stavkalari miqdoridagi farqqa bog'liq holda) oddiy foiz stavkasi
bo‘yicha o ‘sib boruvchi summadan oshib ketadi».
Har qanday investor o ‘z pulini, mablag‘ini o ‘stirish, ma’lum
ustama olish umidida, safarbar etadi. Bu o ‘sishni formula orqali
ifodalasak - har yilgi foiz stavkasi bo‘lsin.
U holda bir investitsion
o‘sishdan so‘ng kelgusi qiymat quyidagiga teng bo‘ladi:
FVi = PV + PV x r(l)
FVi = P V ( l + r ) ( 2 )
bu verda, FVi -b irin c h i investitsion davr so‘ngidagi kelgusi qiymat;
RV - birinchi investitsion davr boshidagi joriy qiymat;
r - kapitalni investitsiyalash oqibatida investor kapitalining
o ‘sishiga olib keluvchi daromadlilik m e’yori.
r - daromadlilik m e’yorini tushuntirish uchun adabiyotlarda
quyidagicha tushunchalar qo'llaniladi:
- daromadlilik stavkasi;
- o ‘sish stavkasi;
- talab etilgan daromadlilik m e’yori;
- ko‘zda tutilgan daromadlilik me’yori;
- maqbul daromad m e’yori.
r - miqdori o ‘z ichiga uch turdagi (mukofot) to‘lovni qamrab
olgan bo‘lishi lozim:
- vaqt uchun (mukofot) to'lovni (yo‘qotilgan vaqt tufayli ko‘-
rilishi mumkin zarar yoki olina olmagan daromad);
- risk uchun (mukofot) to‘lovni (tahlika oqibatida boMgan ko‘-
tarish mumkin boMgan zarur);
- alternatish (muqobil) qo‘yilmalarning daromadlilik m e’yo
rini (boshqa soha yoki turdagi faoliyatga mablag" qo‘yilmagani
uchun foydadan kechish).
Amaliyotda daromadlilik m e’yori kapital
investitsiya qilingan
biznesning ushbu turi bilan bog‘!iq risk darajasi va investitsiyalash
davrining davomiyligi bilan bog'liq doimiy bo‘lmagan miqdor
hisoblanadi. Bu yerda to ‘g‘ri proportsional bogMiklik kuzatiladi:
investitsiyalash davri qanchalik davomli va mazkur biznes
qanchalik riskli bo ‘lsa, daromadlilik me’yori shunchalik yuqori
bo‘ladi. Birmuncha past riskka ega bo‘lgan qo‘yilmalar
qatoriga
davlat qimmatli qog‘ozlari yoki davlat bankiga qo‘yilgan mablag'lar
kiradi, biroq bunda daromadlilik m e’yori unchalik yuqori emas.
97
Investorlarning bir-biridan farqlanishiga qarab daromadlilik
m e'yori sezilarli tarzda farqlanishi mumkin, biroq har doim ham
sezilarli omil sifatida muqobil qo ‘yilmalaming daromadliligi yuzaga
chiqadi. Xususiy (o‘z) daromadliligi m e’yorini aniqlashda investor
birinchi navbatda quyidagilarni hisobga oladi:
— bank depoziti bo‘yicha foiz stavkasini;
- davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foiz stavkasini.
Quyida ikkinchi yoki n-chi davr
oxiridagi kelgusi qiymatni
ko‘rib chiqamiz. Agar pul m ablag‘lari ikki yoki undan ortiq davrga
investitsiyalangan bo‘lgan holda foizlar yuqorida tilga olingan ikki
sxema bo‘yicha hisoblanishi mumkin.
I. Oddiy foiz sxemasi:
р у 2 = p y + p v x r + PV x r,
FV2= PV ( 1 + 2 x r )
bunda, FV
2
- ikkinchi investitsion davr oxiridagi
kelgusi
qiymat.
n-chi davr so‘nggida oddiy foizlar sharoitida kelgusi qiymat
quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanishi mumkin:
FVn= PV ( 1 + n x r )
(3)
2. Murakkab foiz sxemasi:
FV
2
= PV + PV x г + PV x r x r,
FV2= P V ( 1 + 2 r + r x r ) ,
FV2- P V ( 1 + r ) 2,
(4)
bunda, FV
2
-ikkinchi investitsion davr so‘nggidagi kelgusi
qiymat.
n-chi davr oxirida murakkab foiz ostida kelgusi qiymatni
quyidagi tenglama bo ‘yicha aniqlash mumkin:
FVn= P V ( 1 + r )n,
(5)
Agar n=0 bo‘lsa, u holda (5) tenglamadan kelib chiqib
quyidagi hosil bo‘ladi:
FV= PV ( 1 + r )°,
FV= PV
(5) tenglama
Dostları ilə paylaş: