A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


- Mavzu. Pedagogik amaliyotga qо‘yiladigan metodik talablar



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə83/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
ТТМ МАЖМУА 2022

15- Mavzu. Pedagogik amaliyotga qо‘yiladigan metodik talablar.
Reja:
1.Pedagogik amaliyotning maqsadi va vazifalari.
2.Pedagogik amaliyot mazmuni va uni tashkil etish.
3. Pedagogik amaliyot jarayonida tayyorlanadigan hujjatlar.
1.Pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari, amaliyotni tashkil qilish tartibi.
Malakaviy pedagogic amaliyotning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Har bir talabaning pedagogik faoliyatga ongli, qiziquvchanlik bilan qatnashishini shakllantirish, pedagogik kasbga muhabbat hissi bilan qarash, hurmatini rivojlantirish va mustahkamlash ijtimoiy, maxsus, pedagogik va psixologik fanlarni chuqur o’rganishga yordam berish.
2.Bo’lajak o’qituvchining yangi jamiyat talablariga, shuningdek, mutaxassisning shaxsiy xususiyatlariga javob beradigan kasbiy mahoratlarini egallashiga yordam berish.
3.Talaba tomonidan institut auditoriyasida egallangan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, ularni o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv-tarbiya ishlar jarayonida mohirona foydalanishga o’rgatish.
4.Talabalarni o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv-tarbiya ishlarini nazorat qilish va tanlash uquvi bilan qurollantirish.
5.Talabalarni o’quv-tarbiya korxonalaridagi ta`lim-tarbiya ishlarining hozirgi davrdagi holatlari, yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirish va o’rgatish.
6.Talabalarni psixologiya, pedagogika, bolalar va yosh o’smirlar fiziologiyasi fanlaridan egallagan bilimlari asosida, mustaqil o’zbekiston Respublikasi xalqlarining milliy-madaniy dasturlaridan foydalanib mashg`ulotlar tashkil qilishga o’rgatish.
7.Talabalarni o’quvchilarning bilim faoliyatini jadallashtiruvchi har xil usul va metodlarni ko’rgazmali texnik vositalarni, an`anaviy va noan`anaviy dars va tarbiya turlarini foydalanishga jalb qilish.
8.Bo’lajak o’qituvchilarni sinf rahbari faoliyatini bajarishga har tomonlama tayyorlash.
9.O’quvchilarning shaxsiy va yosh xususiyatlarini, shakllanish va bilim darajasini o’rganish maqsadida talabalarning ular bilan o’zaro munosabatini tashkil qilish.
10.Talabalarni ilg`or zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’rganishga jalb qilish, ularda pedagogik izlanuvchanlikka bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, kurs va diplom ishlarini bajarishga yordam berish.
11.Talabalarni pedagogik faoliyatga ijodiy va izlanuvchanlik bilan yondashishga, o’z faoliyatini tanqidiy baholashga, mustaqil bilim olishga bo’lgan talabchanlikni shakllantirish.
12.Talaba-amaliyotchilarni xalq pedagogikasining bebaho durdonalaridan mohirona foydalanishga o’rgatish. Ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida, milliy maktabda milliy tarbiyani muvaffaqiyotli olib borishga o’rgatish.
13.Bo’lajak o’qituvchilarni o’qitish ishlarini uyushtirishda o’quvchilarga dunyo va davlat ta`limi me`yorlari talablari darajasida bilim berishga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə