A. I. Oparin fikriga ko‘ra, oqsil molekulalari kolloid birikmalarni hosil qilgan. Bu birikmalar suvdan ajralib turadigan koatservat tomchilari (koatservatlar)ni hosil qiladi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə9/30
tarix29.04.2022
ölçüsü9,27 Mb.
#86128
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
imtixon javoblari 10 sinf

12-BILET

  1. Moddalar almashinuvining hujayradagi ahamiyatini tushuntiring.

Moddalar almashinuvining hujayradagi muhim funksiyalaridan biri hujayrani qurilish materiali bilan ta’minlashdir. Moddalar almashinuvi jarayonida tirik organizm hujayralari hayot faoliyatining doimiyligi, ya’ni gomeostazni saqlash uchun hujayra strukturalari bo‘lgan membranalar va organoidlar tarkibiga kiradigan oqsillar, lipidlar, uglevodlarni sintezlaydi.Hujayraning tuzilishi hamda tarkibining yangilanib turishini ta’minlaydigan biosintetik reaksiyalar yig‘indisi plastik almashinuv (assimilatsiya, anabolizm) deb ataladi.Moddalar almashinuvining hujayradagi yana bir muhim funksiyasi hujayrani energiya bilan ta’minlashdir. Organizm hayot faoliyatining har qanday ko‘rinishi, ya’ni harakatlanish, ta’sirlanish, oziqlanish, to‘qima va organlar faoliyati, tana haroratining doimiyligini saqlash energiya sarflashni talab etadi. Hujayrani energiya bilan ta’minlash uchun organik moddalarning parchalanishi va kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Hujayrani energiya bilan ta’minlab beradigan reaksiyalar yig‘indisi energetik almashinuv (dissimilatsiya, katabolizm) deb ataladi. Hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni ta’minlovchi plastic va energetik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi metabolizm, metabolism mahsulotlari esa metabolitlar deyiladi.

Plastik almashinuv bilan energiya almashinuvi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Plastik almashinuv reaksiyalari uchun zarur energiya manbayi ATF energetik almashinuv reaksiyalarida hosil bo‘ladi. Energetik almashinuv reaksiyalarining yuzaga chiqishi uchun zarur fermentlar plastik almashinuv reaksiyalarida sintezlanadi. Plastik va energiya almashinuvlar orqali hujayra tashqi muhit bilan bog‘lanadi. Bu jarayonlar hujayra hayoti davom etishining asosiy sharti, uning o‘sishi, rivojlanishi va funksiyalarini yuzaga chiqarish manbayidir.



  1. Plastik almashinuv bilan energiya almashinuvi bir-biri bilan bog‘liqligini izohlang.

Moddalar almashinuvining hujayradagi yana bir muhim funksiyasi hujayrani energiya bilan ta’minlashdir. Organizm hayot faoliyatining har qanday ko‘rinishi, ya’ni harakatlanish, ta’sirlanish, oziqlanish, to‘qima va organlar faoliyati, tana haroratining doimiyligini saqlash energiya sarflashni talab etadi. Hujayrani energiya bilan ta’minlash uchun organik moddalarning parchalanishi va kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Hujayrani energiya bilan ta’minlab beradigan reaksiyalar yig‘indisi energetik almashinuv (dissimilatsiya, katabolizm) deb ataladi.Hujayra hayot faoliyatining doimiyligini saqlashni ta’minlovchi plastic va energetik almashinuv reaksiyalari yig‘indisi metabolizm, metabolism mahsulotlari esa metabolitlar deyiladiEnergetik almashinuv – dissimilatsiya. ATF barcha hujayralarning universal energiya zaxirasi bo‘lib hisoblanadi. ATF hujayrada fosforlanish reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladi.

ADF + H2PO4+ 40 kJ = ATF +H2O

ATFning sintezi uchun kerak bo‘ladigan energiya hujayrada organic moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi. Bu energiya ATFning kimyoviy bog‘larida saqlanadi. Tirik organizm hujayralari hayot faoliyatining doimiyligini saqlash uchun hujayra tuzilmalari bo‘lgan membranalar va organoidlar tarkibiga kiradigan oqsillar, lipidlar, uglevodlar moddalar almashinuvi jarayonida to‘xtovsiz sintezlanadi. Hujayra kimyoviy tarkibi va tuzilishining yangilanib turishini ta’minlaydigan biosintetik reaksiyalar yig‘indisi plastik almashinuv (assimilatsiya, anabolizm) deb ataladi. Organizmlar energiya va uglerodning qanday manbayidan foydalanishiga ko‘ra avtotrofl ar va geterotrofl arga bo‘linadi. Anorganik moddalardan organic moddalarni sintezlashda anorganik uglerod manbayidan foydalanadigan organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi. Organik moddalarni sintezlashda yorug‘lik energiyasidan foydalanadigan avtotrof organizmlar fototroflar, kimyoviy reaksiyalar energiyasidan foydalanadigan organizmlar xemotroflardir.


  1. Bir zanjirda GTCATGGATAGTCCTAAT nukleotidlar ketma-ketligi bo‘lgan DNK molekulasidagi vodorod bog‘lar sonini aniqlang.

Ishlanishi: DNK zanjiri qo’sh bog’

Bitta zanzirdagi A-T va G-T lar sonini topiladi:

1) A-T lar 5 ta; G-S lar ham 5 ta A va T o’rtasida 2 ta hamda G va S o’rtasida 3 ta vodorod bog’ bor

2) (5*2)+(5*3)=25

3) 25*2=50

Javob: vodorod bog‘lar sonini 50 ta




Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə