|
A. A. Axmedov ijtimoiy pedagogika31456 2 04E6F9CC4744B0156723C907B7618AFAF09D7D39
O‘z kasbining xususiyatlarini o‘rganib chiqqan ijtimoiy pedagog
oldida bu bilimlarni bolalar ijtimoiylashuvida, ularni deviant xulq -
atvorini oldini olishda ularga ularga yordam berish jarayonida amaliy
tadbiq etish muammosi ko‘riladi. Bu muammoni hal qilish uchun ijtimoiy
pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur.
Avvalambor bu tushunchalarning ta’rifini aniqlab olish lozim.
Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotdagi metodlar - bola
ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy
tajriba to‘planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o‘zaro
boglik faoliyati bo‘lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari xaqida
gapirishga hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidalar. Shuning uchun
ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va
ijtimoiy ishda qo‘llanayotgan metodlardan foydalanadi.
Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada
“usul” va “vositalar”
tushunchalari qo‘llaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib,
metodga nisbatan xususiy, bo‘ysunuvchan xarakterga ega. Aslida xar bir
metod
amaliyot
tomonidan
to‘plangan,
nazariya
tomonidan
umumlashtirilgan usullar majmuasi orkali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo‘llashi aniq ijtimoiy
pedagogik vaziyatga, bola xulq - atvoriga, zaxiradagi usullarga
boglik.Vosita usul va metoddan ko‘ra kengroq tushuncha xisoblanadi.
Chunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini
bajarishlari mumkin. Vositalar - ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga
qo‘yilgan maqsadga erishishi uchun qo‘llanadigan moddiy, emotsional,
akliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o‘z mohiyatiga ko‘ra
faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror - bir pedagogik maqsad
Dostları ilə paylaş: |
|
|