Antidangasalik


“Qarmoqlar metodi” uchun jadval



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/29
tarix12.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#148883
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Antidangasalik

“Qarmoqlar metodi” uchun jadval 
2013-yilda Hayder (Fahmeed Hyder)
17
va boshqalar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar
natijasiga ko‘ra, tana massasining 2 foizini tashkil qiluvchi miya taxminan energiyaning 20-
25 foizini va kislorodning 50 foizini yutishi ma’lum bo‘ldi. Chala qolgan ishlar bu energiya
miqdorini oshirib yuborishi va sizda holsizlik kuzatilishi mumkin. Shu boisdan miyadagi
ortiqcha fikrlarni chiqarib tashlash juda ham foydali.
Multitaskingni to‘xtating!
Hozirgi davr odamlarining qariyb hammasi multitasking bilan shug‘ullanadi, ya’ni bir
vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq vazifalarni qilishga urinadi. Ammo 2009-yil 24-
avgustda
18
Stenford universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, bir vaqtning
o‘zida ko‘p vazifani bajarish imkonsiz bo‘libgina qolmay, u zararli ham ekan. London
universitetida o‘tkazilgan yana bir tadqiqotga
19
ko‘ra, multitasking bilan shug‘ullanish IQ
darajasini 15 ballgacha pasaytirishi aniqlangan.
Fikrlash modellari 
Inson fikrlashining turli xil modellari bor. Ulardan ikkitasi bilan tanishib o‘tamiz. 
Amerikalik psixolog, Nobel mukofoti sovrindori Daniel Kaneman (Daniel Kahneman)
2011-yil chop etilgan kitobida inson fikrlashi ikkita tizimdan iborat ekanligini keltiradi
20
:
“Tezkor” va “Sekin” tizim. Biz uchun ikkala tizim ham zarur va biri ikkinchisidan yomon
emas. Har ikkisining ham o‘z vazifasi, ustunligi va kamchiliklari mavjud.
Tezkor tizim asosan ongsiz ravishda ishlaydi. Bunda biz avtomatik ravishda ishlarni
bajaramiz. Misol uchun, mashina haydab ketayotganingizda to‘satdan qarshingizdan kimdir
chiqib qolsa, siz o‘ylab o‘tirmay, rulni o‘ng yoki chapga burasiz. 
Foydali taraflari:

tez qaror qabul qiladi;

o‘ylash uchun deyarli energiya sarflamaydi.
15 


Zararli taraflari:

ko‘p holatlarlarda noto‘g‘ri qaror qabul qiladi;

boshqarish juda qiyin.
Sekin tizim ongli ravishda kechadigan jarayonlarda ishtirok etadi. Bunda siz o‘ylash
uchun kuch sarflashingizga to‘g‘ri keladi. Misol uchun, ilmiy masalalar ishlashda, reja
tuzishda va hokazo ishlarda bu tizim asosiy vazifani bajaradi.
Foydali taraflari:

kam xato qiladi; 

murakkab ishlarni hal qilishda yordamlashadi. 
Zararli taraflari: 

sekin qaror qabul qiladi; 

ko‘p energiya sarflaydi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə