Avtomobil transporti muxandisligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

Nazorat savollari:
1. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tartiboti deganda nimalar
tushuniladi?
2. Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi deb nimaga aytiladi?
3. Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlashning qanday usullari mavjud?
4. Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini taqlidiy (imitastion) modellashtirish
usuli bo‘yicha qanday aniqlanadi?
5. Ehtiyot qismlar sarfi qanday usullar bo‘yicha aniqlanadi?
6. Ekspluatatsiya davrida texnik tayyorgarlik koeffitsienti qanday aniqlanadi?
7. Ekspluatatsiya davrida yo‘lga chiqarish koeffitsienti qanday aniqlanadi?


57
II. Bo’lim. transport vositalari diagnostikasi asoslari
Mavzu-9. Diagnostikaning maqsad va vazifalari -2soat
Reja:
9.1 Texnik diagnostika.
9.2 Diagnostikaning maqsadi va vazifalari.
9.3 Transport vositalarini yaratish va ekspluatatsiya bosqichlarida diagnostik
ta’minlash.
9.4 Transport vositalarining texnik diagnostikasiga qo‘yiladigan talablar.
Tayanch iboralar:
Diagnostika; diagnostikalash jarayoni; diagnoz qo‘yish;
diagnostik xarita; jamg‘arma xaritasi; tuzilmaviy parametr; texnik diagnostika.
9.1 Texnik diagnostika
Transport vositasi, uning tarkibiy qismlari ma’lum ekspluatatsiya sharoitlarida
namoyon bo‘ladigan hamda xususiyatlar deb ataladigan miqdor va sifat
xarakteristikalari bilan tavsiflanadi. Xususiyatlar majmuyi transport vositasi yoki
uning elementining vazifasi bo‘yicha ishlatish uchun yaroqlilik darajasini aniqlaydi
va boshqa transport vosita (element)lardan farqi va o‘ziga xos xususiyatini ifoda
etadi. Ob’ekt (tizim, element, hodisa, jarayon)ning xususiyatlarini tavsiflaydigan sifat
darajasi parametr deb ataladi. Parametrlar, ularning o‘lchamlarini belgilaydigan
miqdoriy qiymatlar bilan tavsiflanadi.
Transport vositasi yoki uning elemetining texnik holatini ma’lum vaqt va
tashqi muhit sharoitlarida tavsiflaydigan parametrlar miqdorlari texnik hujjatlar bilan
belgilanadi.
Transport vositasi atrof-muhit bilan, uning tarkibiy qismlari esa, o‘zaro bir-biri
bilan harakatda bo‘lib, o‘z vazifalarini bajaradi. Buning natijasida transport
vositasining xususiyatlari asta-sekin yomonlashadi. Iqlim sharoitlari, eskirish, sozlash
ishlari, TXK va JT jarayonida buzilgan elementlarni almashtirishning ta’siri ostida
transport vositasi texnik holatini tavsiflovchi parametrlar qiymati o‘zgaradi.
Transport vositasi, uning tarkibiy qismlari texnik holatini aniqlash usul va
vositalari, nazariyasini qamragan bilimlar sohasi texnik diagnostika deb ataladi.
Diagnostika (grekcha–diagnosticos) – aniqlashga qodir, demakdir.
Transport vositasi yoki uning tarkibiy qismini bo‘laklarga ajratmasdan yoki
qisman ajratib va texnik diagnostika vositasini ulab texnik holatini aniqlash, texnik
diagnostikalash deb ataladi.
Transport vositasi yoki uning elementi parametri miqdorlarining texnik hujjat
talablariga mosligini tekshirish va uning asosida hozirgi paytdagi texnik holatini
aniqlash texnik holat nazorati deb ataladi. Diagnostikalash (nazorat) natijasi texnik
diagnoz (nazorat natijasi) deb ataladi.
Avtokorxonalarda transport vositalarini diagnostikalashning iqtisodiy
samaradorligi quyidagicha: joriy ta’mirlash sarflari 8–12% ga, ehtiyot qismlar sarflari
10–12% ga, yonilg‘i sarfi 2–5% ga kamayadi; avtoshinalarning yuradigan yo‘li esa
3–5% ga oshadi.


58
Diagnostikalash sarflari transport vositasining samaradorligi va sozligini
boshqaruv bilan bog‘langan bo‘lib, uning yuqori ishonchlilik darajasini ta’minlashga
xizmat qiladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə