Avtomobil transporti muxandisligi


 Diagnostikalash tizimining tarkibi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

10.2 Diagnostikalash tizimining tarkibi
Texnik diagnostikalash tizimi butun Ob’ekt yoki uning tarkibiy qismlari texnik
holatini aniqlash uchun kerak bo‘ladigan vosita, Ob’ekt va ijrochilar majmuyini
tashkil etadi.
Ob’ekt (transport vositasi, agregat, mexanizm, uzel)ni diagnostikalash texnik
hujjatlarda belgilangan algoritm (Ob’ektga ta’sir etish ketma-ketligi yig‘indisi)
bo‘yicha amalga oshiriladi (10.1-rasm).
Diagnostikalash Ob’ekti transport vositasi va (yoki) uning tarkibiy qismlari
bo‘lishi mumkin.


62
Diagnostikalash Ob’ekti diagnostikaning zarurati va imkoniyatlari bilan
tavsiflanadi. Uning zarurati texnik holat o‘zgarishi qonuniyatlari va iqtisodiy
maqsadga bog‘liq bo‘lsa, imkoniyati – diagnostik ta’minotga bog‘liq. Diagnostik
ta’minot transport vositasi hayoti stiklining barcha bosqichlarida diagnostikalashni
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qoida, usul, algoritm va vositalarning bir-biri
bilan o‘zaro bog‘langan majmuyini tashkil etadi. Ob’ektning diagnostikalashga
moslashganligini ta’minlash uchun loyihalash bosqichida diagnostik ta’minotni ishlab
chiqish kerak. Buning uchun diagnostika modeli tahlil etiladi.
Diagnostik axborotni olish bo‘yicha diagnostikalash tizimi
funkstional
va
testli
turlarga bo‘linadi. Funksional diagnostikalash Ob’ektning ishlash jarayonida olib
boriladi. Testli diagnostikalashda Ob’ektning sun’iy ishlashi tashkil etilib, diagnostik
parametrlar o‘lchanadi.
Diagnostik parametrlarni o‘lchash bo‘yicha diagnostikalash tizimi
universal
va
maxsus
turlarga bo‘linadi. Universal tizim bir necha diagnostik jarayonlar uchun
mo‘ljallangan bo‘lsa, maxsus tizim faqat bitta diagnostik jarayonni ta’minlaydi.
Diagnoz qo‘yish asosi bo‘yicha diagnostikalash tizimi

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə