Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Tayyorlov guruhlarida elementar matematika mashg‘ulotida mantiqiy



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

Tayyorlov guruhlarida elementar matematika mashg‘ulotida mantiqiy
tafakkur ham o‘stiriladi.
Tayyorlov guruhlarida elementar matematika mashg‘ulotida mantiqiy
tafakkurni o‘stirish uchun dastur mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. O‘quv yili davomida quyidagi olingan bilimlarni mustahkamlash:
- masala yechish malakasi;
- narsalarni 3 belgisiga ko‘ra turkumga ajratish malakasi;
- son qatori bilan ishlash malakasi;
- ikki xonali sonlarni bilish;
- masala tuzish malakasi;
- grafik diktant yozish malakasi;
- xafta kunlarini bilish malakasi
.
2. Bolalarni diqqati, xotirasi, mantiqiy tafakkuri, ijodiy tasavvurlarini
rivojlantirish.
Quyida bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiruvchi ba’zi usullar
berilgan.
1-mashq. Xazil topshiriqlar.
A) Bir qirg‘oqda jo‘ja, ikkinchi qirqoqda o‘rdakcha, o‘rtada bor orolcha. Kim
orolchaga birinchi bo‘lib yetib boradi?
B) Stolda ikkita olma, yettita nok bor. Stolda xammasi bo‘lib nechta sabzavot
bor?
V) Hovlida xo‘roz va tovuq aylanib yuribdi. Xo‘roz oyog‘i ikkita, tovuqniki
to‘rtta. Xammasi bo‘lib nechta oyoq bor?
G) Stolda ikkita yarimtalik, to‘rtta choraktalik olmalar bor. Ularni kesgunimizcha
nechta olma bo‘lgan.
D) Xonaning to‘rt burchagida to‘rtta mushuk turibdi. Ularning ro‘parasida uchtadan
mushuklar turibdi. Xonadagi jami mushuklar sonini ayting.
2-o’yin-mashg’ulot. Xonaga Zumrad kiradi. U juda xafa, qo‘lida xat bor.
Tarbiyachi xatni o‘qidi:
-
Qadrli Zumrad, senga biz Qimmatxon va uning onasi xat yozyapmiz. Bizning
boshimizga tashvish tushib qoldi. Yovuz sehrgar bizni qorong‘u zindonga tashladi.
Kim sehrgarning topshiriqlarini bajara olsa, kalitini topishi va bizni qutqarishi
mumkin. Agar bajara olishmasa, bog‘chadagi bolalardan yordam so‘rashsin.
Bolalar topshiriqlarni bajaradilar va bizga yordam beradilar. Chunki bu bolalar juda
zukko bolalar».
Tarbiyachi 1-topshiriqni bayon qiladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə