|
Andijon davlat universiteti,,Axborot texnologiyalari” fakultetei kki 2-kurs 1-guruh talabasi Akbarov Jamshidbekning tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: O’qituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning reja-konspekti. Darsning texnologik kartasi
|
səhifə | 1/4 | tarix | 22.03.2024 | ölçüsü | 10,96 Kb. | | #181337 |
| Akbarov Jamshidbek (1) Andijon davlat universiteti ,,Axborot texnologiyalari” fakultetei KKI 2-kurs 1-guruh talabasi Akbarov Jamshidbekning tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: O’qituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning reja-konspekti. Darsning texnologik kartasi.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, etarlicha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta’minlash, komleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). SHu bilan birga o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o‘z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak mashg‘ultning algoritmlari, samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi. - O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). SHu bilan birga o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o‘z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak mashg‘ultning algoritmlari, samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|