A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Amaliyotchi-talabaning malakaviy pedagogik amaliyotni o‘tash bo‘yicha huquq va majburiyatlari hamda Malakaviy pedagogik amaliyotni o‘tash bosqichlari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə86/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
ТТМ МАЖМУА 2022

3.Amaliyotchi-talabaning malakaviy pedagogik amaliyotni o‘tash bo‘yicha huquq va majburiyatlari hamda Malakaviy pedagogik amaliyotni o‘tash bosqichlari.
Amaliyotchi-talaba xuquqlari:
-MPAni o‘tash joyi, reja-jadvali, dasturi va tartibi bilan oldindan tanishishi;
-MPAni o‘tkazish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishi; MPAni o‘tash yuzasidan zarur ma’lumotlar, yo‘riqnomalar olishi;
-MPA bo‘yicha uslubiy matyeriallar bilan tanishish hamda amaliyot rahbarlaridan yo‘l-yo‘riqlar olish.
Amaliyotchi-talaba majburiyatlari:
-MPA reja-jadvali va dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to‘liq hajmda va sifatli bajarish;
-MPA davrida “Amaliyotchi portfoliosi”ni o‘rnatilgan tartibda yuritishi va tegishli ma’lumotlar kiritib borishi;
-MPAni o‘tash joyiga o‘z vaqtida etib kelish hamda kelish-ketish vaqtiga qat’iy rioya etishi;
-OTM va qabul qiluvchi muassasa rahbarining (mas’ul qilib tayinlangan amaliyot rahbarlarining) dasturda ko‘zda tutilgan ishlarga oid barcha topshiriqlarini bajarishi;
-malakaviy pedagogik amaliyotni o‘tash uchun borib kelish xarajatlari amaliyotchi-talabaning o‘zi tomonidan qoplanadi;
-hisobotga tegishli hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishi;
-qabul qiluvchi muassasa xodimlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatlari yuklatiladi.
Amaliyotchi-talaba MPAni o‘tagandan so‘ng qabul qiluvchi muassasa rahbari ishtirokida amaliyot bo‘yicha hisobotni belgilangan muddatda himoya qiladi va o‘rnatilgan tartibda baholanadi.
Malakaviy pedagogik amaliyotni o‘tash bosqichlari
MPA uch bosqichda tashkil etiladi:
tayyorlov bosqichi - asosiy bosqich - yakuniy bosqich.
-tayyorlov bosqichida MPAni o‘tashga ketishdan oldin OTMda fakultet dekani, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va amaliyotchi-talabalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkaziladi. Yig‘ilishda amaliyotchi-talabalar MPA reja- jadvali va dasturi bilan tanishadi, uning maqsadi, vazifalari va mazmuniga taalluqli ko‘rsatmalar hamda me’yoriy hujjatlarni oladi, amaliyotchi-talaba tomonidan bajariladigan ishlar va ularni MPA kundaligida qayd etib borish tartiblari bilan tanishtiriladi. MPAni o‘tash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadi.
Amaliyotchi-talabalar qabul qiluvchi muassasaga etib borgandan so‘ng MPAni o‘tashning dastlabki kunlarida qabul qiluvchi muassasaning tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari, o‘ziga xosligi bilan tanishadilar.
-asosiy bosqichida amaliyotchi-talaba MPA reja-jadvali va dasturida ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni bevosita qabul qiluvchi muassasada bajaradi.
-yakuniy bosqichida talabalar tomonidan MPA dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlanib belgilangan muddatda himoyasi o‘tkaziladi, amaliyotni o‘tash jarayonida bajarilgan ishlarning natijalari tahlil qilinadi va baholanadi.
Malakaviy pedagogik amaliyotni yakunlash
MPA yakunida amaliyotchi-talaba yozma ravishda MPA dasturi bo‘yicha tayyorlagan hisobotni hamda uni qabul qiluvchi muassasa rahbari tomonidan imzolangan kundaligi, hisoboti bilan birga amaliyotdagi faoliyati bo‘yicha olgan bahosi rasmiylashtirilgan qaydnomani asl nusxasini OTM dekaniga belgilangan muddatda topshiradi.
Amaliyotchi-talabaning MPAni baholash jarayoni uni qabul qiluvchi muassasa rahbari tomonidan o‘tkaziladi va fakultet dekani, tegishli kafedra mudiri, malakaviy amaliyot va hamkorlik bo‘limi vakili ishtirokida “Amaliyotchi portfoliosi” bilan muvofiqlashtiriladi.
MPA natijasi bo‘yicha baho talabaning kursdan kursga o‘tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi.
MPA o‘quv dasturida belgilangan tartibda baholanadi.
MPA davrida amaliyotchi-talabaning amaliyot dasturida belgilangan vazifalarni bajarishi “Amaliyotchi portfoliosi”da joriy baho (ball) sifatida belgilab boriladi va ushbu baholar hisobot himoyasi bo‘yicha baholanishida inobatga olinadi.
MPA yakuni OTMning tegishli fakultet kengashida muhokama qilinadi va zarur hollarda qabul qiluvchi muassasalarning vakillari ishtirok etishi mumkin.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə