A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


APR r=  ,  (13) bunda, APR — nominal-yillik foiz stavkasi; m —



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

APR
r= 

(13)
bunda, APR — nominal-yillik foiz stavkasi;
m —
bir yilda foiz hisoblashlar soni.
Pul to ‘lovlarining davrlari soni (
n
) quyidagicha hisoblanadi:
n = kxm, 
(14)
bunda, к —у illar soni.
U holda, (5) tenglamadan kelib chiqib:
APR
FV=PV( + ">')kxm 
(15)
Foizlar qanchalik ko‘p marotaba, tez-tez hisoblansa, yakuniy 
jam g ‘ariladigan summa shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda korxonalarda pul oqim- 
larining tarkibini o ‘rganish ularni kelgusidagi xajmi va miqdorini 
aniqlash korxona moliyaviy menejerlaridan ko‘plab nazariy va 
amaliy k o ‘nikmalarni talab qiladi. Korxonalarda istiqboldagi pul 
oqimlarini to‘g ‘ri aniqlash va hisoblash korxonaning moliyaviy bar- 
qarorligi va iqtisodiy mustaqilligini ta ’minlovchi muhim omil bo‘lib 
sanaladi.


2-§. Korxonalarda pul mablag‘lari oqimini bashoratlash 
va 
uning o‘ziga xos xususiyatlari
Korxonalarda pul oqimlarini bashorat qilishning yana bir 
muhim jihatlaridan biri korxonada pul mablag‘lari byudjetini ishlab 
chiqish va takomillashtirish bo‘lib hisoblanadi. Korxonalar faoli­
yatini bir m e’yorda tashkil etish va boshqarish uchun m a’lum mab- 
lag‘lar manbalarini shakllantirish hamda ularni korxonaning Nizom 
faoliyatidagi vazifalarni bajarish maqsadida tegishli. xarajatlar 
bo‘yicha yo ‘naltirish zarur bo‘ladi. Shu m a’noda korxona kundalik 
faoliyati va ehtiyojlarini moliyaviy ta ’minlash uchun uning pul 
mablag‘lari budjetini tuzish zaruriyati tug‘iladi. Pul m ablag‘lari 
budjetini tashkil etish korxonada pul mablag‘larini tashkil etish 
manbalarini, pul mablag‘larini investitsiyalash yo ‘nalishlarini ham­
da pul mablag‘larini k o ‘paytirish va foydalanish samaradoriigini 
oshirish yuzasidan tadbirlar yig ‘indisi bo‘lib, korxona moliyaviy 
xizmati oldidagi muhim masala hisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotda, ayniqsa, ingliz tilidagi adabiyotlarda 
«reja» va «budjet» tushunchalari o‘rtasidagi farq aniq izohlan- 
moqda. M azkur tushunchalaming talqin etilishi ayniqsa, Buyuk Bri- 
taniya, AQSh, Fransiya davlatlari kompaniyalari byudjetini tayyor- 
lash jarayonidagi xususiyatlar sharhida yorqin ifodalangan. G ’ar'b 
davlatlari mutaxassislarining ishlaridagi ushbu tushunchalar izohla- 
nishini tarjima qilingan iqtisodiy adabiyotlarda ham uchratish 
mumkin. Jumladan, B.Kolassning flkricha, rejalashtirishning uch 
turi farqlanadi: a) strategik; b) o ‘rta muddatli yoki operativ; v) qisqa 
muddatli yoki budjet orqali rejalashtirish.
«Reja» tushunchasi birmuncha keng ma’noda tushuniladi va 
tegishli maqsadlarga erishishga qaratilgan harakatlar va tadbirlar- 
ning keng ko‘lamini ifodalaydi. «Budjet» - birmuncha «tor» m a’no- 
dagi tushuncha bo‘lib, harakatlar va tadbirlar rejasining miqdoriy, 
qiymatdagi ifodasi hisoblanadi. Shuni alohida ta ’kidlash lozimki, 
bizning sharoitda hanuzgacha «budjet» tushunchasini maxsus tarzda 
ma lum subyekt daromadlari va xarajatlarini tegishli muddatdagi 
smetasi sifatida tushunish ustunlik qilib kelmoqda.
Iqtisodiyotni inodemizatsiyalash sharoitida korxona moliyaviy 
muvaffaqiyatining muhim garovi sifatida pul oqimlarini boshqarish-
104


ning ilmiy asoslangan usullaridan samarali foydalanish maydonga 
chiqadi. Mazkur tnuammoni chuqurroq yoritish quyidagi masa- 
lalarni ко‘rib chiqishni talab etadi:
- korxona pul mablag‘lari aylanishining tarkibi va qonu- 
niyatlarini o ‘rganish;
- korxonaning pul mablag‘lari aylanishini boshqarish tizimini 
o‘rganish;
- pul oqimlari mohiyati, turlari va baholash usullarini 
o'rganish;
- korxona pul oqimlarini hisoblashning bevosita va bilvosita 
usullarini yoritish va h.
Ushbu masalalarni yanada aniq tarzda ко‘rib chiqamiz.
Korxona pul mablag‘lari aylanishining tarkibi.
Korxona kapitalining individual doiraviy aylanishi jarayo- 
nidagi pul massasining real harakati uning pul oqimini tashkil qiladi. 
Pul-tovar munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish moddiy omilla- 
rining individual doiraviy aylanishi korxona omboriga moddiy 
qiymatliklami kirim qilinishidan boshlanadi va tayyor mahsulotni 
sotilishi bilan yakunlanadi. Ushbu jarayonda pul mablag‘lari 
harakati ham bevosita ishtirok etadi. Kapitalning doiraviy aylanishi 
ishlab chiqarish vositalarini sotib olish uchun pul mablag'larini 
to‘lanishidan boshlanadi. Mehnat haqi to‘lash uchun pul mab- 
lag‘larining jalb qilinishi ishlab chiqarishning bosh omili sifatida 
uning har qanday ijtimoiy shaklida alohida o ‘rin egallaydi. Pul 
mablag‘lari doiraviy aylanishining birinchi bosqichida sarflanmaydi, 
balki faqat avanslanadi va keyinchalik mahsulot sotishdan tushgan 
tushum hisobidan qoplanadi. Qiymatning shakl o‘zgarishi yuz 
beradi - qiymatning bir qismi pul shaklidan tovar shakliga aylanadi. 
Pul mablag‘larining yana bir qismi xodimlar mehnat haqini to‘lash 
uchun avanslanadi va xodimlar ixtiyoriga o‘tgandan so‘ng iste'rnol 
vositalarini (hayotiy zarur vositalar jam g‘armasini) hosil qiladi.
Doiraviy aylanishning ikkinchi bosqichida ya’ni ishlab chiqa­
rish jarayonida moddiy boyliklami yaratish uchunishlab chiqarish 
kuchlari tomonidan ishlab chiqarish vositalarining unumli iste’moli 
amalga oshiriladi. Bu bosqichda qiymat shakllarining o ‘zgartirilishi 
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun' pul



Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə