65
Bolaning ijtimoiy muhitga moslashuviga to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy-
ma’naviy fazilatlarning yo‘qligi hamda ularning shakllanmay qolishi
ijtimoiy dezadaptsiya deb ataladi. Bunday
holatlarda ularning oldini
olish hamda ma’lum chora - tadbirlar ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
Demak, bolaning jamiyatda ijtimoiy adaptatsiyalanishiga, uning ijtimoiy
statusini qayta tiklashga, yo‘qotilgan ijtimoiy munosabatlarni qayta
tiklashga qaratilgan faoliyat turini ijtimoiy reabilitatsiya qilish deb
ataladi.
Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta bo‘limlardan
iborat. Bu bo‘limlarda olingan bilimlar
ijtimoiy tarbiyani ijtimoiy
amaliyoti
turlaridan
biri
sifatida
xarakterlashga
va
uni
mukammallashtirish bo‘yicha muayyan yondashuv va tavsiyalarni
berish imkonini yaratadi.
Ijtimoiy tarbiya falsafasi falsafa, etika, ijtimoiyogiya va
pedagogika to‘qnashuvidan kelib chiqadi.
Unda amaliy, uslubiy va
dunyoqarashga oid masalalar o‘rganiladi. Xususan ijtimoiy tarbiya va
uning vazifalari ta’rifi beriladi: inson obrazini muayyan tushunish
asosida
rivojlanish, ijtimoiylashuv va tarbiya nisbatiga umumiy
yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning qadriyat va
tamoyillari ishlab chiqiladi va boshqalar.
Ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya
konteksti va ijtimoiy tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o‘rganadi.
Olingan bilimlar ularning tarbiya
solohiyatlaridan foydalanish,
ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo‘lgan
ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish va salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari
va yo‘llarini izlab topish imkonini beradi. Umuman olganda ijtimoiy
tarbiya ijtimoiyogiyasi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar jamiyat
tarbiyaviy kuchlarini birlashtirish yo‘llarini qidirishga asos bo‘lishi
mumkin.
Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiyaning faoliyat
yuritishini
tavsiflaydi, tushuntiradi va bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya
darajasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya ijtimoiyogiyasi ma’lumotlarini
inobatga olib ijtimoiy tarbiya individual, guruh, ijtimoiy sub’ektlari nima
ekanligini va ular o‘zaro qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: