A qodiriy nomidagi



Yüklə 436,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/37
tarix31.12.2021
ölçüsü436,67 Kb.
#81458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
nuklein kislotalar mavzusini oqitilishini yapt lari(1)

 

 


 

 



I BOB



TA’LIM YO’G’RISIDAGI QONUN VA    KADRLAR 



TAYYORLASH MILLIY DASTURI

 

1.1. Yangi pedagogik texnologiyalarning umumiy tavsifi. 

O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi 

bosqichi ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan 

ta’minlash, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish

o’quv tarbiya jarayonini sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik 

texnologiyalar bilan ta’minlash kabi qator vazifalarni amalga oshirishni ko’zda 

tutadi.  

 Ushbu vazifalarni amalga oshirish har bir ta’lim muassasasining shu 

jumladan, pedagogika oliy o’quv yurtlarining bevosita vazifasi sanaladi. Ta’lim-

tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo’llash uchun 

biologiya o’qituvchilari maxsus metodik bilim va ko’nikmalarni egallashlari, 

pedagogik amaliyotlarda zarur bo’ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo’lishlari 

lozim. 


Pedagogik texnologiya atamasiga shu muammo bo’yicha izlangan har bir 

olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga 

to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflarning ichida eng maqsadga 

muvofig’i YuNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi. 

Pedagogik texnologiya – o’qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida 

o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni 

qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar 

majmuasidir. 

Jonajon respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’limning to’la mustaqillgini 

ta’minlash va milliylashtirish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. 

Prezidentimiz I. Karimovning  tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasining 

«Ta’lim to`g`risidagi» Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»   qabul qilindi. 

Ularga asoslanib respublika xalq ta’limi vaziri J.Yuldoshev rahbarligida va 

ishtirokida umumiy o`rta ta’lim davlat  ta’lim standarti,  har bir o`quv fani  




 

bo`yicha yangi  o`quv dasturlari,  o`quvchilarning bilim darajalarni  nazorat  



qilishning  reyting  usuli  ishlab chiqildi  va  tajriba  sharoitida   o`tkazilib  hayotga 

tatbiq  etildi. Hozirgi  vaqtda   ana  shu dasturlarga asoslanib yangi darsliklar  

o`quv  metodik  qo`llanmalar  yaratilmoqda.  Bu ishlarning barchasining  zaminida  

ta’limni  o`tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlardan  to`la  xalos  etish,  

rivojlangan  demokratik davlat darajasida  yuqori  ma’naviy,  axloqiy  talablarga  

javob  beruvchi  kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish, ular sifatini oshirish

ta’lim dasturlari, darsliklar,  o`quv  metodik majmularining yangi mazmun bilan 

boyitish, muhim rag`batlantiruvchi omillar asosida  o`quvchilarini  bilim olishga  

bo`lgan   xohishlarini  rivojlantirish,  ular  ongida  milliy mafkurani shakllantirish,  

ularni   hayotga  tatbiq  etish  yotadi. 

Bizning nazarimizda, pedagogik texnologiya – tizim jarayonining 

samaradorligini oshirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida 

o’qituvchining pedagogik va o’quvchining o’quv – bilim faoliyatini uyg’un 

ravishda tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali o’qitish 

metodlari, vositalari va shakllarini qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga 

imkon beradigan tizimli majmuasidir. 

Pedagogik texnologiyaning uchta darajasi mavjud: 

1


Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə