69
bog‘liq.vosita usul va metoddan ko‘ra kengroq tushuncha hisoblanadi.
Chunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini
bajarishlari mumkin. Vositalar – ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga
qo‘yilgan maqsadga erishishi uchun qo‘llanadigan moddiy, emotsional,
aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o‘z mohiyatiga ko‘ra
faoliyat
usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror - bir pedagogik
maqsad (masalan, o‘yin, suhbat, disput, konferensiya,
trening va
boshqalar)ga yetishishi uchun qo‘llanilganida faoliyat usuliga
aylanishadi.
Savol va topshiriqlar:
1) Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi xususiyatlari qaysilar?
2) Ijtimoiylashuv omillari va mexanizmlarini ayting.
3) Ijtimoiy pedagogika atamalariga ta’rif bering.
4) Ijtimoiy pedagogikaning funksiyalarini aniqlang.
5) Ijtimoiy o‘qitish va ijtimoiy tarbiyaga ta’rif bering.
6) Bola rivojlanishiga muhitning ta’siri qanaqa bo‘ladi?
70
REJA:
1. Ijtimoiy pedagogik nuqtai-nazardan oila turlari.
2. Ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari shakl, metod
va vositalari.
3. Oilalarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy - pedagogik yordam shakllari
4. Yetimlikning kelib chiqish sabablari. Vasiylik va homiylik
tushunchasi.
Tayanch tushunchalar:
tashxis,
ijtimoiy pedagogik tashxis,
mikromuhit, psixologik tavsif, oila tarbiyasi,
pedagogik jarayonlar,
shaxsning individual - psixologik tavsifi, ijtimoiy pedagogik tekshiruv,
oila tashxisi, oila tarbiyasi.
Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan
taqqoslaganda birinchi darajali rolni bajaradi. Chunki,
aynan oilada
individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar,
axloqiy normalar
shakllanadi. Oila omili insonga butun umur davomida ta’sir etadi.
Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni egallaydigan jamoa
hisoblanadi. Oila insonning o‘z - o‘zini belgilab olishga, uning ijtimoiy
- ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi. Oilaviy munosabatlar oliy
qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O‘zbekistonda
oilaning
ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o‘z mavqe’ini hozirgacha
ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko‘pgina oilalar, shu
jumladan, o‘zbek oilalariga ham ta’sir qiladi. Ko‘p bolali O‘zbek
oilalarida patriarxal tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning
barqarorligini ta’minlagan, chunki O‘zbek
oilasida zaruriy tarbiyaviy
omil va ko‘nikmalar avloddan - avlodga o‘tib keladi. Oila a’zolari
sonining
qisqarishi,
avlodlarning
uzoqlashuvi
muammosining
kuchayishi munosabati bilan oilaviy munosabatlarni shakllantirish
masalasi borgan sari muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Oila
bugungi kunda yuksak malakali psixolog,
ijtimoiy pedagog, ijtimoiy
ishchilar yordamiga nihoyatda muhtoj bo‘lib qolgan.
Dostları ilə paylaş: