Ijtimoiy omillar.
Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy
subyektga aylanishi, uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi
natijasida sodir bo‘ladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega
xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy norma, xulq-atvor
namunasi orqali amalga oshadi.
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p
qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda
jadallik bilan kechadi. Chunki aynan bolalikda asosiy ijtimoiy me’yorlar
o‘zlashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu
ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola
tug‘ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi
yangi va yangi muhitlar - maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab,
maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda
kechadi. Yosh ulg‘aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi.
Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira
hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan
uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan
muhitni izlashga urinadi. Suning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga
ko‘chib yuradi. Muhit bolaning shakllantirishida, uning ijtimoiy tajriba
to‘plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega.
Muhit tushunchasi turli fan vakillari-sotsiologlar, psixologlar,
pedagoglarning o‘rganish obyekti hisoblanadi. Ular muhitning
bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini
o‘rgandilar.
61
Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni
.
Ijtimoiy pedagogikada
jamiyat, ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi muhitlarga
integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Shu nuqtai nazardan
inson va unga ta’sir qiluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o‘zaro
munosabati hamkorlik xarakteriga ega ekanligi muhimdir. Muhit - inson
kirishishi, o‘zini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi
lozim bo‘lgan ko‘cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu
alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan xarakterlanadigan
inson jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi,
muayyan darajada ta’sir qiladi hamda o‘zgartiradi va o‘z o‘rnida muhit
ham inson oldiga o‘z talablarini qo‘yadi. U insonni, uning xatti-
harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning
insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga
qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa bo‘ladi. Insonning xulq-atvori
uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
Inson jamiyatda bir vaqtning o‘zida bir qancha mavqe’larni
egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz
mavqe’larini egallashi mumkin. Har bir mavqe’ insonga muayyan
talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi.
Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan
xarakterlanadigan mavqe’i ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tug‘ma
maqomlar bo‘lishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati,
tug‘ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bunday maqomlarga odatda tug‘ma maqom deyiladi. Boshqalari esa
inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi.
Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi
o‘quv muassasasida ta’lim olgan va bu soha bo‘yicha diplomga ega
bo‘lgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qo‘lga kiritilgan
maqom desak adashmagan bo‘lamiz.
Maqom
insonning
jamiyatdagi
xulq-atvorini
muayyan
vaziyatlarda o‘zini shu maqomdagilar holatiga ko‘ra belgilaydi.
Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muhimdir. Shuning uchun
inson maqomi bilan belgilanadigan xulq - atvor ijtimoiy rol deyiladi.
Turli ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining
ajralmas qismi hisoblanadi. Uning murakkabligi jihati shundaki,
jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar
bo‘lmasdan ijtimoiy norma va qadriyatlarga mos kelmaydigan
62
maqomlar ham mavjud. Shuning uchun bola shakllanishi va rivojlanishi
jarayonida ham ijobiy ham salbiy rollarni o‘zlashtirishi mumkin.
Pozitiv rollarga avvalo oila a’zosining rolini kiritsak bo‘ladi.
Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o‘zlashtiradi: O‘g‘il yoki
qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek bobokalonlari bilan ham
tanishishi mumkin.
Bola o‘z rivojlanishi davomida o‘zlashtiradigan yana bir muhim
roli bu jamoa a’zosi rolidir. Bolalar bog‘chasi va maktabda sport
to‘garagida tengqurlari bilan muomala qilganda bola jamoa a’zosi,
o‘rtoq, do‘st, o‘quvchi, yetakchi kabi rollarni o‘zlashtiradi. Har bir inson
iste’molchi rolini bajaradi. Chunki u hayoti mobaynida zarur bo‘lgan
narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim - kechak, kitob va
boshqalar. Jamiyat insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana
olishni bola yoshligidayoq o‘zlashtirishi lozim.
Yana bir muhim ijtimoiy rol - o‘z vatani fuqarosi bo‘lish, uni
sevish, u bilan fahrlanish, vatanparvar bo‘lish bilan bog‘liqdir. Shu bilan
birga bola o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa rollar ham bor.
Masalan, mutaxassis roli, uni bola - maktab, litsey yoki boshlang‘ich
kasbiy bilim yurtlarida o‘zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi rolini misol
qilsak bo‘ladi. Katta shaharlar ko‘chalarida, magazin, bozor, jamoa
transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu
rollarga ko‘nikishgan. O‘tgan - qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib
olishadi. Ular orasida o‘g‘irlik bilan shug‘ullanadiganlari ham uchraydi.
Ba’zi hollarda bo‘lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi.
Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi unga ijtimoiy
munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. ijtimoiy
moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko‘nikishi
tushuniladi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining
sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo‘nalishda olib boriladi:
faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat
turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga
kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning
mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq - atvor
me’yorlarini o‘zlashtirish sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “men”i
obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini
anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.
63
So‘nggi o‘n yilliklar davomida pedagogika va boshqa fanlarda
ijtimoiylashuv va tarbiya tushunchalarining o‘zaro munosabati keng
muhokama qilib kelinmoqda. Davlat mafkurasining o‘zgarishi sababli
bu muammoga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga ba’zi
mualliflar tarbiyani ijtimoiylashuv bilan almashtirishga harakat
qilishmoqda. Boshqalari tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi
sifatida o‘rganishadi. Ba’zi olimlar esa ijtimoiylashuv deganda
fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To‘rtinchi guruh olimlari
shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi deb hisoblashadi.
Biroq tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligini
hamma tan oladi. Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bo‘lishi, uni
ijtimoiylashuvdan farqlaydi. Ijtimoiylashuv tushunchasini fanga kiritgan
Maks Veberg
uni muammolarni yechishga qaratilgan harakat, inson
xulq-atvorining taxminiy variantlarini subyektiv anglash sifatida
ta’riflagan.
Umuman olganda, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayondir, ya’ni
inson doimo jamiyat bilan munosabatda bo‘ladi. Tarbiya esa diskret
(uzlukli) jarayondir. Chunki u muayyan tashkilotlarda amalga oshirilib,
zamon va makonda cheklangan bo‘ladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy
kategoriyalaridan biridir. Shunga qaramay tarbiyaning umume’tirof
etilgan ta’rifi mavjud emas. Bunga uning ko‘p ma’noliligini sabab qilib
ko‘rsatsak bo‘ladi. Tarbiyani ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon, qadriyat,
tizim, ta’sir, o‘zaro munosabat sifatida ko‘rib chiqsak bo‘ladi. Bu
tushunchalarning hech qaysisi tarbiya mazmunini to‘liq ochib bera
olmaydi.
Quyida ijtimoiylashuvning nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi
jarayonga xos bo‘lgan umumiyligini aks etishga harakat qilingan
tarbiyaning ta’rifi keltirilgan. Biroq unda oilaviy, diniy, ijtimoiy
tarbiyaning xususiyatlari inobatga olinmagan.
Dostları ilə paylaş: |