A qodiriy nomidagi


Transkripsiyaning initsiatsiyasi



Yüklə 436,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/37
tarix31.12.2021
ölçüsü436,67 Kb.
#81458
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
nuklein kislotalar mavzusini oqitilishini yapt lari(1)

 

Transkripsiyaning initsiatsiyasi 

 

Prokariot organizmlarda transkripsiyaning faoliyati RNK-polimerazadagi bir 



subbirlikning DNK molekulasidagi promotor deb ataladigan qismiga 

bog`lanishidan boshlanadi. DNK ning bu fragmenti informativ bo`lmasdan, faqat 

ferment bilan bog`lanish uchun xizmat qiladi. Fermentning bog`langan qismidan 

transkripsiya boshlanadi. DNK ning promotorida ikkita element bo`lib, ular RNK-

polimeraza fermenti bilan  o`zaro aloqada bo`ladi, ferment DNK kompleksini 

mustahkamlaydi. 

 

DNK ning RNK polimeraza bilan bog`langan qismlarini diskriminatorlar 



deyilib, ular transkripsiya jarayonini tezlashtirishda ishtirok etishi aniqlangan. 

Ferment ta'sirida DNK molekulasi ikkiga  ajralganidan boshlab transkripsiya 

boshlanadi. Bunday transkripsiya jarayoni prokariotlarda bo`lib, eukariotlarda 



49 

 

shunga o`xshash bo`lsa ham ularning promotor qismida farqlar borligi aniqlangan. 



Eukariot va prokariot organizmlardagi DNK promotorlarining nukleotid qatorlari 

bir-birlaridan farqlanadi.  

 

Eukariot promotorining uzoqroq qismini enxanseralar deb atalib, ular 



transkripsiya jarayonini boshqaradi. Transkripsiyaning birinchi nukleotidi 5

/

-



tomonidan modifikatsiyaga (guanin metillanadi) uchrab, bu jarayonni kepirlanish 

deyiladi.  Shuning uchun transkripsiyadagi birinchi nukleotidni genlarning 

boshlang`ich nuqtasi yoki KEP -  sayti deyiladi. Informatsiya RNKning oxirgi 

nukleotid qatori (AATAAA) transkripsiya jarayonini to`xtalishida asosiy belgi 

sifatida xizmat qiladi.  

 

Eukariot organizmlarda promotor, RNK -  polimeraza kompleksi o`z 



faoliyatida maxsus tashabbuskor oqsillar ishtirok etadi. Ularni umumiy 

transkripsiya omillari deyiladi. 




Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə