Axloq mohiyati, prinsplari va normalari


Kasb axloqi va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni



Yüklə 32,64 Kb.
səhifə3/4
tarix22.12.2023
ölçüsü32,64 Kb.
#154306
1   2   3   4
AXLOQ MOHIYATI

Kasb axloqi va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni. Jamiyatda mutlaq, abadiy va o‘zgarmas axloq yo‘q. Axloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Uning bu xususiyatlari umumiy axloqning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan kasb axloqida yaqqol namoyon bo‘ladi. Jamiyat rivojining tarixida ijtimoiy mehnat taqsimotining (ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandlik, savdogarlik va boshqa kasblarning) paydo bo‘lishi mehnatning bir turi bilan band bo‘lgan kishilar guruhlarining kasb-hunar jihatidan ajralib chiqishiga va shunga muvofiq ravishda turli mutaxassisliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu esa har bir kishining qilayotgan mehnat turiga, mehnatni tashkil etish usullariga qarab, ulardan muayyan turdagi harakatlar va ruhiy quvvatlarni sarflashni talab etadigan takrorlanmas, o‘ziga xos ko‘nikmalarni vujudga keltirdi. Oqibatda bu ko‘nikmalar har bir kasbda ichki va tashqi, asosiy va ikkinchi darajali asosiy bo‘lmagan ziddiyatlar keltirib chiqardi. Odamlar esa subyektiv tuyg‘ulari va axloqiy fikrlarini ularni bartaraf etishga safarbar etadilar. Shu tariqa, kasbiy munosabatlardagi xilma-xil xolatlar orasidan ixtisosning nisbatan mustaqilligi xususiyatlarini ifodalovchi eng tipik holatlar ajralib chiqdi. Ular, o‘z navbatida, mehnat jarayonida ishtirok etayotganlarning o‘ziga xos xatti-harakati, xulq-atvor normalarini keltirib chiqaradiki, natijada kasbiy munosabatlar sifat jihatdan barqarorlikka Erishishi bilanoq har bir mehnat turining tabiatiga muvofiq keluvchi
axloqiy dasturlarning, ya’ni kasb axloqining yuzaga kelishiga olib keladi. Yillar o‘tishi bilan ishlab chiqarish, fan va texnika rivojlanib, ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashdi. Bu jarayonning uzluksiz davom etishi esa, o‘z navbatida, har biri muayyan ijtimoiy funksiyani bajaradigan yangidan-yangi faoliyat sohalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch va majburiyatlar muayyan axloqiy qoidalar va xulq-atvor normalarida o‘z aksini topdi. Shunday qilib, kasb axloqi uzluksiz mehnat taqsimotining mahsuli, uning axloqiy dasturi, axloqiy bahosi sifatida paydo bo‘ldi va faoliyat ko‘rsata boshladi. Jamiyatning har bir kasb-hunarga, ixtisosga beradigan axloqiy bahosi ikki asosiy omil bilan – birinchidan, mazkur kasb-hunar vakillarining jamiyat rivojlanishi uchun obyektiv ravishda nimalar berishi bilan; ikkinchidan, jamiyatning ma’naviy ta’sir ko‘rsatish ma’nosida ularga subyektiv ravishda nimalar berishi bilan bog‘liq.
Ana shu axloqiy baho omillariga ko‘ra, kasb axloqini har bir kasb- hunarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va vazifalariga qarab bir necha turga ajratish mumkin: o‘qituvchilik ixtisosiga qarab – pedagog axloqi; tibbiyot ixtisosiga qarab – shifokor axloqi; huquqni muhofaza qilish ixtisosiga qarab – yurist axloqi; qurolli kuchlar ixtisosligiga qarab – harbiylik va ofitserlik etikasi va h.k.
Shifokorlik hozirgi zamonda eng ko‘p tarqalgan, hayot uchun eng zarur kasblardan bo‘lib, bu kasb axloqining hususiyatlariga quyidagilar kiradi:
– bemorlarga nihoyatda katta e’tibor, shirinso‘zlik va odamshavandalik bilan munosabatda bo‘lish va g‘amxo‘rlik qilish;
– bemorlarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir etish, ya’ni ularni ruhiy davolash usullarini puxta egallash va mahorat bilan qo‘llash, odamlarda tajriba o‘tkazish chegaralarini aniq bilish va uni buzmaslik;
– bemorlardagi kasallikni, u keltirib chiqaradigan yomon oqibatlar va uni davolash
sirlarini oshkor qilmaslik, uni bemor hamda uning qarindoshlariga nihoyatda ehtiyotlik bilan ma’lum qilish va h.k.
Shifokorlik kasbi axloqining sir-asrorlarini tibbiyotda deontologiya2 fani o‘rganadi. Bu fan ishlab chiqqan qoidalarga rioya qilmaslik, ya’ni bemorlarga qo‘pol gapirish, hayqirish, ularning kasalini ko‘rib, oshkora hayratga tushish, iztirob chekish, nojo‘ya xatti-harakatlar, ayniqsa, tamagirlik qilish bemor ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, «dard ustiga chipqon» bo‘ladi. Bu esa bemorni ham, shifokorni ham katta fojiaga duchor etishi mumkin. Demak, shifokorlik kasb axloqining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni shundaki, shifokor o‘zining yuksak axloqiy xislatlarini namoyon qilib, bemorlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolab, kishilarning jismonan sog‘lom bo‘lishini ta’minlab, jamiyatning yanada rivojlanishiga hissa qo‘shishi yoki, aksincha, o‘zining noshudligidan, odamlarni xasta, nogiron holga keltirishi, ba’zan esa ularning o‘limini tezlashtirib, jamiyat rivojiga to‘sqinlik qilishi mumkin. O‘qituvchilik shifokorlik kabi jamiyat rivojiga salmoqli hissa qo‘shuvchi kasblardan biri hisoblanadi. Bu kasb axloqining xususiyatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
– o‘quvchi-talabalarni eng zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, ularga ushbu bilimlarni hayotga tatbiq etish yo‘llarini ko‘rsatib berish;
– уларга замонавий усуллар асосида таълим-тарбия бериш, талабчан бўлиш, ўқувчи-талабларни ўз фарзандидек ардоқлаш;
– фикрини аниқ ифодалаш, ўз устида тинмай ишлаш, ўқувчи-талаблар қалбида билимга чанқоқлик ҳиссини уйғотиш;
– турмушда ўз хулқ-атворини қаттиқ назорат қилиб, шу асосда ўқувчи-талабларга ҳар соҳада доимо ибрат бўлиш ва ҳ.к.
Ўқитувчилар касб ахлоқининг жамият ҳаётида тутган ўрни ёш авлоднинг хат-саводини чиқариш, уларга замонавий илм сирларини ўргатиш, ёшларга таълим-тарбия бериш ва шу асосда уларда меҳнатсеварлик, инсонпарварлик фазилатларини тарбиялаш, умуминсоний қадриятларни эъзозлаш, Ватанни муҳаддас деб билиш каби туйғуларни шакллантириш билан белгиланади. Ватанни ҳимоя қилиш энг шарафли касблардан биридир. Ушбу касб эгаллари бўлмиш ҳарбий хизматчилар – аскар ва офитсерларнинг касб ахлоқи ватанпарварлик, мардлик, жасурлик, энг замонавий жанг қуроллари, усул ва воситаларини билиш ва қўллай олиш; жанговар ўртоқлик қоидаларига содиқ қолиш, жанг майдонини ташлаб кетмаслик, асрга тушишдан ҳазар қилиш; ҳарбий қасамёдга содиқ қолиб, ҳарбий бурчни ҳаётининг сўнгги дақиқаларига қадар бажариш каби хусусиятлари билан ажралиб туради.
Ҳарбий хизматчилар касб ахлоқининг асосий қоидалари уларнинг «ҳарбий қасамёди» ва низомларида ўз ифодасини топган. Ҳарбий хизматчилар касб ахлоқининг жамият ривожида тутган ўрни мазкур мамлакат аҳолисининг тинч-тотув яшаши учун шароит яратиш, яъни уларни хавф-хатар ва душман тажовузлардан ҳимоя қилиш билан боғлиқ.
Юқорида баён этилганлардан кўриниб турибдики, касб ахлоқи умумий ахлоқнинг нисбатан мустақил қисмидир. У қуйидаги хусусиятларга эга:
– қадриятлар оламида жамият томонидан яратилаётган янги қадриятлар тизимининг
асосий йўналишларини белгилаб берувчи кўрсаткич эканлиги;
– жамият манфаати ва эҳтиёжидан келиб чиққан ҳолда муайян ижтимоий қатламларнинг
эҳтиёжларини қондирувчи маънавий озуқа эканлиги;
– ўта хавфли ва қийин, зиддиятли шароитларда ахлоқий танловни амалга ошириш
воситаси эканлиги;
– давлат маъмурий органлари, жамоат ташкилотларининг аҳолининг турли қатламлари
ўртасидаги кундалик турмуш муносабатларини тартибга солиб турувчи омиллардан бири
эканлиги ва ҳ.к.
Шунга кўра, касб ахлоқи,биринчидан, жамиятда қабул қилинган умумий ахлоқ
қоидаларининг маълум касб эгаси томонидан амалда қандай бажарилишини кўрсатувчи
хатти-ҳаракат, одоб, хулқ-атвор қоидаларнинг мажмуи вазифасини ўтаса; иккинчидан,
шахснинг характерини шакллантиришда бевосита иштирок этиб, касбий бурчини
муваффақиятли бажаришига кўмаклашади.
Шундай қилиб, касб ахлоқи – жамият томонидан қабул қилинган ахлоқ

Yüklə 32,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə