Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Tayyorlov guruhida bolalarni tevarak-atrofda mo‘ljalga olishga



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

Tayyorlov guruhida bolalarni tevarak-atrofda mo‘ljalga olishga
o‘rgatishda u
larni qog‘oz varag‘i sathida predmetlarning qanday joylashganligini
(chaproq, o‘ngroq, o‘rtasida, yuqoriroq, pastroq aniqlashga) o‘rgatish, daftar
sathini aniqlash va shakllarni shtrixlar orqali chizishni mashq qilish, bolalarga
predmetlarni pol, qattiq qog‘oz, daftar varag‘i ustiga joylashni mashq qildirish,
tevarak-atrofdagi narsalarning vaziyatini aniqlashga doir mashqlarni tashkil etish
orqali o‘rgatiladi. Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning harakat yo‘nalishida
ularniig o‘zi va buyumlar orasidagi, buyumlarning o‘zi orasidagi fazoviy


munosabatlarda, shuningdek, qog‘oz varag‘ida (tekislikda) mo‘ljal olish
malakalari rivojlantiriladi va mustahkamlanadi. Bolalar bilan ishlash metodikasi
«chapdan-o‘ngdan», «ustida-ostida» kabi qarama-qarshi yo‘nalishlarni ajratishga
asoslanishi kerak. Bolada qog‘oz varag‘ida mo‘ljal olish malakalarini shakllantirish
uchun bunday topshiriq beriladi: varaqning yuqori chekkasiga 4 ta yulduzcha va
pastki chekkasiga shuncha yulduzcha qo‘yish. Shundan keyin tarbiyachi bolalarga
nima qaerda turganini gapirib berishni taklif qilishi mumkin. Bundan keyin
topshiriqlarning murakkabroq variantlaridan (figuralar miqdorini orttirish, ular
o‘rinlarini almashtirish usullaridan) foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek,
«Kim eslab qoladi?», «Nima o‘zgardi?», «Nimalari bilan farq qiladi?», «Juft
kartochkalar» kabi o‘yinlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Olti yoshli bolalar «o‘ziga» nisbatan to‘la ishonch bilan mo‘ljal oladilar.
Ammo hali ularning ko‘pchiligi buyumlarning, boshqa odamlarning o‘ng va chap
tomonlarini farq qilishda qiynaladilar. Ularni, masalan, o‘zi tomoniga yuzi bilan
aylangan o‘rtog‘ining o‘ng qo‘li uning chap qo‘li qarshisida bo‘lish holi ajablantiradi.
Nega bunday bo‘ladi? Oldingi ish natijasida bolada quyidagi bilim va malakalarning
puxta stereotipi (andozasi) yig‘ilib qoladi: o‘ngda (o‘ngroqda, o‘ngga), o‘ng qo‘l
turgan tomonda bo‘ladi. Bu fazo «o‘zidan» mo‘ljal olishda mutlaqo to‘g‘ri. Ammo
endi vaziyat o‘zgardi. «Bolaga boshqa odamdan yoki boshqa buyumlardan mo‘ljal
olish taklif qilinadi. Demak, munosabat nuqtasi sub’ektning o‘zidan tashqarida
belgilanadi. Bu yerda oldingi tajriba fazoviy vaziyatlarning yangi variantlari bilan
ziddiyatlikka kirishgandek bo‘ladi. Haqiqatda esa, masalan, bola o‘zi bilan juft
bo‘lib, turgan bola o‘zidan o‘ng tomonda turganini yaxshi biladi. Ammo teskari
fazoviy munosabatlarni («Agar Malik mendan chap tomonda turgan bo‘lsa, u
holda men undan o‘ng tomonda turgan bo‘laman») tushunish tayyorlov guruh
bolalari uchun ham unchalik oson emas. Bu yerda «boshqa odamga nisbatan»
mo‘ljal olish vaziyati mavjud. Buni to‘g‘ri tahlil qilish uchun bola eng oldin
o‘rtog‘ining o‘ng va chap qo‘li (tomoni)ni aniqlashi kerak. Katta guruhda bolalar
bu malaqani egallab olishgan, endi esa shu malaka puxta va ustivor ko‘nikma bo‘lishi
kerak.
Olti yoshli bolalar o‘ng va chap tomonni boshqa odamga nisbatan aniqlashni
xuddi o‘ziga nisbatan «o‘ng va chap tomonini aniqlagandek aniqlashini yaxshi
tushunib olmoqlari kerak (chap tomon o‘ng qo‘l turgan tomonda; o‘ng tomon chap
qo‘l turgan tomonda). Aniqlashning samarali usuli hayolan o‘rtog‘ining orqasiga
turishdan iboratdir. Shunday qilib, «yuzi bilan orqasiga» boshlang‘ich holatidan,
ya’ni bola o‘rtog‘ishshg orqasida turgan holatida boshqa odamga nisbatan o‘ng va
chap tomonni aniqlash kerak; shundan keyin «yuzma-yuz» holatida, ya’ni boshqa
bola qarshisiga turib, «o‘ng-chap»ni farqlash kerak. Keyinroq esa har qanday
boshlang‘ich holatda, xatto o‘rtog‘i orqasi bilan turganda ham, «o‘ng-chap» tomonlar
aniqlanadi.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə