Til va muloqot fanidan 1-mustaqil ish Muloqot deb nimaga aytiladi?



Yüklə 209,99 Kb.
səhifə1/3
tarix13.08.2023
ölçüsü209,99 Kb.
#120542
  1   2   3
Til va muloqot


Til va muloqot fanidan 1-mustaqil ish





  1. Muloqot deb nimaga aytiladi?

  2. Muloqot turlariga nimalar kiradi?

  3. Nutq turlari nechta?

Muloqot - yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijti­moiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘oya va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida ka­molotga yetadi. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogik-psixo­logik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.


Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o‘zaro ta’sir va o‘zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
Pedagogikada muloqot o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘zaro ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o‘zaro axborot almashishida, ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishida, o‘zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo‘ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
• muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
• muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim aha- miyatga ega;
• o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi;
• pedagogikada muloqot - o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tka- zish asosida o‘zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maq- sadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
• muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chi- qadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanadi;
• noto‘g‘ri pedagogik muloqotdan o‘quvchilarda qo‘rquv, o‘z kuchi- ga ishonchsizlik paydo bo‘ladi, ularning diqqat-e’tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
Pedagogik muloqot - bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda vadarsdan tashqari faoliyatda eng qulay psixologik muhitni vujudgakeltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiymunosabatidir.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad:
• salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham
berish;
• o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish;
• o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o‘z fik-mulohazalarini cho‘chimasdan bayon qilib unga tayanishga o‘rgatish;
• o‘quvchilarningyashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
• dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish.
A.S.Makarenkoning fikricha, o‘qituvchi muloqoti hypmat va talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida bo‘lishi lozim.
V.D.Suxomlinskiy o‘qituvchining "...maktab hovlisida gapirgan har bir so‘zi puxta o‘ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma’lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo‘lishi kerak” deb ta’kidlaydi. O‘qituv- chining har bir so‘zi olimning fikricha, nafaqat o‘quvchi qulog‘iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo‘lishi shart. Umuman ilg‘or o‘qituvchilarning fikricha, ta’lim va tarbiya faqat o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi.
Muloqot jarayonida o‘qituvchi qisqa muddatda o‘zining psixologik bilimlariga tayanib o‘quvchilarning psixik xususiyatlarini mukammal bilishga harakat qilishi lozim. O‘quvchilarning ichki dunyosiga, ruhiy holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli tarbiyaviy jazolar qo‘llash, tanbeh berish mumkin emas. Bu holat o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqotni tuzatib bo‘lmas darajada buzilishiga, o‘quvchilarning yashirin holatga, o‘z “qobig‘i”ga kirib olishiga sabab bo‘ladi.
O‘qituvchilarning o‘zaro axborot almashishi bilan bog‘liq xusu­siyatlari, uning sinf jamoasiga singib keta olish qobiliyati bilan bo g‘liq. Sinf jamoasida ro‘y berayotgan har qanday voqea va hodisalar o‘qituv- chilar nazoratida bo‘lishi, ularning oqibatini o‘qituvchilar tez va adolatli tahlil qilishi va oldini olishi lozim. Bu faqat faol o‘quvchilar bilan axbo­rot almashib turish natijasida amalga oshiriladi. Shundagina, o‘qituv- chining o‘quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratiladi va ijobiy natijalar beradi.
O‘qituvchi ta’lim - tarbiyaviy faoliyatni o‘quvchilar bilan birgalikda tashkil etadi. Bunda sinfning faol o‘quvchilari hamda norasmiy liderlari bilan o‘zaro muloqotning adolatli bo‘lishi muhim ahamiyatga ega: o‘quvchilarni tarbiyaning turli elementlarini ongli ravishda mustaqil bajarishga jalb etish, bunda o‘quvchilarga tashkilotchilik va ijro etish rollarini bajarishga imkoniyat yaratib berish lozim.
O‘qituvchining to‘g‘ri tashkil etilgan muloqoti o‘quvchining o‘zli- gini anglash funksiyasini takomillashtiradi. Bunda o‘qituvchining vazi- fasi muloqot asosida o‘quvchilarga o‘zining "Men"ligini anglashni, shaxs sifatida o‘z fikrini dadil va erkin gapirishni, jamoada o‘z o‘rnini bilishni, o‘z-o‘zini baholashni o‘rgatishi kerak.
Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o‘qituvchi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog olimlar o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotiga ko‘plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot, avvalo, o‘qituvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi. Olimlar esa, muloqot uchun o‘qituvchiga yo‘nalish beradi xolos. Jumladan, rus pedagogi V.A.Kan-Kalikning fikricha, o‘qituvchining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Prognostik bosqich (modellashtirish): O‘qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish.
2. Kommunikativ aloqa: O‘quvchi bilan dastlabki o‘zaro tanishuv jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish.
3. Pedagogik jarayon: O‘qituvchining xatti-harakati, pedagogik mahorati bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
4. Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklarni xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun modellashtirish.
Olimning fikrlari asosida muloqotning ushbu yo‘nalishlarini quyidagicha ta’riflash mumkin?
Modellashtirish bosqichida auditoriyaning barcha andozalarga javob berishi, har bir o‘quvchining psixologik xususiyatlarini o‘rganishi, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar dinamikasini oldindan ko‘ra olish va bartaraf etish, muloqotning o‘zaro hamkorlik asosida qurilishi, ya’ni muloqot o‘qituvchi shaxsiga emas, balki o‘quvchi shaxsiga ham mos kelishini ta’minlash zarur.
Kommunikativ aloqa bosqichida sinf jamoasini o‘zaro muloqotga tez jalb etadigan suhbat texnikasini puxta bilish, ularning barcha qizi- qishlariga javob bera olish, erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratish va o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir etishning turli usullarini qo‘llash metodlarini egallash lozim.
Pedagogik jarayon bosqichida o‘qituvchining faoliyati bevosita ta’lim-tarbiyaviy ishlarni ma’lum bir yo‘nalishga solish, o‘quvchilar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, sinf jamoasining rasmiy va norasmiy liderlari bilan adolatli muloqotni tashkil etish, o‘z fikrlarini jamoa fikrlari bilan real sharoitga moslashtira olish ko‘nikmalarini yaratish kabi faoliyat olib boriladi.
Natijalar tahlilida o‘qituvchi o‘z faoliyatiga xolisona baho berishi, yutuq va kamchiliklarni inobatga olib, kelgusi ta’lim-tarbiyaviy faoli­yatida tanqidiy qo‘llashni bilishi lozim, ushbu yo‘nalishda maqsad, reja va natijalarning birligi ta’minlanadi, o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish va boshqarishda rahbarlikni, tashabbuskor bo‘la olishni bilishi kerak.
O‘quvchilarning axloqiy jihatdan tarbiyalanganligi uning atrof-muhitga nisbatan bo‘lgan munosabatlarida ham namoyon bo‘ladi. Axloqiy tarbiyalanganlik o‘quvchining his-tuyg‘ularida ichki kechinmalarida ifo- dalanadi va xulq-atvorida, o‘qituvchi bilan muloqot jarayonida yuzaga qalqib chiqadi. O‘quvchilar bilan yaqin munosabatda bo‘lish va mehri- bonlikni namoyish etish, o‘qituvchining sinf jamoasi bilan munosabatda to‘g‘ri va odilona muloqotini tashkil etishda asosiy zamin bo‘ladi.
Muloqot turli rollar orqali shaxs faoliyati uchun ijtimoiy maydon yaratadi, shaxsning ijtimoiy xulq-atvorini shakllantiradi. O‘ qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zining shaxsiy tashabbuskor va rahbarlik rolini namoyish etadi. Dars jarayonida esa o‘qituvchi o‘quvchilarni tashkilotchi va ijrochi rollarida bo‘lishga imkoniyat yaratishi kerak. Muloqot asosida shaxs o‘zligini tanishni o‘rganadi. O‘qituvchi darsni rejalashtirar ekan, faqat o‘rganilayotgan dars mavzusi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida o‘quvchilarni axborot ko‘lamiga jalb etishni o‘ylamasligi kerak, balki o‘qituvchining yordamiga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilarni topishi, ularga yordam berish uchun sharoit yaratishi, har bir o‘quvchining qiziqishini ta’minlovchi sharoitlarni ko‘ra olishi va o‘zaro hamkorlikni ta’minlashi lozim.
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilar bilan yaxshi munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo‘llashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik muloqot esa, bu o‘qituvchi kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda ta’lim va tarbiya muammolari o‘qituvchi hamda o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu vaziyatda o‘qituvchi baho beruvchi rolida namoyon bo‘ladi hamda uning o‘zi baho oluvchi hisoblanadi. bunday hollarda pedagogik ta’sir ko‘r- satish vazifalari va vositalari hamda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon bo‘ladi:
Kommunikativ muloqot.
Interaktiv muloqot.
Perseptiv muloqot.

1. Kommunikativ muloqotda bir tomonlama axborot uzatiladi. Muomala o‘z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashuvini qamrab olgan bo‘lib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi bir - birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida muloqotning muhim vositalari bo‘lmish til va nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi.


2. Interaktiv muloqotning muhim jihati ikki tomonlama bir-biriga ta’sir etishdir. Muloqotga kirishuvchi o‘qituvchi o‘zaro ta’sir etishda, o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat so‘z orqali, balki fikr almashinuv, xatti - harakat va xulq-atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishi tushuniladi.
3. Perseptiv muloqotdao‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi o‘zaro bir- birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi. Bunda muloqotga kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi.
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o‘zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok etuvchilarning munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Pedagogik muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab, faoliyat olib borishi lozim.
A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida “O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi... o‘qituvchining bosh vazifasi o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratligini, demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanishi, mustaqil fikrlash katta boylik...” ekanligini ta’kidladi.
Demak, o‘qituvchilarning asosiy vazifasi shaxs erkinligini, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Shundagina ta’lim tizimida yoshlarga erkin fikrlash imkoniyatlari yaratiladi. Davlat siyosatiningo‘qituvchilar zimmasiga bugungi kunda rivojlanayotgan jamiyatimizuchun yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilano‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, irodasi baquvvat, o‘z kasbinimukammal biladigan XXI asr kadrlarini tayyorlash mas’uliyatiyuklangan.
O‘qituvchining ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyatida erishishi lozim bo‘lgan barcha ijobiy natijalari uning o‘quvchilar bilan jonli va erkin muloqotni to‘g‘ri tashkil etishi muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi so‘z san’atining cheksiz qudrati asosida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi, har bir darsni samarali tashkil etib olib boradi, o‘quvchilar bilan so‘zlashishni biladi, tarbiyaning suhbat, ma’ruza, hikoya qilish kabi usullaridan o‘rinli foydanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan qizg‘in muloqotni amalga oshiradi.
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni mukammal tashkillashtirish o‘qituvchining jonli muloqotni samarali tashkil etishiga bog‘liq. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchining muloqoti ijobiy natijalar berishi uchun o‘qituvchida o‘quvchilar bilan erkin so‘zlashuv qobiliyati bo‘lishi kerak. Zero, o‘qituvchi bilan o‘quvchining muloqotini bog‘lovchi asosiy vosita-so‘zdir. O‘qituvchining so‘z boyligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, muloqot olib borish qobiliyati tez namoyon bo‘lib, ijobiy natijalarga erishishi oson bo‘ladi.
Odatda, so‘z boyligi qashshoq bo‘lgan o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyatlarida o‘quvchilar bilan tez-tez ziddiyatlarga duch keladilar. O‘qituvchining jonli muloqoti har qanday tarbiyaviy tadbirning mazmun va mohiyatini o‘quvchiga tabiiy holda yetkazadi, shu jarayonning ob- yekti va subyekti o‘rtasida muloqot uchun mustahkam ko‘prik yaratadi va ichki hissiyot bilan harakatlarning uyg‘unlashuvini ta’minlaydi.
Jonli muloqot - o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan, har qanday ta’lim-tarbiyaviy tadbir mohiyatini og‘zaki so‘z bilan o‘quvchilarga etkazadigan, o‘qituvchini ziddiyatli jarayonlardan olib chiqish qudratiga ega bo‘lgan faoliyatdir.
Yosh o‘qituvchi pedagogik mahoratida mujassamlashgan nutqning jozibadorligi, bilim saviyasining va tafakkurining kengligi, o‘tkir dunyo- qarashi, ma’naviy madaniyat darajasi, pedagogik qobiliyati, ta’lim- tarbiyaviy maqsadlarning mutanosibligi har qanday dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy tadbirning muvaffaqiyatini ta’minlovchi hamda o‘qituvchi jonli muloqotini tashkil etuvchi omillardir. O‘qituvchi kasbiyfaoliyatidagi jonli muloqot qobiliyatini takomillashtirish uchun o‘z oldiga doimo quyidagi savollarni qo‘yib, unga mustaqil fikr-mulohazasi asosida javob bera olishi kerak:

Yüklə 209,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə