A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


Kompleks axborot tizimini shakllantirish



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

Kompleks axborot tizimini shakllantirish.
Korporatsiyalar rivojlanish jarayonida quyidagi muammolarga 
duch keladi:
1) boshqaruvning eski usullarida ko‘plab xatolar mavjud 
bo‘ladi;
2) korporatsiya boshqaruvini nazorat qilish uni murak- 
kablashtiradi, ko‘plab xodimlarni jalb etadi va qo ‘shimcha 
xarajatlarga olib keladi;
3) yechimlami kelishishga ko‘p vaqt talab etiladi. Yechim 
qabul qilish uchun m a’lumotlar esa mavjud bo‘lmaydi;
4) moliyaviy amallar va qabul qilingan yechimlar miqdori u 
yoki bu natijalarga olib keluvchi sabablarga nisbatan ortiq b o ‘ladi.
Tizimni tanlash va tatbiq qilishda texnik, m a’muriy va 
tashkiliy masalalarni yechish zarur. Korporatsiya faoliyatida axborot 
tizimini yaratish korxona xodimlari va axborot texnologiyalarini 
taqdim etuvchi muaassasalarning hamkorlikdagi amallari hisobla­
nadi. Bunday vazifani bajarish uchun quyidagi amallarni amalga 
oshirish zarur:
1) Yaratilayotgan tizimni tadqiq qilish va loyihalashtirish
y a’ni amaldagi holatni va bajarayotgan xizmatga tatbig‘ini aniq 
belgilash;
2) axborot tizimini ishlab chiquvchi muassasa ushbu tizimni 
sozlashni ham amalga oshiradi. Bu o ‘rinda axborot tizimining 
xatolami aniqlash maqsadida testdan ci‘tkazish zarur;


3) 
axborot tizimlarini tatbiq etish ikki qismga ajraladi: 
korporatsiya xodimlari tarkibidan administratorlarni tayyorlash va 
korxona bo‘linmalarida axborot tizimlari qismlarini ishga tushirish.
Dasturiy-apparat vositalarini va alohida biznes qo‘shim- 
chalarini tanlashda qarama-qarshi bo‘lmagan va o ‘zaro kelishgan 
texnologiyalami tatbiq qilish lozim. Shu bilan birga axborot 
tizimlarini ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatishning yagona 
texnologiyasiga rioya qilish lozim. Yuqoridagi talablar bilan birga 
axborot tizimi uchun quyidagi umumiy texnik talablar ham mavjud:
1) tezkor faoliyat ko‘rsatish, ya’ni axborotni qayta ishlashda
qidirishda va kiritishda tizimning aks ta ’siri vaqtining juda qisqaligi;
2) m a'lum otlarga ruxsatsiz murojaat etishning himoyasi 
ishonchliligi va korporatsiya xodimlarining amallarini hisobga olish;
3) ishchi o ‘rinIarining qulay foydalanuvchi interfeysi;
4) tizimni masshtablash va rivojlanish imkoniyatlari;
5) m a’lumotlarni uzatish tizimida foydalaniluvchi modullarni 
birlashtirish;
6) avvalgi vaqt mobaynida foydalanilgan m a’lumotlarni yangi 
tizirnga yuborish imkoniyati;
7) tizim faoliyatining yuqori ishonchliligi.
Korporatsiyalar uchun korporativ axborot tizimlarini yaratish
uslubi quyidagi umumiy qoidalarni o ‘z ichiga oladi:
1) amaldagi algoritmlarni dasturlashsiz berilgan holatlar 
modellari b o ‘yicha tizimni yaratish texnologiyasi. Bunday holatda 
tizimni yaratish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, buning natijasida 
biznes jarayonlari bo‘yicha reinjenering amallarini o'tkazmasdan 
avtomatlashtirish va amaldagi boshqaruv tizimini takomiliashtirish 
kutilgan natijalarni bennaydi va samarasiz hisoblanadi. Korporat­
siya faoliyatida dasturiy qo‘shimchalardan foydalanish hujjatlar 
aylanishining yangi shaklini tashkil etiiishiga, hujjatlami hisobga 
olishga va hisobotlar yozishga o‘tishning samarali omili hisob- 
lanadi;
2) tizimni «yuqoridan pastga» yo‘nalish asosida qurish. Agarda 
korporatsiya holatini avtomatlashtirish haqidagi qaror korporat- 
siyaning yuqori rahbariyati tomonidan qabul qilingan va m a’qul- 
langan boMsa, dasturiy modullarni tatbiq qilish esa bosh korxonalar 
tomonidan amalga oshiriladi. Bunda korporativ tizimlarni yaratish
61


jarayoni tizimni quyi bo‘laklarda birlainchi tarzda tatbiq qilishga 
nisbatan ancha tez amalga oshiriladi. Ushbu usul va rahbariyatning 
faol yordami asosida axborot tizimlarini tatbiq qilish bo‘yicha 
barcha vazifalar kompleksini to‘g‘ri baholash va rejalashtirilmagan 
xarajatlarsiz amalga oshirish mumkin;
3) tizimni bosqichlar bo‘yicha tatbiq qilish texnologiyasi. 
Kompleks avtomatlashtirish o ‘z tarkibiga korporatsiyaning barcha 
bo‘limlarini olganini hisobga olsak, unda bosqichlar bo‘yicha tatbiq 
qilish texnologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Avtomatlash- 
tirishning birlamchi sohalari bo‘lib, yuqori organlar va qo‘shma 
bo‘linma!ar uchun hisobot hujjatlarini hisobga olish va shakllan­
tirish jarayonini tartibga solish hisoblanadi;
4) kelajakdagi foydalanuvchilami axborot tizimlarini ishlab 
chiqishga jalb etish. Birlashtiruvchi korxonada kompleks avtomat­
lashtirish bo‘yicha vazifalar bajarilganda korxona buyurtmachi 
bo‘linmalarining axborot texnologiyalari bo‘yicha amallari o ‘zgara- 
di va bu bo‘limlarning korporatsiyaning yangi samarador boshqaruv 
usullariga o ‘tish jarayonidagi salohiyatlari ortadi.
Bunday tizim modullar va avtomatlashtirilgan ish joylari 
o ‘rtasida shunday hamkorlikni o ‘rnatishlari zarurki, natijada bu 
hamkorlik foydalanuvchining talablari va texnik imkoniyatlariga 
javob bersin. Axborot tizimining muhim parametrlari bo‘lib, 
ishonchlilik, masshtablilik va xavfsizlik hisoblanadi, shuning uchun 
bunday tizim lar yaratilishi jarayonida mijoz-server arxitekturasidan 
foydalaniladi. Bu arxitektura vazifalarni tizimning mijoz va server 
qismlar o'rtasidagi taqsimlash imkonini beradi va tizimni hal 
qilinayotgan masalalar xususiyatlarga mos ravishda rivojlanishi va 
takomillashishini ko‘zda tutadi.
Korporatsiyalar ishlab chiqarishini takomillashtirish yangi 
texnikalarni va ilg‘or texnologiyalami tatbiq qilishga bog'liq bo‘lib, 
hozirgi paytda asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblangan biznesni 
boshqarishda birlashgan axborot tizimlari asosida yangi axborot 
texnologiyalarini tatbiq etish hisoblanadi. Kichik biznes uchun 
axborot tizimlarini tatbiq qilish murakkabligi korxonalaming 
turlichaligi, ishlab chiqarishning turli shaklda amalga oshirilishi va 
ishlab chiqarilgan mahsulotning ko‘p turdaligi hisoblanadi. Kichik 
biznes sohasida amal qiluvchi korxonalaming hajmlari va amaliy
62


iinkoniyatlari asosida ulaming xususiyatlarini inobatga olgan holda 
axborot tizimlarini loyihalashtirish mumkin. Biroq har bir korxona 
uchun alohida axborot tizimini yaratish yetarli samara berniaydi.
Axborot texnologiyalarini tatbiq qilish bo'yicha zudlik bilan 
qaror qabul qilish kerakligini kolplab muassasalarning rahbarlari 
hozirgi paytda his etmoqdalar. Axborot tizimlarini tatbiq qilish 
muassasalarga qimmatga tushishi mumkin, lekin amaldagi tartibni 
saqlab qolish esa undan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin. Axborot 
tizimlarini va ularni tatbiq qilish uchun qo‘llaniladigan texnik 
vositalarni korporatsiya faoliyatida tatbiq etish raqobatdosh 
sharoitda ustunlikka erishish uchun yetarli shart emas. Bunday 
tizimlaming samaradorligi menejmentni takomillashtirishda va 
biznesning tashkiliy tamoyilida yuqori samara berishi mumkin.
Demak, korporatsiya boshqaruvida tizimli yondashuv asosida 
axborot texnologiyalari va tizimlarini tatbiq etish boshqaruv sifatini 
samaradorligini oshirishning asosiy omili hisoblanadi. Axborot 
texnologiyalari va tizimlari ko‘p qirralidir va u aniq sharoitlarda 
paydo bo‘ladi. Korxonalar kompyuter axborot tizimlarini tatbiq 
qilinishi asosida samaradorligi jihatidan ham farqlanadilar. Ba’zi 
hollarda axborot tizimlarini malakali tarzda tatbiq etish raqobatdosh 
ustunlikni berishi mumkin. Masalan, uzoqlashtirilgan korxona 
bo‘linmalari faoliyatida hamkorlikni takomillashtirish yoki buyurt- 
malami bajarish tezligini oshirish hisobiga axborot tizimlari samara­
dorligi ortadi. Boshqa hollarda kompyuter texnikasi murakkab 
vazifalarni bajarishni yengillashtiradi va axborotlami tizimlash- 
(irishga yordam beradi.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə