A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

Moliyaviy aktivlar,
barcha moliyaviy dastaklami (instru- 
ment)lami xarakterlovchi aktivlar:
- milliy va xorijiy valyutadagi pul aktivlari;
- debitorlik qarzlari; |
- qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar.
II. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashish xarakteriga ko‘ra:
1. 
Uzoq muddatli aktivlar,
ya’ni ko ‘p marotaba xo ‘jalik faoli­
yatida ishlatiladigan va o ‘zining qiymatini mahsulot tannarxiga 
o ‘tkazib boradigan aktivlar.
2. 
Joriy aktivlar,
bir ishlab chiqarish yoki tijorat sikli 
jarayonida to ‘liq ishlatiladigan aktivlar.
III. Korxona faoliyatining turiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha:
1. 
Operatsion aktivlar,
foydani shakllantirish maqsadida joriy 
faoliyatni amalga oshirishda ishlatiladigan aktivlar.
2. 
Investitsion aktivlar,
korxonaning investitsion faoliyatini 
amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan aktivlar.
IV. Aktivlarning likvidlik darajalariga qarab:
1. Absolyut likvid aktivlar;
2. Yuqori likvidli aktivlar;


3. Past likvidli aktivlar;
4. 
Nolikxid aktivlar.
V. Mulkiy egaligini xarakterlovchi aktivlar:
1. 
Ijaraga olingan aktivlar
;
2. 
0 ‘ziga tegishli (xususiy) aktivlar
VI. Aktivlar vujudga kelishining moliyaviy manbaiga ko‘ra:
1. 
Yalpi aktivlar
, ya’ni o ‘z va jalb qilingan (qarz) mablag‘lar 
hisobiga hosil bo'lgan aktivlar;
2. 
S of aktivlar,
faqat o 'z mablag‘lari hisobiga shakllangan 
aktivlar.
Korxonalarda aktivlami tashkil qilishdan asosiy maqsad, joriy 
faoliyatni uzluksizligini ta’minlashda uiarga bo‘Igan talabni qon- 
dirish, hamda korxonalar xo‘jalik-tadbirkorlik faoliyatini samara- 
dorligini oshirish maqsadida ulaming tarkibini optimallashtirish 
hisoblanadi.
Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda, korxonalarda aktiv­
lami tashkil qilish va ularni boshqarishda quyidagi asosiy tamoyil- 
lami hisobga olish lozim:
1) joriy faoliyatni rivojlantirish istiqbollari va uni diversi- 
fikatsiya qilishning yo‘nalishlari; bunda korxonalar joriy faoliyatini 
rivojlantirish istiqbollarini belgilash, joriy faoliyatning maqsad va 
vazifalaridan kelib chiqqan holda strategiyasini ham ishlab chiqish, 
amaliyotga joriy qilish hamda istiqbolda korxonaning xo‘jalik fao- 
liyat turini diversifikatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari inobatga 
olinishi nazarda tutiladi. Ayniqsa ushbu tamoyilni oqilona qo'llani- 
lishi korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil qilish 
jarayonida dolzarb hisoblanadi.
2) korxonalarda aktivlami tashkil qilishda ulaming hajmi va 
tuzilishi bilan, mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish 
hajmi va tuzilishini o ‘zaro mosligiga amal qilish; ushbu tamoyilda 
korxonalarda ishlab chiqariladigan birlik mahsulot uchun kerakli 
xomashyo, materiallar va boshqa turdagi aktivlami o ‘zaro muta- 
nosibligini ta’minlash hamda ishlab chiqariladigan mahsulot turiga 
undagi mavjud aktivlaming tuzilishining mosligi ham inobatga 
olinadi.
3) korxona xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini samaradorligini oshi­
rish maqsadida aktivlar tarkibini optimallashtirish;
69


4) aktivlardan foydalanish jarayonida ularni aylanuvchanligini 
oshirish uchun zaruriy sharoitlar yaratish;
5) korxonalaming kapitallashuv darajasini oshirish maqsadida 
aktivlarni yuqori texnolologik turlarini tashkil qilish; bunda, 
korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko'rsatishda 
foydalaniladigan asosiy vositalarning zamonaviy, tejamkor va yu­
qori rentabellikka ega bo‘lgan turlari dan keng foydalanish, buning 
hisobiga mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot tan narxini opti­
mallashtirish, qo'shim cha xarajatlarni kamaytirish kabi ijobiy natija- 
larga erishish pirovardida esa korxonada qo ‘shimcha moliyaviy 
resurslar darajasini oshishiga olib keladi.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə