21
II.
O’QUV KONTENTLAR
1.1.
Kirish. Botanika fanining rivojlanish tarixi, tadqiqot usullari.
O‘simlik hujayrasi va organlari haqida umumiy tushuncha.
Reja:
1.
Botanika fanining rivojlanish tarixi.
2. Botanikada foydalaniladigan tadqiqot usullari.
3. O’simlik hujayrasining tuzilishi.
Tayanch iboralar:
botanika, hujayra, sitoplazma, morfologiya, anatomiya
ontogenetik, teratologiya, eksperimental, filogenetik usul.
1. Botanika fanining rivojlanish tarixi.
O‘simliklar haqidagi bizgacha yetib kelgan dastlabki ilmiy ma’lumotlarni
eramizdan avvalgi III–IV asrlardagi grek klassik faylasufi
Aristotel va uning
shogirdi, botanika fanining asoschisi Teofrast asarlarida kuzatish mumkin.
XV-XVIII asrlar botanikaning rivojlanishida o‘simliklarni dastlabki
ro‘yxatga olish davri hisoblanadi. Bu davrda o‘simliklar morfologiyasining asosiy
tushunchalari, ilmiy atamalar vujudga keldi. O‘simliklarning klassifikatsiya
qilishning uslublari va qonun-qoidalari ishlab chiqildi. O‘simliklar dunyosining
dastlabki sistemalari yaratildi.
XVII–XVIII asrlarda organizmlarning
tuzilishi va vazifalari, ba’zi bir
umumiy qonuniyatlar haqida juda ko‘p ashyoviy materiallar to‘plandi. Ayniqsa,
o‘simliklarning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi, ularning yashash
sharoitiga moslanishi haqida ma’lumotlar ko‘paydi.
Organizmlarning evolutsiyasi haqidagi ilmiy asoslangan fikrlar XIX asr
boshlarida Fransiyada J. Lamark organik olam evolutsiyasini birinchi bo‘lib ilmiy
asoslashga harakat qiladi. XIX asrining o‘rtalarida hujayra nazariyasining
asoschilari nemis olimlari M.Shleyden va T.Shvanlardir.
22
XIX asrining ikkinchi yarmida evolutsion ta’limot
va tarixiy uslub asosida
biologiyaning yangi tarmoqlari kelib chiqa boshladi. Ana shu davr turli o‘simliklar
guruhlarining filogenetik sistemalarini yaratish bilan ham xarakterlanadi.
XX asr biologiya fanining jadal rivojlanish davri hisoblanadi. Bu davda
biologiya sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar yangi ilmiy ishlab chiqarish uslublari
va yo‘llarini ishlab chiqish hamda ulardan samarali foydalanish bilan bog‘liqdir.
XX asrda botanika sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyotda va atrof-muhitni
muhofaza qilish kabilarda katta ahamiyatga ega.
Tabiat hodisalarining takomillashib, evolutsion tarzda rivojlanib borishidagi
tushuncha va ta’limotlar
Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin
Muhammad Bobur kabi
allomalarning asarlarida o‘z infodasini topgan.
O‘rta Osiyo olimlarining fan tarixida qoldirgan olamshumul ko‘p qirrali
ilmiy merosini o‘rganishga e’tibor har tomonlama ortib bormoqda. Ayniqsa,
alohida ta’kidlash zarurki, keyingi o‘n yilliklar davomida O‘rta Osiyo mazkur
olimlar ilmiy merosini o‘rganish markaziga aylanib qoldi. O‘rta Osiyolik
olimlarning tabiiy-ilmiy merosini o‘rganish borasida olib borilgan yutuqlarni tahlil
qilish
shundan dalolat beradiki, O‘rta Osiyo olimlari o‘z asarlari bilan jahon
biologiya fanlarini rivoj-lantirishga beqiyos ulkan hissa qo‘shgan. Keyingi vaqtda
O‘rta Osiyo olimlarining asarlarini har tomonlama tahlil qilayotganligi va ularni
chop etib, keng kitobxonalar ommasi hukmiga havola etilayotganligi ham
fikrimizning dalilidir. Ayniqsa, O‘rta Osiyo olimlari,
jumladan, Al-Xorazmiy,
A.N.Farobiy, Z.M. Bobur kabi allomalarning ilmiy merosini o‘rganishga
bag‘ishlab o‘tkazilgan yubiley sessiyalari munosabati bilan olib borilgan ilmiy
tadqiqotlar ularni tabiiy fanlar sohasida qoldirilgan ilmiy merosini va biologiya
fan-larini rivojlantirishga qushgan hissalarini aniqlash va uni chuqur o‘rganishda
yuksak omil bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: