A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə85/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish
Pedagogik amaliyot OTMning qabul qiluvchi muassasalar bilan belgilangan tartibda tuzilgan uch tomonlama namunaviy shartnomalari asosida tashkil qilinadi (1-ilovaga muvofiq).
OTM, amaliyotchi-talaba va qabul qiluvchi muassasa pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha namunaviy shartnomada:
-shartnoma predmeti;
-taraflarning huquq va majburiyatlari;
- amaliyotchi-talabani qabul qiluvchi muassasaning ish faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda MPAni tashkil etish tartibini;
-shartnomaning amal qilish muddatini;
-shartnomani bekor qilish asoslarini;
-shuningdek taraflarning javobgarligini kelishib oladi.
MPAni tashkil etishga mas’ul OTM va uni o‘tkazish uchun mas’ul qabul qiluvchi muassasa zimmasiga yuklatiladi.
Xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim hududiy boshqarmalariga OTMlar bilan hamkorlikda amaliyotchi talaba(lar)ni MPA o‘tashi, ish bilan ta’minlanishi bo‘yicha doimiy ravishda monitoring yuritish va tegishli vazirliklarga ma’lumot taqdim etib borish vazifasi yuklatiladi.
Amaliyotchi-talabaning MPA reja-jadvali va dasturlarini to‘liq bajarilishiga qabul qiluvchi muassasa rahbari javobgar hisoblanadi.
Amaliyotchi-talabalar va MPA uchun mas’ul xodimlarning faoliyati MPA dasturiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Amaliyotchi-talabalar MPA dasturi bo‘yicha “Amaliyotchi portfoliosi”ni muntazam yuritib borishi lozim.
MPA dasturi ta’lim yo‘nalishining malaka talablariga va ishchi o‘quv rejadagi fanlar mazmuniga mos kelishi, ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos hususiyatlarini, shuningdek fan va ishlab chiqarishning so‘nggi yutuqlarini inobatga olishi kyerak.
MPA dasturi quyidagi asosiy bo‘limlardan tarkib topadi: MPAning maqsad va vazifalari, amaliyot mazmuni, reja-jadvali, amaliyotchi-talaba faoliyatini baholash mezoni, amaliyot bo‘yicha hisobotga talablar.
Bundan tashqari, MPA dasturiga amaliyotni o‘tashga doir uslubiy ko‘rsatmalar (tavsiyalar), foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar, o‘qish davrida olingan bilimlarning mustahkamlanishiga xizmat qiluvchi tegishli matyeriallar va hujjatlar haqidagi bo‘limlar ham kiritilishi mumkin.
MPAni tashkil etish oldidan amaliyotni muddati, o‘tash joyi, tashkil etish va uni o‘tkazishni nazorat qilish yuklatilgan mas’ul shaxslar ko‘rsatilgan OTM rektorining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.
OTM tomonidan belgilanadigan mas’ul bo‘linma MPAni tashkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minlash hamda o‘tashni muvofiqlashtirish ishlarini mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudiri, fakultet dekani hamda qabul qiluvchi muassasa rahbari bilan birgalikda amalga oshiradi.
OTM tomonidan amaliyotchi talabalarning o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha doimiy yashash hududidagi ta’lim muassasalarida shartnoma asosida pedagogik faoliyatini davom ettirayotgan bitiruvchilarga mutaxassis chiqaruvchi kafedralar tomonidan uslubiy yordam ko‘rsatish monitoringi joriy etiladi.
Amaliyotchi-talaba, OTM va qabul qiluvchi muassasa o‘rtasidagi uch tomonlama shartnomalar asosida amaliyotchi-talaba MPAni xorijiy davlatlar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida o‘tashi mumkin.
2.Malakaviy pedagogik amaliyotga rahbarlik qilish
Fakultet dekanati:
-bitiruvchi talabani OTMni tugatgandan keyin ish bilan ta’minlash bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolagan qabul qiluvchi muassasada MPA tashkil qilish hamda amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin pedagogik amaliyot reja-jadvali va dasturini tasdiqlash uchun OTM Uslubiy kengashiga taqdim etish;
-har bir ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha MPA buyruqlari loyihalarini shakllantirish;
-MPAni o‘tkazuvchi qabul qiluvchi muassasalarni amaliyotchi-talaba(lar)ning amaliyotni o‘tash to‘g‘risida buyruq bilan xabardor qilish;
-amaliyotchi-talabaga pedagogik amaliyot hujjatlari majmuasini nashr qilish ishlarini tashkil etish va ta’minlash;
-qabul qiluvchi muassasalarda pedagogik amaliyot reja-jadvali va dasturi bajarilishini, amaliyotchi-talabaning baholanishini amaliyot dasturiga muvofiq nazorat qilish;
-amaliyotchi-talabaning pedagogik amaliyotda ishtirok etganligi amaliyot o‘tash bo‘yicha OTM buyrug‘i, talabaning MPA kundaligi va portfoliosi, hisoboti va amaliyot uchun baho qo‘yilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlash;
-amaliyotchi-talaba MPAni o‘tash uchun o‘z vaqtida etib borishi va qaytib kelishi davrida baxtsiz hodisaga uchragan holatlar bo‘yicha javobgarlik masalalarini qonun hujjatlari asosida ko‘rib chiqish;
-mas’ul bo‘linma tomonidan OTM Kengashida MPAlar o‘tkazilganligi haqida semestr yakunida hisobot byerib borish.
Amaliyotchi talabani MPA o‘tashga qabul qiluvchi muassasa xuquq va majburiyatlari.
qabul qiluvchi muassasa xuquqlari:
-MPAni dasturi va tartibi, buyruqlari bilan oldindan tanishishi; MPAni o‘tkazish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishi; MPAni o‘tash yuzasidan zarur ma’lumotlar olishi;
-MPA bo‘yicha uslubiy matyeriallar bilan tanishish. qabul qiluvchi muassasa majburiyatlari:
-MPAni yuqori saviyada o‘tash uchun sharoit yaratish;
-amaliyotchi talabaga etarli tajribaga ega pedagog xodim hamda muassasa psixologini ustoz-shogird tizimida biriktirish bo‘yicha muassasaning buyrug‘ini rasmiylashtirish;
-amaliyotchi-talabaning MPA o‘tash joyiga etib kelishi, amaliyot o‘tashi va amaliyot yakuni bo‘yicha xududiy boshqarma hamda OTMga ma’lumotlar taqdim etish;
-ta’lim yo‘nalishiga mas’ul fakultet dekani bilan talabaning MPAni o‘tashi holati bo‘yicha muntazam ravishda aloqada bo‘lish;
-MPA muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek pedagogik amaliyot reja-jadvali va dasturi bajarilishini hamda pedagogik amaliyot kundaligi har kunlik to‘ldirilishini nazoratini olib borish, uslubiy yordam ko‘rsatish, zarur hollarda, OTM vakillarini talabaning pedagogik amaliyot o‘tash joylariga taklif qilish;
-amaliyotchi-talabaning MPA hisobotini yozishi bo‘yicha zarur ko‘rsatma va tavsiyalar byerish;
-amaliyotchi-talaba(lar)ning MPA yakunida kasbiy layoqati ob’ektiv baholanishini va hisobot himoyasini tashkil qilish;
-MPA yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda amaliyot hisobotlari, baholash qaydnomalarini, ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari hamda mazmunini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni OTM rahbariyatiga taqdim etish;
-amaliyotchi-talaba MPAni o‘tash davrida amaliyot o‘tash joyida baxtsiz hodisaga uchragan holatlar bo‘yicha javobgarlik masalalarini qonun hujjatlari asosida ko‘rib chiqish.
Qabul qiluvchi muassasa rahbari amaliyotchi-talaba ta’lim olayotgan yo‘nalishi bo‘yicha bo‘sh ish joylari mavjud bo‘lgan taqdirda, o‘qishni bitirgandan so‘ng to‘liq ish bilan ta’minlaydi.
Qabul qiluvchi muassasadan MPA rahbari amaliyotchi-talabaga MPA dasturi bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalarni bajarish topshirig‘ini byerishi taqiqlanadi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə