Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

S
T
E
A
M
:
S
-
SUBJECT - fan
 T - TECHNOLOGY - texnologiya
 E - ENGENERING - muxandislik
 A – ART-san’at
 M – MATHEMATICS - matematika
,
ya’ni ilm-fan, texnologiya,
muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv.
STEAM
bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni
rivojlantirishga quyidagicha yordam beradi:
- Muammolarni keng qamrovli tushunish;
- Ijodiy fikrlash;
- Muhandislik yondashuv;
- Tanqidiy fikrlash;
- Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash;
- Dizayn asoslarini tushunish.
Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam
beradi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan
AQSh, Yaponiya, Izroil,
Singapur, Rossiya
da ta’lim muassalarida bolalarni ijodiy va ixtirochilik
qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali
foydalanib kelinmoqda.


STEAM
yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam
o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy
vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik,
o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar
rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi.
O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish
.
Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va
avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib",
sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi natija
bermagan “mahsulot”ni qayta-qayta sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi.
Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun
ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining
qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə