A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə8/9
tarix15.06.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#89483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY SIFATLARINING TARBIYALASH METODIKASI

XULOSALAR
1. 7-10 yoshdagi o‘quvchilar jismoniy tarbiyasining o‘rni va ilmiy-nazariy asoslari quyidagilar: 7-10 yoshli bolalar jismoniy tarbiyalash tizimida milliy harakatli o‘yinlardan foydalanish yosh va jinsni hisobga olgan holda jismoniy sifatlarni ustuvor rivojlantirish tamoyili bo‘yicha ularni aniq tabaqalashtirilmay amalga oshirilmoqda.
Adabiyotlar tahlili ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish muammolari to‘g‘risida ma’lumotlar kam. Ayniqsa, turli mintaqalarda o‘quvchilarning 7 yoshidan boshlab jismoniy mashqlar mashg‘ulotiga ongli ravishda mustahkam munosabatni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator usullar qo‘llaniladi. 7-10 yoshli bolalar uchun harakat tartibi katta ahamiyatga ega, chunki ularning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi darajasi ko‘pincha harakat faolligini va mashqlarni to‘g‘ri tashkil qilishga bog‘liq.

  1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jismoniy sifatlarni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tasdiqlangan ma’lumotlarni ko‘paytirish lozimligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

  2. Natijalar bolalar o‘sgan sari organizmining barcha a’zolari u yoki bu kuchlari o‘rtasidagi farqlar ham ortib borishini ko‘rsatadi. Olingan bu ko‘rsatkichlarda chap panja kuchlari o‘ng panja kuchlaridan sezilarli darajada farq qilishi kuzatildi. Bunda boshqa tabiiy omillar, ijtimoiy, tarbiyaviy vositalar bilan bir qatorda jismoniy sifatlarni tarbiyalashni ta’siri katta ekanligi ko‘rinadi.

SHuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, yuqorida qayd etilgan samarali vositalarni tanlash va pedagogik sharoitlarning yaxlit holda yaratilishi jismoniy tarbiya ishlarini olib borishda uning ketma-ketligi, uzviyligini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi. Bu jarayonda 7-10 yoshli o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi, tayyorgarligi nisbatan yuqori bo‘lganligini ham alohida aytib o‘tish kerak.
AMALIY TAVSIYALAR
7-10 yoshli o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini oshirishda milliy harakatli o‘yinlardan foydalanish orqali ularning jismoniy tayyorgarligini aniqlab, rivojlanish jarayonini kuzatish va o‘tkazilgan tadqiqotlarni bolalarning yoshiga qarab qo‘llagan ma’qul. Bunda boshlang‘ich sinf bolalarini jismoniy tarbiyalash amaliyotida foydalanishda quyidagi xususiyatlarni nazarda tutish kerak.

        1. Yo‘nalishiga ko‘ra milliy qadriyatlar va shu orqali milliy harakatli o‘yinlarni bolalar ongiga singdirish, tasavvur hosil qildirish.

  1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun milliy harakatli o‘yinlarga muvofiq jismoniy mashqlarni tanlab olish kerak;

  2. 7-10 yoshli o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish darajasini aniqlab, ularning jinsi va yoshiga qarab milliy harakatli o‘yinlarni dars jarayonida qo‘llash yaxshi natija beradi.

  3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik va jis moniy rivojlanish darajasini har ikki oy mobaynida kuzatib turish tavsiya etiladi. Bolalarning kun tartibiga harakatli o‘yinlarni ko‘pi bilan 2-3 marta, ertalab va tanaffuslarda kiritish kerak, bunda har bir o‘yin 3 martadan 5 martagacha ketma-ket bajariladi.

  4. 7-10 yoshli o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini milliy xalq o‘yinlari asosida takomillashtirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar tavsiya etish ma’qul.

  5. Milliy harakatli o‘yinlarni ommalashtirib, turli musobaqalar, sport bayramlari tashkil etilsa, ular vositasi bilan 7-10 yoshli o‘quvchilar jismoniy sifatlarining muvaffaqiyatli rivojlanishiga tez va oson erishish mumkin bo‘ladi.

  6. 7-10 yoshli o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida tabaqalashtirilgan harakatli o‘yinlardan foydalanish usullari, jismoniy tayyorgarlik va ruhiy imkoniyatlarini rivojlantirishga, shuningdek, jismoniy tayyorgarlik sifatini oshirishga yordam beradi.


Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə