ularning o ‘zaro bog‘liqliklari kabi savollarga oydinlik kiritib olish
lozim.
Korxonalaming ishlab chiqarish sikli, mahsulot ishlab chiqa-
rishga xizmat qiluvchi yoki bevosita
ushbu jarayonda foydalani-
ladigan aylanma aktivlarning to‘J.iq aylanishini, xomashyo, material
va yarim tayyor mahsulotlami korxonaga kelib tushgan davrdan
boshlab, ularni tayyor mahsulot holatiga keltirishgacha bo‘lgan
davrni ifodalaydi. Korxonada ishlab chiqarish siklining davomiyligi
quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi.
ITS = AD (xz) + AD (tich) + AD (tm)
Bu yerda:
ITS - korxonalarda ishlab chiqarish siklining davomiyligi (pro-
doljitelnost), kun hisobida;
AD (xz) - xomashyo va material
zahiralarining aylanish davri,
kun hisobida;
AD (tich) - tugallanmagan ishlab chiqarishning aylanish davri,
kun hisobida;
AD (tm) - tayyor rnahsulotlarning aylanish davri, kun hisobida.
Moliyaviy sikl - bunda mahsulot yetkazib beruvchilarga olin
gan xomashyo, materiallar va boshqa turdagi aktivlar uchun
lo‘lovlar amalga oshirilgan davrdan boshlab, realizatsiya qilingan
yoki yuklab j o ‘natilgan tovar, mahsulotlar
uchun pul mablaglarini
kelib tushishgacha bo ‘lgan davr tushuniladi. Boshqacha aytganda
moliyaviy sikl, korxonalaming pul mablag‘larini to‘liq aylanish
davrini xarakterlaydi, bu jarayon korxonalar tomonidan kreditorlik
qarzlarni to ‘lash davridan boshlab debitorlik qarzlarini undirib
olingan davrni o ‘z ichiga oladi hamda quyidagi tenglama yordamida
hisoblanadi:
MTS - ITS + AD (dq) - AD (kq)
Bunda:
MTS - korxonalarda moliyaviy siklning (pulni aylanish tsikli)
davomiyligi,
kun hisobida
ITS - korxonalarda ishlab chiqarish siklining davomiyligi, kun
hisobida;
AD (dq) - debitorlik qarzlarini o ‘rtacha aylanish davri, kun
hisobida;
AD (kq) - kreditorlik qarzlarini o ‘rtacha aylanish davri, kun
hisobida.
Operatsion sikl - korxonalarda aylanma aktivlarning umurniy
summasini to ‘liq aylanish davrini xarakterlaydi va quyidagi formula
yordamida hisoblanadi.
OTS = ITS + AD (dq)
Bunda:
OTS - korxonalarda operatsion
siklning davomiyligi, kun hiso
bida;
AD (dq) - debitorlik qarzlarini aylanish davomiyligi, kun
hisobida.
Korxonalarda operatsion sikl bir birlik mahsulot ishlab chiqarish
uchun unga zaruriy xomashyo, material va boshqa turdagi foyda-
laniladigan aktivlami sotib olingan kundan boshlab uni realizatsi-
yasidan pul mablag1 larni real kelib tushish oralig‘idagi
davrni va
jarayonlarni o ‘z ichiga oladi.
Yuqoridagi keltirilgan formulalardan shu narsani aytish mum-
kinki, korxonalarda moliyaviy va operatsion tsikllaming qisqarti-
rilishi, moliyaviy resurslami boshqarishning ijobiy tendentsiyalar
bilan rivojlanishini ta ’minlovchi muhim omillardan biri sanaladi
hamda ushbu natijalarga erishishda quyidagi ishlami amalga
oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1. Ishlab chiqarish jarayonini
tezlashtirish, (bir birlik mahsulotni
ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirish);
2. Ishlab chiqarilgan mahsulotlami omborlarda uzoq saqlanib
qolishini oldini olish, marketing siyosatini to ‘g ‘ri tashkil qilgan
holda mahsulotlami iste’rnolchilarga sifatli va o ‘z vaqtida etib
borishini ta ’minlash;
3. Debitorlik qarzlarini aylanish davrini tezlashtirish, y a’ni
realizatsiya qilingan mahsulot va xizmatlar uchun pul mablag‘larini
o‘z. vaqtida va to‘liq kelib tushishini ta ’minlash
va buning hisobiga
ishlab chiqarish jarayonini yanada takomillashtirish;
4. Kreditorlik qarzlarini aylanishini sekinlashtirish, moliyaviy
menejer tomonidan bu turdagi ishlami amalga oshirishda yanada
ko'proq m as’uliyat bilan harakat qilishni talab qiladi, chunki kredi
torlik qarzlari ko‘rsatkichlarini yuqori bo‘lib ketishi korxonaning
moliyaviy natijalariga va barqarorlik holatiga salbiy ta’sir
koVrsatadi.
Dostları ilə paylaş: