Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


-MAVZU: SUG‘URTA TASHKILOTLAR MOLIYASI



Yüklə 324,93 Kb.
səhifə31/67
tarix29.11.2023
ölçüsü324,93 Kb.
#141252
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67
Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar-hozir.org

9-MAVZU: SUG‘URTA TASHKILOTLAR MOLIYASI
1. Sug‘urtaning mohiyati, funksiyalari va turlari.
2. Sug‘urta bozori.
3. Ijtimoiy sug‘urtaning turlari.
4. Tibbiy sug‘urta.



  1. Sug‘urtaning mohiyati, funksiyalari va turlari

Sug‘urta ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi kategoriya sifatida jamiyat shakllanishining ilk davrlarida vujudga kelib, ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas qismiga aylangan. Sug‘urta tushunchasi mulkning saqlanishiga, tabiy ofatlar, yong‘in, o‘g‘irlik va iqtisodiy hayotning boshqa ko‘zda tutilmagan xavf-xatarlari natijasida nobud bo‘lishi yoki yo‘qotilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlardir.


Sug‘urta – bu uning ishtirokchilari o‘rtasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maqsadli sug‘urta fondlarini badallar hisobidan shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qayta taqsimlash munosabatlari yig‘indisidir. Ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri – bu mulk egasi va tovar ishlab chiqaruvchining moddiy farovonligi uchun xavotirlanishining asosiy sababchisidir. Shu asosda moddiy zararni manfaatdor mulk egalari o‘rtasida birgalikda qoplash g‘oyasi yuzaga keldi. Ko‘rilgan zararni qoplashning ancha oddiy shakli natural sug‘urta bo‘lgan. Don, yem-xashak va boshqa bir turdagi oson taqsimlanadigan mahsulotlar hisobidan alohida talofat ko‘rgan dehqonlarga moddiy yordam ko‘rsatilgan. Bunday sug‘urta, chegaralangan bo‘lib, keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan o‘z o‘rnini pul shaklidagi sug‘urtaga bo‘shatib bergan. Jamiyat taraqqiyoti natijasida sug‘urta mulkchilikning barcha shakllarini, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolar daromadlari va boshqa manfaatlarini himoya qilishning asosiy vositasiga aylandi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarida ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash va aholini turli tabiy ofatlar va hodisalardan himoya qilishda sug‘urtaning muhim o‘rni bor. Sug‘urta bozori mulkchilikning deyarli barcha shakllarini tabiy ofatlardan saqlashda, turli falokatlar natijasida odamlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda moddiy jihatdan yordam beradi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyoridagi mol-mulkdan samarali foydalanish uchun tadbirkorlik bilan harakat qilishi, shu bilan birga favqulodda va tasodifiy zararlarning oqibatida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash, ularning oldini olishga ham alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi. Bu o‘z navbatida sug‘urtaga bo‘lgan talabning ortib borishini ta’minlab beradi. Sug‘urta faoliyatini nafaqat korxona miqyosida, balki mamlakat miqyosidagi munosabatlarda ham amalga oshirish zarurdir. Sug‘urtaning qayta taqsimlash munosabatlari bir tomondan, sug‘urta fondini shakllantirish, ikkinchi tomondan, shu fonddan sug‘urta ishtirokchilarining zararini qoplash bilan bog‘liqdir.
Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyatiga uning funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi. Ushbu funksiyalar sug‘urta – moliya tizimining bir bo‘g‘ini sifatida xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.
Tavakkalchilik funksiyasi sug‘urtaning talofat ko‘rgan xo‘jaliklarga pullik yordam ko‘rsatish bo‘yicha asosiy yo‘nalishi zarar ko‘rishning tasodifiy ehtimolligi bilan bevosita bog‘liq. Aynan tavakkalchilik funksiyasining amal qilish doirasida sug‘urta ishtirokchilari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan sug‘urta hodisalari oqibatlari bilan bog‘liq pul shaklidagi qiymatning qayta taqsimlanishi ro‘y beradi.
Oldini olish funksiyasi sug‘urta fondi mablag‘larining bir qismi hisobidan sug‘urta tavakkalchiligini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar moliyalashtiriladi.
Jamg‘arish funksiyasida sug‘urta mablag‘lari sug‘urta fondlari sifatida to‘planadi va ma’lum muddatgacha sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha mablag‘larni jamg‘arish uyg‘unlashib ketadi. Bunda pul mablag‘larini jamg‘arish sug‘urtaviy himoyaga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liqdir. Shu bilan sug‘urta jamg‘arish funksiyasini bajarishi amalga oshadi. Sug‘urtaning nazorat funksiyasi sug‘urta fondining qat’iy maqsadli shakllantirilishi va ushbu mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanishdan iborat.
Mazkur funksiya yuqoridagi funksiyalardan kelib chiqadi va muayyan sug‘urta munosabatlarida aks etadi. Nazorat funksiyasi qonunchilik va turli direktiv hujjatlar asosida sug‘urta taomillarining to‘g‘ri bajarilishi ustidan moliyaviy sug‘urta nazoratini amalga oshiradi. Sug‘urtaning tasniflanishi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning turli soha, tarmoq va faoliyat turlari doirasida amalga oshiriladi. Shunga muvofiq sug‘urta munosabatlarini quyidagicha tasniflashimiz mumkin:
Mulkiy sug‘urta – moddiy qiymatliklarni turli baxtsiz hodisa va tabiy ofatlardan zarar ko‘rmasligini ta’minlash yoki ro‘y bergan holatda qoplash hisoblanadi; fuqarolar hayot sug‘urtasida – ularning hayoti, sog‘ligi, mehnatga layoqati; javobgarlik sug‘urtasida sug‘urtalanuvchilarning turli javobgarliklari, mas’uliyatlari, majburiyatlari; tadbirkorlik faoliyatida esa uning tadbirkorlik ishlari turli tavakkalchiliklardan sug‘urtalanadi.



  1. Yüklə 324,93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə