A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

diskontlashtirish
jarayoni deb nomlanadi. Diskontlashtirish jarayo- 
nining iqtisodiy mohiyati turli xil davrdagi pul oqimining «hozirgi 
(joriy)» nuqtai nazar bilan vaqtdagi aniqlanishi, y a ’ni joriy vaqtga 
keltirilishi bilan ifodalaniladi. Investoming investitsiyalash davri 
boshidagi nazarda tutadigan summasi pul oqimining 
hozirgi
(keltirilgan, joriy) 
qiymati
deb ataladi va PV bilan belgilanadi.
K orxona moliyasini boshqarish uchun pul oqimini baholash 
o ‘ta muhim sanaladi.
Investor oldida doimo investitsiya loyihasini amalga oshirish 
natijasida n davr mobaynida hosil bo‘luvchi 
CFi, CF
2
, CF
3
, ... CFn
pul oqimini baholash vazifasi turadi.
Pul oqimini baholash quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:
- o ‘sib borish sxemasi va pul oqimining kelgusi qiymatini 
yalpi baholashni aniqlashdan foydalanish asosidagi to ‘g ‘ri usul 
bilan;
- diskontlash sxemasi va pul oqimining hozirgi qiymatini yalpi 
baholashni aniqlashdan foydalanish asosidagi teskari usul bilan.
Pul oqimlarining tiiriga qarab hisoblash usullari turlicha 
bo ‘lishi mumkin. Korxoha pul m ablagiarining harakati haqida 
bevosita yoki bilvosita metodlar yordamida hisoblarini yuritishi 
mumkin. Hisoblami bevosita metod y o ‘li bilan amalga oshirish 
berilgan davr mobaynida hisob raqamlar bo‘yicha pul mablag‘lari 
harakatining natijalarini aks ettirish yo ‘li bilan amalga oshiriladi. 
Bunda operatsiyalar faoliyat turi bo‘yicha uch guruhga ajratiladi. 
Hisobotni 
to ‘ldirish 
uchun 
kerakli 
m a’lumotlarni 
bevosita 
bugalteriya hisobi hujjatlaridan olish mumkin.
Pul oqimini bevosita yo ‘l bilan hisoblanishi korxona to ‘lovga 
qobilligini baholash va piil m ablag‘lari kelib tushishi va sarflanishi 
ustidan nazorat o ‘matish| imkoniyatini ta ’minlaydi. Pul oqimlari 
hisobining bilvosita usuli so f foyda ko‘rsatkichining pul mablag‘lari 
harakati natijasida qanday o ‘zgarganligini buxgalteriya balansi, 
moliyaviy natijalar to‘g ‘risidagi hisobot, balansga ilovalar va Bosh


kitob m a’lumotlarini maxsus o ‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan 
aniqlashga asoslangan.
Bilvosita usul bilan tuzilgan pul oqimlari to ‘g‘risidagi hisobot 
tlavri boshiga va oxiriga tuzilgan bugalteriya balanslari o'rtasida 
bogMochi bo ‘g ‘in b o iib xizmat qiladi, chunki pul mablag‘lari hisob 
laqamlaridagi o ‘zgarishlarning balans boshqa moddalari o ‘zgarish- 
lari bilan bog‘liqligini aks ettiradi. Foyda ko‘rsatkichiga o‘zgarti- 
rishlar kiritish uchun «pul ko‘rinishiga ega bo‘lmagan omillar» deb 
nomlanuvchi va xo ‘jalik operatsiyalarining amalga oshirilishi vaqti 
bilan pul mablag‘lari harakatini amalga oshirilish vaqti o'rtasidagi 
I'arq ta ’sirini bartaraf qiluvchi bir qancha usullardan foydalaniladi. 
Yuqorida aytib o ‘tkanimizdek bugalteriya hisobida aks ettiriluvchi 
va foyda miqdorini hisoblashda hisobga olinuvchi barcha xo‘jalik 
ope rats iyalari ham pul mablag‘lari harakati bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Pul ko‘rinishiga ega bo‘lmagan investitsion va moliyaviy 
uperatsiyalarga misol sifatida aksiyalarni yoki obligatsiyalami 
moddiy yoki nomoddiy aylanishdan tashqaridagi aktivlarga 
almashtirish yo‘li bilan chiqarishni yoki korxonaga tegishli bo‘lgan 
aylanishdan tashqaridagi aktivlami boshqa aylanishdan tashqari 
aktivlarga almashtirishni keltirishimiz mumkin.
Bunday bitimlami amalga oshirilganligini pul oqimlari 
bilvosita metod bilan hisoblanishi jarayonida ba’zi bir tuzatishlarni 
kiritish yo ‘li bilan aniqlash mumkin. Tuzatishlar sof foyda 
l o'rsatkichini ko‘paytirishi ham kamaytirishi ham mumkin. B a’zi 
bir muhim tuzatishlar quyida keltiriladi.
Sof foyda miqdorini ko‘paytiruvchi:
- davr mobaynida asosiy fondlarga va nomoddiy aktivlarga 
liisoblangan amortizatsiya;
- debitorlik qarzining kamayishi;
- tovar moddiy boyliklar qoldiqlarining kamayishi;
- kelgusi davr harajatlarining kamayishi;
- kreditorlik qarzining ko‘payishi;
- boshqa hisoblangan majburiyatlarning ko‘payishi;
- budjet va budjetdan tashqari fondlar bo‘yicha qarzdorlikning 
ko'payishi;


- kirim qilingan moddiy boyliklar bo‘yicha QQS ning 
kamayishi;
S of foyda miqdorini kamaytiruvchi:
- asosiy vositalarning qayta baholanislii;
- debitorlik qarzining ko‘payishi;
- tovar moddiy boyliklar qoldiqlarining ko ‘payishi;
- kelgusi davr harajatlarining ko ‘payishi;
- kreditorlik qarzining kamayishi;
- boshqa hisoblangan majburiyatlaming kamayishi;
- budjet va budjetdan 
fondlar 
bo‘yicha 
qarzdorlikning 
kamayishi;
- o ‘tgan-yillar taqsimlanmagan foydaning ishlatilishi;
- zahiralarning ishlatilishi;
- sof foyda hisobidan tashkil qilingan jam g ‘armalar m ablag‘- 
larining ishlatilishi;
- kirim qilingan moddiy boyliklar bo‘yicha QQS ning ko‘pa- 
yishi;
Hisobot davri natijasi sof zarar bilan chiqqan bo‘Isa, bilvosita 
usul so f zararga asoslanadi. Bevosita usulda hisoblab ko ‘rilganda 
sof zarar chiqqanligiga qaramay, bilvosita usulda hisoblab ko‘ril- 
ganda tuzatishlar zarar miqdorini qoplashi va asosy faoliyat 
bo‘yicha pul mablag‘lari harakatining so f natijasi musbat chiqishi 
mumkin.'
Pul oqimlari hisobi natijasida olingan m a’lumotlar katta 
tahliliy qiymatga egadir. Pul mablag‘lari holati to‘g ‘risidagi hisobot- 
lami tahlil qilish korxona moliyaviy operatsiyalari mazmunini 
tushunish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi,chunki bunda 
o‘tib ketgan davr natijalarini baholash mumkin bo‘ladi.Tahlil 
natijasida pul mablag‘larining maqsadga muvofiq bo‘lmagan holda 
foydalanig holatlarini aniqlash va kelgusidagi faoliyat uchun tegishli 
xulosalar qilish mumkin.
Korxona faoliyati uzluksizligini ta ’minlash, uning moliyaviy 
barqarorligini ta ’minlash va pul mablag‘lari oqimini boshqarishni 
takomillashtirish uchun quyidagi vazifalami bajarish zarur bo‘ladi:

tushumlar va to ‘lovlarni yaqt va makon bo‘yicha mutano- 
sibligini ta ’minlash;


- hisob-kitoblardagi mablag‘lar miqdorini optimallashtirish;
- o ‘tuvchi pul m ablaglari qoldig'i miqdorini optimallashtirish;
- korxonaning o ‘z-o‘zini moliyalash darajasini optimallash- 
tirish.
Pul mablag‘larining ishlatilishi va ularning kelib chiqish 
haqidagi hisobotlar tahlili o‘rta va uzoq muddatli moliyalashtirishni 
loyihalashtirishda juda ham foydalidir, chunki u pul mablag‘lariga 
bo‘lgan ehtiyoj miqdori va bu ehtiyojning hosil bo‘lish muddatlari 
haqidagi xulosa qilish imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda, 
korxona pul mablag‘lari holatining istiqbollarini belgilash pul 
byudjeti (pul mablag‘lari budjeti) yordamida pul mablag‘larining 
kelgusidagi oqimiga baho berish imkoni paydo boTadi.
Tahlilda birinchi o ‘rinda pul oqimlarining vaqt bo‘yicha 
taqsimlanishi darajasi va an’analariga baho beriladi. Umumiy 
an’ana korxona rivojlanishining bosqichini va yo'nalishini - o‘sish 
kamayish yoki turg‘unlash, aniqlashga yordam beradi. Korxona 
o ‘rtacha-yillik pul oqimini tarmoq bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar 
bilan taqqoslab ko‘rish zarur, bunda korxonaning tarmoq bo‘yicha 
inavqei aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkichning tarmoq bo‘yicha o'rtacha 
ko‘rsatkichdan qanchalik chetga chiqishi korxona faoliyati barqaror- 
ligini ham xarakterlaydi va ishbilarmonlik tavakalchiligini baho- 
lashda ham qo'llanilishi mumkin. Farq qanchalik katta bo‘lsa, 
tavakkalchilik darajasi ham shuncha katta bo‘ladi.
Tahlilning keyingi bosqichida pul mablaglari harakati 
natijalarini manfiy qiymatlarining kelib chiqish sabablari aniqlanishi 
zarur. Davr mobaynidagi pul oqimining manfiy qiymatining asosiy 
ichki sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- aylanma kapitalga boTgan normal ehtiyojni qondiradigan 
darajada sotishning yetarli darajada rentabelli emasligi;
- yirik iste’molchilarni yo ‘qotish natijasida sotish hajmining 
kamayishi;
- ishlab chiqarislming kengaytirilishi;
- aylanma mablag‘lar aylani shining sekinlashishi.
Hisoblash usullari pul oqimining turlaridan kelib chiqib
turlicha boTishi mumkin.


Pul oqimi harakati asosida foizlarni hisoblashning turlicha 
sxemalaridan foydalanish yotadi.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə