Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari
66
Ijtimoiy tarbiya psixologiyasi guruh va insonlarning ijtimoiy
psixologik tavsiflari, ularning turli yoshlardagi xususiyatlari asosida
ijtimoiy tarbiya sub’ektlarining o‘zaro munosabati samaradorligining
psixologik sharoitlarini aniqlaydi.
Ijtimoiy tarbiya uslubiyati ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq
tashkil qilishning yangi usullarini ishlab chiqadi.
Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti bir tomondan
jamiyatning inson mablag‘iga ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy
tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi mumkin bo‘lgan jamiyatning
iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu bo‘limda ijtimoiy
tarbiya boshqaruvi ham ko‘rib chiqiladi.
Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator vazifalarga ega.
A.V.Mudrin bu vazifalarni 3 guruhga ajratib ko‘rsatadi: nazariy,
insoniylikka oid va amaliy.
Nazariy vazifa ijtimoiy pedagogik bilimlarni to‘plab zamonaviy
jamiyatda o‘rganayotgan jarayon va hodisalarining to‘liq tasvirini
tuzishga intilishida namoyon bo‘ladi.
Amaliy vazifalarga ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy
- pedagogik va psixologik yo‘nalishlardagi ta’sirini samarali
takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog‘liq. Amaliy vazifalarga
quyidagilar kiradi:
1)
bola (o‘smir) ongida yaxshilik, adolat, yaqinlariga, ijodga, o‘zaro
tushunishga muhabbatni tarbiyalash;
2)
inqirozdan mustaqil chiqib ketish maqsadini qo‘yish, chiqish
yo‘llarini aniqlash, atrofdagilar bilan muomala qilishni o‘rganish, hayot
mazmuni va maqsadini aniqlash;
3)
atrof-muhit, inson, uning jismoniy va ma’naviy xususiyatlari,
jamiyatdagi huquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish;
4)
g‘urur, mustaqillik, o‘ziga ishonch hissini rivojlantirish;
5)
bola (o‘smir)da insonlar bilan oila, maktab, tengdoshlari davrasida,
ishda muomala qilishga ishtiyoqni oshirish. Bunda ijtimoiy pedagogika
o‘z tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlarini bilishi zarur.
Shuningdek, u bolaga ijtimoiy munosabatlarning axloq va huquq
normalariga suyangan holda insonlar, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi
nizolarni yechishga o‘rgatishi kerak. Bu vazifalarni yaxshilik qilish, o‘z
hayotini tashkil qilishni o‘rgatish, o‘ziga xosligi va iqtidorini tashkil
qilishga rivojlantirishda o‘z aksini topadi.
67
Insonparvarlik vazifasi shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar
yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish
uchun maqsadlarni ishlab chiqishda o‘z ifodasini topadi. Zamonaviy
ijtimoiy pedagogikaning insoniyligi bola va pedagog o‘rtasidagi
munosabatlarni qattiqqo‘llik emas, o‘zaro tushunishga asoslanadi.
Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy
kuchlariga dalda berish, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni
tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
YU.V.Vaselkova ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalari
sifatida
tarbiyaviy,
ijtimoiyhuquqiy
va
ijtimoiyreabilitatsion
umumlashmalarni ajratadi.
Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qo‘shilish, uning ijtimoiylashuv
jarayoni, o‘quv va tarbiya jarayoniga ko‘nikishini ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy - huquqiy vazifa davlatning bolalarga g‘amxo‘rligi,
ularning huquqiy himoyasini bildiradi.
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa - nogiron, jismoniy va ruhiy
nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o‘quv ishlarini olib borishdir.
Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi.
Shu bilan birga u vazifalarning yanada kengroq tavsiflarini ham beradi:
1) falokatga uchragan bola(o‘smir)larga yordam ko‘rsatish. Inqirozdan
chiqish yo‘llarini topish, qiyin vaqtda qo‘llab - quvvatlash ham
muhimdir;
2) bola (o‘smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini
o‘rganish;
3) bolani o‘rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi
ijtimoiy tarbiya holatining tahlili;
4) ijtimoiy pedagogning ijobiy tajribani tahlil qilish, tarqatish, targ‘ib
qilishga qaratilish;
5) u bola(o‘smir) faoliyatini o‘z - o‘zini tarbiyalash, o‘z - o‘zini o‘qitish
va o‘z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ;
6) ijtimoiy pedagog bola (o‘smir) muammolarini hal qiluvchi, uning
inqirozi, huquqlariga aloqador tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish
bilan ham shug‘ullanish;
7) ijtimoiy pedagogning vazifalaridan biri ijtimoiy tarbiyaning turli
muammolarini o‘rganishni tashkil qilish, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini
tahlil qilishi lozim.
68
Ma’lumki, metod - bu grekcha so‘z bo‘lib, ma’lum masalalarni
hal etishga qaratilgan yo‘l degan ma’noni anglatadi.
Ijtimoiy pedagogikada metod (methodos) - bu shaxsning ijtimoiy-
lashuviga va ijtimoiy - pedagogik reabilitatsiya ishlarini olib borishga,
pozitiv ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishga qaratilgan bola qamda
ijtimoiy pedagogning hamkorlik faoliyatidir.
Ijtimoiy pedagog tomonidan qo‘llaniladigan asosiy metodlar
quyidagicha tasnif etiladi:
1. Ijtimoiy ish metodlari. Bunga ijtimoiy tashxis metodlari (intervyu,
monitoring, sotsiologik savol - javob ishlari, ekspertizadan o‘tkazish va
h.k.), ijtimoiy reabilitatsiya metodlari (mehnat terapiyasi, guruhli
terapiya va h.k) kiradi.
2. Psixologik metodlar. Bularga psixodiagnostika (intellekt va
qobiliyatlarni aniqlovchi testlar, savol-javoblar, sotsiometriya),
psixokorrektsiyalar (psixogimnastika treninglar, psixologik konsul-
tatsiyalar berish) kiradi.
3. Pedagogik metodlar (pedagogik tajriba, pedagogik nazorat, ta’lim-
tarbiya berish metodlari)
4. Ijtimoiy pedagogik metodlar (ijtimoiy tarbiya, ta’sir ko‘rsatish,
ijtimoiy pedagogik hamkorlik qilish va h.k)
Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar -
bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy
ijtimoiy tajriba to‘planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va
bolaning o‘zaro bog‘liq faoliyati bo‘lganligi uchun ijtimoiy pedagogika
metodlari haaqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish
bosqichidalar. Shuning uchun ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida
pedagogika, psixalogiya va ijtimoiy ishda qo‘llanayotgan metodlardan
foydalanadi.
Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar”
tushunchalari qo‘llaniladi. usul metodning ifodasi sifatida tushunilib,
metodga nisbatan xususiy, bo‘ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir
metod
amaliyot
tomonidan
to‘plangan,
nazariya
tomonidan
umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo‘llashi aniq ijtimoiy
pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga
Dostları ilə paylaş: |