Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


-topshiriq. Shakllarni shunday joylashtirginki, xar qaysi qator va



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

6-topshiriq. Shakllarni shunday joylashtirginki, xar qaysi qator va
ustunda ikkita bir xil shakl bo‘lmasin.


7-topshiriq
. Kalit yashiringan joy misollarda belgilangan. Har bir misolni
yechish orqali biz kalit yashiringan joy nomini bilib olamiz. Kalit javonning qaerida
yashiringan ekan, topaylikchi. Misolning javobi qanday harf bilan boshlansa, o‘sha
harflar bizga kalit yashiringan joy nomini bildiradi.
10 – 7 = 3
misolning javobi –
3
3
soni
U
harfi bilan boshlanadi.
5 + 3 = 8
misolning javobi -
8
8
soni
S
harfi bilan boshlanadi.
6 – 2 = 4
misolning javobi -
4
4
soni
T
harfi bilan boshlanadi.
Misollarda
UST
so‘zi yashiringan ekan. Qani ko‘ramiz haqiqatdan ham kalit
javon ustidami?
Barakalla bolajonlar, kalitni birgalashib topdik. Ko‘rdingizmi bilimli bolalar
barcha muammolarni tezda hal qiladilar. Sizlar aqlli va dono bolalarsiz.
Mashg‘ulotning yakuni.
Kalitni Zumradoyga berishadi. Zumradoy bolalarga
minnatdorchilik bildirib, shu kalit yordamida Qimmatxon va uning onasini
qutqarishini aytib chiqib ketadi.
«Ilk va yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari» va
«Ilk qadam» o‘quv dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz ta’lim tizimida ta’limni
samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. O‘quv dasturda ta’lim
muassasasida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos
belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim
ahmiyat kasb etishi qayd etiladi. Shu bilan birga rivojlantiruvchi muhit mazmuniga
quyidagilar ko‘rsatiladi:
- ta’lim muassasasining ko‘rgazmali - rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-
tarixiy qadriyatlar: milliy va mintaqaviy an’analar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi
xususiyatlarga mos bo‘lishi lozim;
- muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning
muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.
Albatta ta’limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi
innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning ta’lim
olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab
etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish
markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni
o‘zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o‘z bilimini mustaqil
ravishda to‘ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib
borishga o‘rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Dastur asosida
tashkil etiladigan rivojlanish markazlari bolalarda quyidagilarni tarkib toptiradi:
- o‘zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;
- tanqidiy fikrlash;
- tanlashni amalga oshirish;
- muammolarni eta olish;
- ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish;


- odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-olam to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish.
Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy
etilmoqda. Zamonaviy bolalarning 65 foizi bugungi kunda mavjud bo‘lmagan
kasblarni egallaydi. Kelajakdagi mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va
muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta’lim va bilimlarga muhtoj bo‘ladi.
STEAM
farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi,
olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida
loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‘yin
orqali yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda
STEAM
-ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida
rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv
sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning
uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish
bo‘lib, bunad ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashadi. Shuning uchun, asosiy
ta’lim dasturiga quyidagilar:
Lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish
modullari kiradi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə