43
Shu misralarga tayanib, olimlar,
Yusuf Xos Hojib bu kitobini
ellik yoshlarida yozgan,
deb hisoblashadi.
Doston yaratilgan XI asr Qoraxoniylar davlatining eng gulla-
gan davri edi. Yuqori Chindan Kasbiy dengiziga qadar bo‘lgan
juda katta hudud shu saltanat hukmi ostida edi. Koshg‘ar (ik-
kinchi nomi O‘rdukent) shu ulug‘ saltanatning poytaxti edi.
Bolosog‘un mamlakatning muhim markazlaridan biri hisobla-
nardi.
Yusuf Xos
Hojib dostonini tugallagach, uni zamon hukm-
dori (elig) Tavg‘achxon Ulug‘ Bug‘ra Qoraxonga taqdim etadi.
Asar garchi XI asrda yaratilgan bo‘lsa-da, u haqida o‘zbek
adabiyotining keyingi asrlardagi namunalarida hech qanday
ma’lumot uchramaydi. Hatto, turkiy tildagi har bir asarga alo-
hida mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lgan buyuk Ali-
sher Navoiy, shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur ham
«Qutadg‘u bilig»
yoki uning mualli
ni mutlaqo tilga olmagan.
Shundan kelib chiqib, bu bobokalon shoirlarimiz «Qutadg‘u
bilig» haqida bilgan-bilmagani borasida bir narsa deyish qiyin.
Bunga sabab – asarning bor-yo‘g‘i quyidagi uch nusxasigina
saqlanib qolganligi:
1.Vena nusxasi.
U milodiy 1439-yili (Alisher Navoiy ta-
valludidan ikki yilgina oldin) Hirotda uyg‘ur yozuvi bilan
ko‘chirilgan. (Uyg‘ur yozuvi arab alifbosi asosida shakllantiril-
gan sof turkiy yozuv edi.) Kitob Turkiyaning Tugot shahriga,
1474-yili esa Istanbulga keltirilgan.
Uni keyinchalik Istanbulda
mashhur sharqshunos Hammer Purgshtall sotib olib, Venadagi
Saroy kutubxonasiga keltiradi. 1823-yili fransuz sharqshunosi
Jaubert Amadee bu buyuk asar haqida ma’lumot e’lon qilib,
uni ilm ahliga tanishtiradi.
2.Qohira nusxasi.
1896-yili asarning arab yozuvi asosidagi
turkiy alifboda ko‘chirilgan nusxasi Qohirada topildi.
3.Namangan nusxasi.
Sharqshunos Valizoda 1914-yilning
20-aprelida Qozon universiteti qoshidagi Arxeologiya, tarix va
etnogra
ya jamiyatiga Farg‘ona ekspeditsiyasi
haqida yozgan
hisobotida namanganlik Muhammad hoji Eshon Lolaresh de-
gan kishining qo‘lida «Qutadg‘u bilig»ning yana bir nusxasi
mavjudligi haqida ma’lumot beradi. Atoqli adabiyotshunos Ab-
44
durauf Fitrat 1924-yili Muhammad hoji Eshon Lolareshdan shu
qo‘lyozmani olishga muyassar bo‘ladi.
«Qutadg‘u bilig» zamonning ijtimoiy-siyosiy ehtiyoji yanglig‘
yaratilgan. Ya’ni Qoraxoniylar davlati va bu mamlakat xalqining
bir g‘oyaviy-mafkuraviy, ma’naviy-axloqiy dasturga, o‘ziga xos
milliy ta’limotga katta zarurati bor edi.
Shoir ana shu buyuk
va shara
i vazifani bajarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Asarning tub mohiyatida markazlashgan davlatni idora qilish,
yana-da mustahkamlash, turli xon va beklar o‘rtasida o‘zaro
og‘iz birchilikka erishish, adolatli va oqilona siyosat yuritish,
umrning o‘tkinchiligi, ma’naviyat, yashash tartib-tamoyillari bi-
lan bevosita bog‘liq g‘oyalarni badiiy tarzdagi bir qomusiy das-
tur sifatida ilgari surish niyati yotadi. Unda qaysidir ma’noda
xalqning
maqsad-muddaolari, orzu-intilishlari, maslak-g‘oyalari
ifodalangan. Shu nuqtayi nazardan u qoraxoniylar davrining
mafkuraviy ta’limoti sifatida ham alohida ahamiyatga ega.
Doston masnaviy, ya’ni o‘zaro qo
yalangan ikki misradan
iborat baytlar yo‘li bilan yozilgan. Vazni – mutaqo ribi musam-
mani mahzuf, ya’ni
Dostları ilə paylaş: