A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika


Bola (o‘quvchi) shaxsining ijtimoiy sifatlari



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/73
tarix19.10.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#128322
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73
31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39

Bola (o‘quvchi) shaxsining ijtimoiy sifatlari 


56 
jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan 
farq qiluvchi muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odamning 
ijtimoiy mavjudod sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy - 
iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shuning uchun pedagogika fani 
bolaning shaxs sifatida rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi omillarni ham 
o‘rganadi. 
Inson hayoti davomida o‘zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. 
bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli 
bo‘ladi. Rivojlanish deb bola vaznining oshishi, suyak va muskul 
tizimining, tanosil a’zolarining, nerv - funktsional faoliyatining kamol 
topishi, aql - zakovatining shakllanishiga aytiladi. Shaxs rivojlanishi va 
kamolga yetishi murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, bunda nasl - 
irsiyat (biologik omil), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga 
oshiriladigan ta’lim - tarbiya va nihoyat o‘zining mustaqil faoliyati ham 
muhim ahamiyatga ega. “Ijtimoiylashuv” so‘zi dastlab siyosiy - 
iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy iqtisodiyotda yer, ishlab 
chiqarish 
vositalarining 
umumiylashuvi 
ma’nosini 
anglatgan. 
“Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijt - 
nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda qo‘llagan 
amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi. Uning zamonaviy 
ma’nosi “ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni 
ijtimoiy hayotga tayyorlashdir. XX asr o‘rtalarida ijtimoiylashuv inson 
rivojlanishini uning butun umri mobaynida o‘rganuvchi mustaqil ilmiy 
sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarining tahlili uni 
shartli raivshda ikki asosiy yondoshuvga ajratish imkonini beradi: 
- sub’ektiv - obyektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv 
iste’molchisi sifatida qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons) - subyektiv - 
subyektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o‘rni, uning 
hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi. Jamiyat va 
ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga 
ikkinchi yondashuv ko‘proq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda 
ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o‘zlashtirish jarayonidagi 
rivojlanish va o‘zgarishi bilan aniqlanadi. Ijtimoiylashuv jarayoni 
bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning 
hamma narsani egallashga bo‘lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo 
bo‘ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj - 
o‘ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga 
chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning 


57 
natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Bu hodisa shunda 
namoyon bo‘ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlari 
individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo‘ladi, uning 
ijtimoiy yurish - turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. Shunday 
qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikki o‘zaro bog‘liq yo‘nalishda olib 
boriladi: ijtimoiylashuv (ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni 
o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o‘ziga xoslikni 
qo‘lga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda 
moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bog‘liq 
ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat 
sharoitlariga moslashuvidir. moslashuv sub’ekt va ijtimoiy muhit 
faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Piaje, R.Mertoj). 
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat 
bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning 
ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir. 
Indivuallashuv insonning hali yoshligidayoq paydo bo‘ladigan 
ob’ektiv ehtiyojlari bilan bog‘liq jamiyatdagi o‘z - o‘zini egallashdir. Bu 
ehtiyoj: a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish; b) o‘ziga xosliklariga ega 
bo‘lish; v) unga tegishli bo‘lgan masalalarni hal qilish, uning o‘z 
darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi 
turish xohishi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar shaxsning jamiyatga 
kirishida ijtimoiylashuv va individuaalashuv jarayonlari o‘rtasida tenglik 
yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. Shu bilan 
birga bu yerda shaxs va muhitning o‘zaro ta’sir etish ham sodir bo‘ladi. 
Shunday 
qilib, 
muvaffaqqiyatli 
ijtimoiylashuv 
moslashuv 
va 
individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi 
mumkin. Bu jarayon uch asosiy sohada amalga oshadi: 
- Faoliyat turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga 
kiritish, erkin mo‘ljal olish. 
- Muomala muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini 
chuqurlashtirish, xulq - atvor me’yorlarini o‘zlashtirish. 
- Anglash - shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida 
shakllantirish, o‘z ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho 
berishni shakllantirish, ijtimoiylashuv vositalari, inson ijtimoiylashuvi u 
yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo‘lgan universal vositalar 
orqali amalga oshiriladi, ularga: go‘dakni emizish va g‘amxo‘rlik qilish 
usullari, maishiy va gigiyenik yurish - turish qoidalari, insonni o‘rab 
turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat 


58 
unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, 
shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy 
faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlariga muloqot, o‘yinlar, ma’naviy - 
amaliy faoliyat, sport bilan shug‘ullanish kiradi. Har bir jamiyat, davlat, 
ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta’qiqlar man etish, ruxsat berish, 
majburlash chora - tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida 
inson xulq - atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga 
moslashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala 
(ota - onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o‘yin, 
o‘qish, ijod, sport)dir. Psixologik - pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli 
yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan. Bolaning 
me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. 
Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh 
davrlari qo‘llaniladi: 
- go‘daklik davri bevosita hissiy - ruhiy; 
- go‘daklikdan keyingi davr - predmetli faoliyat; 
- maktabgacha davr - rolli o‘yinlar;
- ilk maktab davri - o‘quv faoliyati;
- o‘smirlik davri - kasb ta’limi faoliyati;
- o‘spirinlik davri - shaxsiy muloqot faoliyati.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə