60
-
agregatlarni oqilona yig`ish va parametrlarini bo`laklarga ajratmasdan
nazorat qilish;
-
texnik holatni nazorat etish amallarining xavfsizligi;
-
transport vositalarining konstruksiyasini soddalashtirilishi, uni
rasionalizasiya qilish yo`li bilan elementlarning sonini kamaytirish;
-
texnik holatni o`zgarishlari va transport vositasining asosiy elementlarining
buzilishi bo`yicha yuzaga keladigan signallarni aks ettiruvchi turli xil datchiklar,
asboblar va yozuv qurilmalarini o`rnatish;
-
transport vositalarining ta’mirlashga moyilligini yanada oshirish va uning
elementlarini oqilona joylashtirish;
- transport vositalarining diagnostika jarayoniga moslashuvchanligini
oshirish.
Avtokorxona transport vositasini ishlatishdan oldin, texnik shartlar va texnik
xizmat ko‘rsatish hamda joriy ta’mirlashni o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomaga
asoslanib diagnostikani tashkil qiladi va o‘tkazadi. Har bir diagnoz qo‘yish natijasi
diagnostik xarita va jamg‘arma xaritasiga yoziladi. Diagnoz qo‘yish natijalari asosida
transport vositasini kelgusida ishlatish yoki unga texnik ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risida
qaror qabul qilinadi.
Transport vositalarini ekspluatatsiya qiladigan korxona texnik xizmat ko‘rsa-
tish, joriy ta’mirlash va ekspluatatsiya bo‘yicha qo‘llanmaga binoan quyidagilarni
ishlab chiqadi:
-
texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlashlarni bajarayotganda diagnostikani
tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha namunaviy texnologik jarayon xaritasi;
Diagnostik xarita hamma holatlarda bajarilgan diagnostika natijalarini qayd
etish, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash jarayonlarida bajariladigan ishlar
bo‘yicha qaror qabul qilish uchun xizmat qiladi. U jamg‘arma xaritani to‘ldirishda
dastlabki hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Jamg‘arma xarita transport vositasi ekspluatatsiyasi jarayonida diagnostik
parametrlarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotni yig‘ishga, qoldiq resursni va ikki
nazorat o‘rtasidagi buzilmasdan ishlash ehtimolligini oldindan aytib berish uchun
axborot yig‘ishga mo‘ljallangan. Bu xarita har bir transport vositasi uchun ochilib, to
uni hisobdan chiqarilgunigacha to‘lg‘azib boriladi.
Dostları ilə paylaş: