Abulqosimov h. P., Muminov n. G


O‘zbekiston Respublikasida xufyona iqtisodiyot ko‘lami



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/158
tarix28.11.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#136477
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   158
- P2

2.4.O‘zbekiston Respublikasida xufyona iqtisodiyot ko‘lami. 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida 2019 
yil 17 sentyabrda ”O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot: baholash
sabablari va uni qisqartirish yo‘llari” mavzusida o‘tkazilgan davra 
suhbatida O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyotning YaIMga nisbatan 
ulushi 40-50%ni tashkil etishi bayon qilindi.
35
Специалисты выявили основные причины существования теневой 
экономики Узбекистана //https://www.spot.uz/ru/2019/09/18/shadow/ 


BMT Taraqqiyot dasturi konsultantlari tomonidan o‘tkazilgan 
tadqiqotlar natijalari ham ushbu davra suhbatida e’lon qilindi. 
O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot miqyosini monetar usullar 
asosida, shuningdek, respublika hududlarida 700 dan ortiq korxonalar 
va 30 nafar tadbirkor o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish yo‘li bilan 
baholangan. Xufyona iqtisodiyotning asosiy sabablari soliq 
turlarining, yig‘imlar, majburiy ajratmalar sonining va ular 
miqdorining ko‘pligi ekanligi ta’kidlandi. Ushbu sabablarga 
korxonalarda yetarli miqdorda mablag‘larning yo‘qligi , banklar bilan 
bo‘ladigan hisob-kitoblarni va to‘lovlarni amalga oshirishdagi, 
xizmat ko‘rsatish sifati, kredit stavkalarining yuqoriligi bilan bog‘liq 
muammolar ham kiradi. Noiqtisodiy tavsifdagi sabablarga 
tadbirkorlarning bilim va tajribalarining, raqobat, ishlab chiqarish 
infratuzilmasining yetarli emasligi, biznesni tashkil etish va 
yuritishdagi ma’muriy to‘siqlarning mavjudligi, korrupsiya va mulk 
huquqining himoya qilinmaganligi kiradi
36

BMT taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida monetar yondashuv 
asosida 
amalga 
oshirilgan 
hisob-kitob 
natijalariga 
ko‘ra, 
O‘zbekistonda “xufyona iqtisodiyot” salmog‘i 46,4 foizni tashkil 
etadi
37
.
Ayrim 
ekspertlarning 
fikricha, 
O‘zbekistonda yashirin 
iqtisodiyotning YaIMdagi hajmi 50 foiz atrofida. Agarda raqamlarga 
murojaat etadigan bo‘lsak, 2019 yilda respublikamizda Davlat budjeti 
daromadlar qismi 102,6 trln so‘mni tashkil qilmoqda. Yalpi ichki 
mahsulot qiymati 424 trln so‘m qilib belgilandi. Shunda ekspertlar 
fikriga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotning 50 foiz ulushi 212 trln.so‘mni 
tashkil etmoqda. Ushbu summadan yashirin iqtisodiyotning optimal 
hajmi 15% (424*15%=64)ni chiqarib tashlanganda, 148 trln so‘m 
(212-64) mablag‘ iqtisodiyotdan tashqarida aylanayotgani ma’lum 
bo‘ladi. Agarda biz ushbu mablag‘ning belgilangan tartibda qonuniy 
aylanmasiga erisha olsak, Davlat budjetiga soliqlar to‘lanishi 
36
Специалисты выявили основные причины существования теневой 
экономики Узбекистана //https://www.spot.uz/ru/2019/09/18/shadow/ 
37
Одилжон Иминов. “Яширин иқтисодиёт”нинг яширинмаган сирлари 
//http://www.biznes-daily.uz/ru/gazeta-birja/67316-yashirin-iqtisodiyotning-
yashirinmagan-sirlari 


natijasida qo‘shimcha o‘rtacha 15-20 trln.so‘m (2,3 mlrd AQSh 
dollariga teng) mablag‘ tushirilishi mumkin. Bugungi kunda bitta 
umumta’lim maktabini yangitdan qurish uchun o‘rtacha 5 mlrd so‘m 
mablag‘ sarflanadi. Demak, bir yillik yashirin iqtisodiyot 
keltirayotgan zararga teng mablag‘ni 4 mingga yaqin umumta’lim 
maktablari qurish yoki aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilash 
uchun yo‘naltirish imkoni paydo bo‘ladi
38

O‘zbekistonda valyuta qora bozorini yo‘q qilish uchun 
noqonuniy valyuta qora bozorlarini qonuniylashtirgan holda 
belgilangan intervallar doirasida bozor narxlarida savdo qiluvchi 
valyuta ayirboshlash shahobchalarini tashkil qilish darkor. Naqd 
xorijiy valyutani bemalol rasmiy soliq to‘lab faoliyat yuritadigan 
xususiy shahobchalarda almashtirish imkonini berish kerak. Shundan 
so‘ng yashirin savdo qilayotgan valyuta sotuvchilarni qattiq jazolash 
lozim. 
Davlat tomonidan naqd pulsiz savdo qilayotgan tadbirkorlarga 
imtiyoz 
preferensiyalar 
berish 
orqali 
qo‘llab-quvvatlash 
mamlakatimiz iqtisodiyoti barqarorligini yanada ta’minlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Masalan, rivojlangan davlatlarda bugungi kunga 
kelib naqd pul muomalasi maksimal darajada qisqartirilgan, barcha 
pul aylanishi bank orqali amalga oshirilishi davlat iqtisodiyotining 
rivojlanishiga olib kelishi hech kimga sir emas. 
«O‘zbekozikovkatxolding» xolding kompaniyasi raisi Tohirjon 
Jalilov O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari xufiya bozori 
hajmini 6,8 milliard dollarga baholadi. Kompaniya ma’lumotlariga 
ko‘ra, 2019 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha xolding 
korxonalarida umumiy ishlab chiqarish hajmi 18,2 trln so‘mni tashkil 
etdi. Kutilishicha, yillik hajm taxminan 38 trln so‘mga teng bo‘ladi. 
«Bu juda kam. O‘ylaymanki, bizda 90-100 trillion so‘mlik mahsulot 
ishlab chiqariladi. Kompaniyalar past ko‘rsatkichlar qayd etilgan 
hisobotlarni taqdim etadi. Korxonalar esa kuniga 24 soat ishlayapti. 
Qolgan mahsulotlar qayerga ketyapti? Bozorga chiqarilmoqda, 
38
Мақсуд Қурбонбоев. Депутат фикри: Яширин иқтисодиётнинг келиб чиқиш 
сабаблари, 
жамиятга 
таъсири 
ва 
бартараф 
этиш 
йўллари.// 
https://kun.uz/news/2019/05/04/deputat-fikri-yashirin-iqtisodiyotning-kelib-chiqish-
sabablari-jamiyatga-tasiri-va-bartaraf-etish-yollari 


masalan, «O‘rikzor»ga, naqd pulga. Albatta, bularning barchasi hech 
qayerda hisobga olinmaydi»
39
, - dedi Tohirjon Jalilov. 
Xolding 
rahbarining 
ta’kidlashicha, kompaniya xufiya 
iqtisodiyotga qarshi kurashni tadbirkorlar yo‘lidagi to‘siqlarni olib 
tashlash orqali amalga oshirmoqchi
40

O‘zbekistonda xufyona iqtisodiyot ko‘lamining kattaligini 
norasmiy iqtisodiyot sektorida band bo‘lgan kishilar sonining 
kattaligi ham ko‘rsatib turibdi. 2020 yil
18 fevral kuni Toshkentda 
«O‘zbekiston Respublikasida davlat va jamiyat qurilishining yangi 
bosqichi, mamlakatni demokratik modernizatsiyalashda parlament 
va hokimlik vakillik organlarining rolini oshirish» mavzusida 
o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi 
Bandlik 
va 
mehnat 
munosabatlari 
vazirining 
o‘rinbosari 
B.X.Umrzoqov 
«[2020 yil 1 yanvar holatiga] band bo‘lgan aholi soni 
13 million 541 ming nafar kishini tashkil etadi. Shundan 5 million 7 
yuz ming kishi rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi. 8 
millionga yaqini esa norasmiy. Ya’ni bu toifadagi insonlar har kuni 
norasmiy ishlab, cho‘ntagini pulga to‘ldirib uyga borishadi. Bolalari, 
maktab, bog‘chalar va hokazolarga berishadi. Lekin davlatga bular bir 
tiyin 
ham 
soliq 
to‘lamaydi, to‘lovlarni qilmaydi. Ya’ni 
davlatimizning qudratiga, quvvatiga hissa qo‘shmaydigan 8 million 
aholimiz 
bor»
41

– deb ma’lumot berdi. U prezident 
murojaatnomasida ayni shu toifadagi insonlarni rasmiy sektorga 
o‘tkazish masalasi qo‘yilganini ta’kidladi. 
B.X.Umrzoqov
ning so‘zlariga ko‘ra, bu boradagi ishlar 2019 
yilning aprel oyida boshlangan. Har bir norasmiy fuqaro ishlayotgan 
korxona, muassasa, tashkilotlarga ogohlantirish berilgan. 2019 yil 1 
sentyabriga qadar ana shu toifadagi insonlarni rasmiylashtirish, 
rasmiy jihatdan to‘lovlarni belgilash masalasi qo‘yilgan. 2019 yili 
39
Ўзбекистон мева-сабзавот маҳсулотлари яширин бозорининг ҳажми 
маълум 
қилинди//https://kun.uz/news/2019/08/13/ozbekiston-meva-sabzavot-
mahsulotlari-yashirin-bozorining-hajmi-malum-qilindi. 
40
O‘sha yerda. 
41
Вазир ўринбосари: «Ўзбекистонда 8 миллионга яқин киши бир тийин ҳам 
солиқ тўламайди»//https://kun.uz/news/2020/02/18/vazir-orinbosari-ozbekistonda-8-
millionga-yaqin-kishi-bir-tiyin-ham-soliq-tolamaydi 


qisqa muddatda 480 ming kishini norasmiydan rasmiyga o‘tkazildi. 
Norasmiy band bo‘lgan aholini rasmiy bandga o‘tkazish tezlik bilan 
hal bo‘ladigan masala emas. Buni 3-4 yilda, ko‘rsatkichlarni asta-
sekin oshirgan holda amalga oshirish mumkin. Shu boisdan 2020 
yilda taxminan 550 ming, keyingi 2021 yili 1 millionga yaqin kishini 
[rasmiy sektorga] o‘tkazish tadbirlarini belgilab qo‘yilgan
42
. Bundan 
ko‘rinib turibdiki, norasmiy sektorda ish bilan band bo‘lgan kishilarni 
rasmiy sektorga o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish asosida 
xufyona iqtisodiyot ko‘lamini kamaytirishga erishiladi. Xufyona 
iqtisodiyot ko‘lamlarining kattaligi unga qarshi kurash masalalarining 
naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. 

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə