Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

Faol muloqot va jamoaviy ish
.
STEAM
dasturlari ham faol muloqot va
guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga
qo‘rqmaslikka o‘rganadilar. Ko‘pincha, stol atrofida o‘tirmaydi, o‘zlarining
dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sinovdan o‘tkazadi va rivojlantiradi. Ular
hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do‘stlari
bilan muloqot qilish bilan band bo‘lishadi.
Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish
. va maktabgacha maktab
yoshidagi
STEAM
ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-
sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo‘yicha, qilgan
ishni yaxshi ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir.
STEAM
–bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo‘lib, bolalarning
zerikishlariga to‘sqinlik qiladi. Ular vaqt o‘tayotganini sezmaydilar, lekin ham
charchamadilar. Raketalar, avtoulovlar, ko‘priklar, osmono‘par binolarni qurish,
elektron o‘yinlar, fabrikalar, logistika tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-
fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada.
Loyihalar uchun ijodiy va innovatsion yondashuvlar
.
STEAM
ta’limi oltita bosqichdan iborat
: savol (vazifa), muhokamalar,
dizayn, qurilish, test va takomillashtirish
. Ushbu bosqichlar muntazam ravishda
loyiha yondashuvining asosidir. O‘z navbatida hamkorlik yoki turli imkoniyatlardan
birgalikda foydalanish ijodkorlik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, bir vaqtda
bolalarda fan va texnologiyalarni qo‘llash, yangi innovatsiyalarni yaratishi mumkin.
Oqilona tashkil etilgan sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit bolalarda izlanishga,
tashabbus ko‘rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag‘bat
uyg‘otadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to‘g‘risida
aniq tasavvurga ega bo‘lishlari, buning uchun esa ularni doimiy ravi
щ
da nazorat qilib
borishlari zarur bo‘ladi. Tarbiyachi o‘quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini
inobatga olgan holda ularga munosib tarzda yetkazadilar. maktabgacha ta’lim


muassasalari pedagogik jamoasining o‘rni shundan iboratki, ular har bir bolaning
qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar
qo‘yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo‘llab-quvvatlashlari, ularda borliqni
birgalikda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishlari kerak.
Bola rivojlanishining o‘ziga xosligini inobatga olishda avvalo shuni tushunib
yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma’lum bosqichlarini bosib o‘tadilar,
biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir.
Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, o‘xshash narsalar va faoliyat turlari bilan
ta’minlashlari uchun ularning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish
ko‘rsatkichlari to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek,
tarbiyachilar bir xil yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi
farqlarga e’tibor bilan munosabatda bo‘lishlari kerakligini mutaxassislar alohida
ta’kidlashadi. Bunda bola rivojlanishining o‘ziga xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga
javob beruvchi faoliyat turlari, ya’ni ularning aqliy, ijtimoiy va ma’naviy yetuklik
darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga qiziqishlariga,
tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o‘z g‘oyalarini tajribada sinab ko‘rish
xoxish-istaklariga qaratilgandir. Bunda bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘zlari
javob topishiga yordam berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob izlash
barobarida bolada qiziqish, dalillash va e’tibor berish avtomatik tarzda faollashadi.
Bunda tarbiyachining roli savolni soddalashtirmasdan va bolani ko‘p axborot bilan
chalg‘itmasdan uni qoniqtiradigan javob topish yo‘llarini birgalashib qidirishdan
iboratdir.
Rivojlanish markazlaridagi ta’lim jarayonida bolalarning o‘zlari tegishli
rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda
ishlashi, individuallashtirishda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini o‘ylab topadiki,
unda barchaga birdek ko‘rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan
holda o‘zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi.
Individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab
etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi
zaruriyat tug‘ilib qolsa topshiriq va materiallarni o‘zgartirishi yoki moslashtirishi
mumkin.
“Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida
quyidagi rivojlanish markazlari faoliyati yuritilishi nazarda tutiladi:

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə