A qodiriy nomidagi



Yüklə 436,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/37
tarix31.12.2021
ölçüsü436,67 Kb.
#81458
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
nuklein kislotalar mavzusini oqitilishini yapt lari(1)

RNK ning protsessingi 

 

Matritsadan ajralib yangi sintezlangan transkriptlar posttranskripsion 



protsessing  deb ataluvchi o`zgarishga yuz tutadi. Transport RNK va  r-RNK 

molekulalarining boshlang`ich protsessingida ekzonukleaza fermentlaridan 




51 

 

saqlanish uchun ular metillanadilar. Eukariot organizmlarda hosil bo`lgan matritsa 



yoki i-RNK lar murakkab protssesinglar jarayonida shakllanadi.  

 

Boshlanishida i-RNK oxiridan  15 nukleotid ajralib, poliadenilat-polimeraza 



fermenti ishtirokida poliadenil nukleotidlari (poli A) sintezlanadi. RNK-polimeraza 

II 5


/

 tomonga 7-metil guanozinni ulab KEP ni shakllantiradi. Bunday i-RNK ning 

modifikatsiyasi ekzonukleaza fermentlarining ta'siridan saqlanishga qaratilgan 

bo`lsa, qo`shimcha yana i-RNK ni sitoplazmaga chiqarishga va ribosoma bilan 

bog`lanishiga yordam beradi. Informatsiya RNK ning poli A qismi yangi 

sintezlangan transkriptlarni stabil holatga keltiradi. 

 

Yadroda sintezlangan RNK ni ko`p qismi ma'nosiz bo`lib, ularni intronlar 



deyilib, i-RNKning shakllanishida mazkur bo`limlar ajratiladi. Matritsali RNK 

translyatsiyada ishtirok etuvchi ma'noli qismini esa ekzonlar deb ataladi. Yangi 

sintezlangan i-RNK dagi intronlarni ajratilishi va ekzonlarning ulanish jarayonini 

splaysing deyiladi. Splaysing jarayonini amalga oshiruvchi omillar sifatida 

yadroviy RNK lar xizmat qiladi va ular fermentativ xususiyatga ega. Ular 

ribozimlar deyiladi. Ularning oxirgi yopishqoq qismlari bo`lib, intronlar bilan 

komplementar holda bo`ladilar. 

 

Kichik molekulali, yadroviy RNKlar maxsus oqsillar bilan kompleks holda 



bo`lib, bularni splaysosomalar deb ataladi. Xuddi shu kompleks i-RNK 

molekulasidagi intronlarni qirqib, ekzonlarni ulashda ishtirok etadi. Ekzonlarni bir-

birlari bilan ulashni RNK-ligaza fermentlari bajaradi. Ular splaysosoma tarkibida 

bo`ladi.  

 

Mazkur muammoning hal qilinishi quyidagi ikkita muhim ilmiy kashfiyotga 



sababchi bo`ldi: 

  

●  ribozimlar splaysosoma tarkibidagi oqsillarning yordamisiz o`zlari 



mustaqil ravishda intronlarni qirqish xususiyatiga ega. Demak, ular katalitik- 

fermentativ xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi. Ularning bunday unikal xossasi

fermentlar haqidagi ma'lumotlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Chunki biz 

biologik kataliz faqat oqsil-ferment orqali amalga oshadi degan g`oyaga asoslanar 

edik. 



52 

 

 



● birlamchi transkriptda bir necha i-RNK haqida axborot bo`lsa, tabiiy bir 

qancha splaysing va turli xil shakllanadigan i-RNK variantlari bo`lishi  mumkin. 

Bunday splaysinglar alternativ deb atalib, ular transkripsiyani regulyatsiyasida 

katta ahamiyat kasb etadi. 

 

●  protsessing nihoyasiga yetib, shakllangan i-RNK  sitoplazmaga maxsus 



oqsil-informoferlar orqali ko`chiriladi. 

 


Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə