa ularning 
ijtimoiy tajribalarining oshishiga yordam beradi. Bolaning dunyoga 
kelishidan tortib uning butun umri jarayonida yuqoridagi faktorlar 
(faoliyat va muloqat) bir - birini to‘ldirib bola shaxsining rivojlanishini 
ta’minlaydi. Bola rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bu qarama - 
qarshilikdir. U tashqi va ichki ta’sirlar orqali amalga oshiriladi. Tashqi 
ta’sirlarga insonni shakllantirishga qaratilgan maxsus faoliyat kirsa, 
ichki ta’sirlarga biologik va irsiy faktorlar kiradi. Shaxs deganda ruhiy 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə