A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


KIRISH Ishning dolzarbligi



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə2/9
tarix15.06.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#89483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING JISMONIY SIFATLARINING TARBIYALASH METODIKASI

KIRISH


Ishning dolzarbligi. Ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’lim asosiy bo‘g‘in sifatida muhim o‘rin tutadi. Bu boshlang‘ich ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya, sport sog‘lomlashtirish ishlarini rivojlantirish, ta’lim olayotgan o‘quvchilarning sport turlariga qiziqishini oshirish, bilimi, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash davr talabiga aylanib bormoqda.
Ushbu masalalarni to‘laqonli bajarilishini ko‘zlab, jismoniy tarbiya bo‘yicha davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etildi. Ushbu standart boshlang‘ich ta’lim tizimidagi o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hamda o‘quv yuklamasiga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilab beradi.
YOsh avlodni sog‘lom va barkamol, jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, ularning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan jismoniy tarbiyani milliylashtirish zarur. SHu bois jismoniy sifatlarni ilmiy jihatdan tadqiq etish, ularni maktab, bog‘cha o‘quv dasturlariga kiritish, ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan sport turlarini sport darajasiga ko‘tarish jismoniy tarbiya fani oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
YOsh avlodni ma’naviy boy, axloqiy pok, jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bugungi kunda pedagogika fani oldidagi muhim masalalaridan biridir. YOsh avlodning jismoniy sifatlarini rivojlantirish juda qulay. SHuning uchun boshlan-ich sinf o‘quvchilar jismoniy tarbiyasida jismoniy sifatlarni rivojlantirish asosida ulardan foydalanishda yangi uslubiy yondashuvni izlash hamda ishlab chiqishga bag‘ishlangan ilmiy ishimiz mavzusi juda dolzarb.
O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish masalalari ko‘pgina olimlar tomonidan o‘rganilgan. Masalan, F.N.Nasriddinov, R.S.Salomov, T.S.Usmonxo‘jaev, M.YU.YUnusova, E.YA.Bondarevskiy, F.Xo‘jaev kabi olimlarning tadqiqotlarida bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi, harakat faolligining sustligi aniqlangan. SHu bilan birga pedagogika fani ham yoshlarning jismoniy tarbiyasi, muntazam olib boriladigan mashg‘ulotlar orqali jismoniy tarbiyaga ehtiyoj va qiziqishni uyg‘otish muammolariga hamisha diqqat qilib kelmoqda. Ko‘rinadiki, bir qator ishlarda u yoki bu tarzda mazkur muammo haqida fikrlar yuritilgan bo‘lsa-da, 7-10 yoshli o‘quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirishning samaradorligi muammosi jismoniy tarbiya tizimi hamda, xalq pedagogikasida to‘liq holda maxsus tadqiqot predmeti bo‘lgan emas.
SHu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur ish bu muammoni ilmiy yo‘nalishda echishga qaratilganligi bilan muhimdir. Bu esa, eng avvalo, Respublikamizning mustaqilligi, qolaversa, hayot talablari asosida o‘quvchilarni jismoniy sifatlarini tarbiyalash bilan bog‘liq masalalarni to‘liq yaxlit holda ilmiy-pedagogik jihatdan asoslash va ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə