A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

m a b l a g *
larini tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilinishi bilan 
boradi.
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tayyor mahsulot tarki- 
bida jalb qilingan qiymat (buyumlashgan mehnat) va yangi yara­
tilgan qiymat - qo‘shimcha mahsulot bo‘ladi. M ablag‘lar doiraviy 
aylanishining uchinchi bosqichida qiymatning tovar shakli pul 
shakliga aylanadi va m ahsulot sotishdan tushgan tushum shakl- 
lantriladi. Doiraviy aylanishning bu bosqichida korxonalar bilan 
sotilgan mahsulotlar yuzasidan pul munosabatlari, shuningdek, fov- 
daning ishlatilishi va uning soliqqa tortilishi yuzasidan pul 
munosabatlari kelib chiqadi.
Korxonaning 
barqaror 
faoliyat ko*rsatishi 
va 
aylanma 
mablag‘lar harakati uzluksizligining ta’minlanishi uchun kapital 
doimo ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida birdaniga 
band bo ‘lishi va doimo qiymatning yuqorida aytib o ‘tilgan uch 
shaklida (pul, ishlab chiqarishva tovar) ham mavjud bo‘lishi shart. 
chunki bularning istalgan biri boim agan holda kapitalning 
individual doiraviy aylanishi to ‘xtab qoladi.
M ablag‘laming individual doiraviy aylanishi jarayonida kor­
xona pul mablag*lari kategoriyasiga xos bo‘lgan barcha funksiya- 
larni (qiymat o ‘lchovi, m uomala vositasi, to‘lov visitasi. jam g ‘arish) 
ham bajaradi.
Korxonaning n a b la g ‘lari aylanishi turli xo‘jalik operatsiyalari 
natijasida pul toSovlari am alga oshirilganligi sababli amalga 
oshiriladi. B u xc'jalik operatsiyalarining ularning iqtisodiy maz- 
m uniga qarab uch asosiy kategoriyaga: joriy; investitsion va 
moliyaviy faoliyac kategoriyalariga guruhlanishi mumkin. Bunday 
guruhlash har bir faoliyat turi bo ‘yicha alohida moliyaviy natijalarni 
hisoblab chiqarish imkonini beradi.
X o‘jalik y.iritishning bozor mexanizmlariga o ‘tilayotgan 
sharoitda pul irab lag ‘lari resurslar ichida miqdor jihatdan eng 
chegaralangan resurslar dan biri bo‘lib, korxonalar muvaffaqiyati 
ushbu resurslardan qanday darajada unumli foydalanilayotganligiga 
bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham pul mablag‘lari oqimi 
(harakati)ni rejalashtirish va nazorat qilish korxonalar uchun hal 
qiluvchi ahamiyatga ega.


«Pul oqimi» - inglizcha «Cash Flow» (naqd pul oqimi) -
koTsatkichiga mos keluvchi ko‘rsatkich bo‘lib, vaqtning u yoki bu 
davri mobaynida korxonadagi pul mab!ag‘lari harakatlarining 
natijalarini aks ettiradi. Pul harakatlari to‘g‘risidagi birinchi 
hisobotlar moliyaviy tahlilchilar tomonidan qimmatbaho qog‘ozlar 
bozorida foydalanish uchun foydalanilgan. Bu hisobotlar korxonalar 
aksiyalarini baholash va istiqbolli moliyaviy qo‘yilmalarni belgilash 
uchun juda qulay bo‘lgan, chunki pul mablag‘lari harakati natijalari 
foyda va ko‘rsatkichidan ko‘ra ahamiyatiiroq bo'lgan. Ko'pchilik 
hollarda korxonadi pul mablag‘larining bor yoki yo‘qligi uning 
foyda bilan ishlayotganligi yoki yo‘qligi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi, 
lekin bu bog‘liq!ik doimo aniq ko‘rinib turmaydi. Foyda ko‘rinish- 
clagi moliyaviy natija shunday buxgalteriya hisobi tamoyiliga ko‘ra 
aniqlanadiki, unga ko‘ra pul mablag‘larining harakati amalda 
bo‘lgan yoki bo‘lmaganligidan qat’iy nazar harajatlar va daromadlar 
qaysi davrda amalga oshirilgan bo'lsa, aynan o ‘sha davrdagi hisobot 
davri hisobiga yoziladi. Ba’zi bir harajatlarning va zahiralarning 
hisoblanishi (masalan amortizatsion ajratmalar, kelgusi davr 
to‘lovlari uchun zahiralar) mahsulot tannarxini orttirgan holda 
.imalda pul mablag‘lari ning to ‘lanishini taqozo etmaydi.
Korxonaning investitsion operafsiyalari foyda miqdorini 
aniqlashda faqatgina asosiy vositalami sotishdan ko‘rilgan moliya­
viy natija sifatida qisman hisobga olinadi, xolos. Moliyaviy operat­
siyalar (masalan: kreditlar va qarzlaming olinishi va qoplanishi
maqsadli moliyalashtirish) ham foyda miqdorini aniqlashda hisobga 
oi inmay di.
M a’lumotlarning tashqi iste’molchisi ushbu kamchiliklardar. 
holi bo‘lgan moliyaviy natija ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi uchun 
foyda ko ‘rsatgichga hisoblangan amortizatsiya miqdorini ham 
qo‘shib ko ‘rib chiqishlari mumkin.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə