A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Amaliyotni tashkil qilish tartibi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə84/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Amaliyotni tashkil qilish tartibi.
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 5 martdagi “Pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurs talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotlarini doimiy yashash xududlarida o‘tashlarini tashkil etish to‘g‘risida” gi 10-q/q-13-4-son qo‘shma qarori asosida O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklariningi xamkorligida ishlab chiqilgan ”Pedagogika ta’lim sohasi bitiruvchilarining malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etish” bo‘yicha muvakkat Nizom tasdiklandi. Unga asosan 2018/2019 o‘quv yilida Korakalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotlarini xududiy boshqarmalar bilan xamkorlikda ularni doimiy yashash xududida joylashgan O‘rta maxsus, umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalarida sinov-tajriba asosida o‘tkazishlari amalga oshirila boshlandi.
Malakaviy pedagogik amaliyotlarning samarali amalga oshirilishi uchun qaror asosida Pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida har o‘quv yilida:
-malakaviy pedagogik amaliyot boshlanishidan oldin bitiruvchi kurs talabalarini o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy yashash xududlaridagi ta’lim muassasalarida malakaviy pedagogik amaliyot o‘tashlarini amalga oshirishga doir shartnoma va buyruklarni tayyorlash, ish yuritish jujjatlarini shakllantirish bo‘yicha turdosh oliy ta’lim muassasalari (o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, o‘quv uslubiy bo‘lim (boshkarma) boshligi, turdosh kafedra mudirlari) bilan kengaytirilgan seminar tashkil etiladi;
- malakaviy pedagogik amaliyot davrida amaliyotchi talabalarning malakaviy pedagogik amaliyot dasturi bajarilishining doimiy nazoratini olib borish maksadida ”Amaliyotchi elektron portfolio monitoring tizimi”ni ishlab chiqilib, u amaliyotga joriy etiladi;
- malakaviy pedagogik amaliyot tugagandan keyin malakaviy pedagogik amaliyot natijalarini tahlil qilish asosida o‘quv-me’yoriy jujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taklif va tavsiyalar byeriladi.
Pedagogika ta’lim sohasi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risida muvaqqat nizom asosida:
1.Oliy ta’lim muassasalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xududiy boshqarmalari hamkorligida MPA samaradorligi va sifatini oshirish uchun 2-kursdan boshlab ta’lim yo‘nalishlari mutaxassislik fanlaridan amaliy mashg‘ulotlarni o‘quv dasturlariga muvofiq uzluksiz ta’lim muassasalarida tashkil etish yo‘lga qo‘yiladi.
2.OTM bilan talabalar MPAni o‘tkazish bo‘yicha tegishli qabul qiluvchi tashkilot o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomada bitiruvchini ish bilan ta’minlanishi to‘g‘risida bandlar kiritiladi.
3.Ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejasida MPAni o‘tash davri qabul qiluvchi tashkilotning faoliyat yuritayotgan davriga, hususan MPA ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayoni olib borilayotgan davrga mos holda qo‘yilishi lozim.
4.Amaliyotchi talabaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2003 yil 9 fevraldagi 9-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan 2003 yil 22 fevral kuni o‘tkazilgan 1222-son) “Oliy ta’lim to‘g‘risda”gi Nizomi, shuningdek oliy ta’lim muassasasining Ustavi, Ichki tartib, Odob-axloq qoidalariga muvofiq xayfsan va talabalar safidan chetlashtirish choralari ko‘riladi.
MPA dasturini belgilangan muddatlarda o‘zlashtirmagan va qoniqarsiz baho olgan talaba(lar) akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalar, shuningdek, MPAni uzrli sabablarga ko‘ra o‘tay olmagan talabalar akademik qarzdorlikni qonunlarda belgilangan muddatda bartaraf etish huquqiga ega.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə