A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


Muzokara va muhokama uchun savollar



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

Muzokara va muhokama uchun savollar
1. Korxona aktivlarining tarkibi va ularni boshqarish siyosatini 
tushuntirib bering.
2. Korxona aktivlaridan foydalanishning samaradorlik ko“rsat- 
kichlari kimlardan iborat?
3. Korxona aktivlaridan samarali foydalanishning moliyaviy 
barqarorlikka qanday ta ’siri mavjud?
4. Marketing siyosatining nechog‘lik samarali tashkil etilgan- 
ligi korxona narx siyosatida ahamiyat kasb etadimi?


VI 
BOB. AYLANMA MABLAG’LARNI
MOLIYALASHTIRISH JARAYONINI BOSHQARISH
l-§. Aylanma aktivlarni boshqarish siyosati va uni ishlab
chiqish mexanizmi
Joriy aktivlarini boshqarishni korxonaning aylanma mablag‘- 
larini boshqarish deyish ham mumkin. Aylanma mablaglarni (ak­
tivlarni) boshqarish. Korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibiga
uning mulkchilik shakli, xo‘jalik-moliyaviy faoliyatining turiva 
boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bir qancha unsurlar 
kiritiladi. Korxona aylanma aktivlar xususiyatlariga ko‘ra tasnif- 
lashtiriladi.
1. Aylanma mablag‘larning turlarga ajratilishiga ko‘ra:
• xomashyo, material va yarim tayyor mahsulot zahiralari;
« tayyor mahsulot;
• debitorlik qarzlari;
pul mablagHari;
• boshqa turdagi aylanma mablag‘lar
2. Joriy faoliyatda yoki ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga 
ko‘ra:
• ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi aylanma aktivlar 
(ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor 
mahsulot zahiralari va boshqalar);
• korxonalaming moliyaviy siklida qatnashuvchi aylanma ak­
tivlar (debitorlik qarzlari, pul mablag‘lari va boshqalar).
3. Aylanma mablag1 laming tarkibida ishtirok etish muddatiga 
ko‘ra:
• aylanma aktivlarning o ‘zgaruvchan tarkibi, ya’ni buning tar­
kibiga mavsumiy xarakterga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chi­
qarish jarayonida ishtirok etuvchi aktivlar tushuniladi, ushbu turdagi 
aylanma aktivlar mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga 
mos ravishda o ‘zgarib boradi;


• aylanma aktivlarning doimiy tarkibi, y a’ni ishlab chiqarish 
hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiluvclii omillarga bog‘liq bo‘lmagan, 
aktivlarning bir qismi.
4. Aylanma aktivlarning shakllanish manbalariga ko‘ra:
• yalpi aylanma aktivlar;
« sof aylamna aktivlar;
• o ‘z aylanma aktivlari.
Aylanma aktivlami boshqarishning e'tiborli jihati shundaki, 
ushbu jarayonda moliyaviy menejer kompaniyalarning ishlab chi­
qarish, moliyaviy va operatsion sikl xususiyatlari, ular o ‘rtasidagi 
o ‘zaro bog‘liqliklarni to ‘g ‘ri va mukammal mushohada qilishidadir. 
Bozor qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda. firma va kompaniya- 
laming aylanma aktivlarning doiraviy aylanishi yoki yuqoridagi 
turli bosqich tsikllari, kompaniyalarning dastlabki xomashyo mah- 
sulotini sotib olgan davrdan to tayyor mahsulotning realizatsiya- 
sidan pul mablag‘larini kelib tushishigacha bo‘lgan barcha oraliq 
davriy jarayonlarni o ‘z ichiga oladi. Kompaniyalar aylanma aktivla- 
rini doiraviy aylanishini quyidagicha ifodalash mumkin (6.1-rasm).
Ishlab chiqarish va 
*■ xomashyo zahiralari
Pul mablag1 lari 
Tayyor mahsulot
1------------------- 
Debitorlik qarzlari 
♦_________

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə