B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Alkaloidlar
. Geterotsiklik tuzulishi azotli organik moddalar. Ular achiq ta’m 
beradi. Hujayra shirasida tuzlar shaklida uchraydi va ishqoriy xossaga ega. Odatda 
rangsiz, ba’zan rangli bo‘ladi. Alkaloidlar yuksak o‘simlik hujayralari uchun xos 
boshqa organizmlarda juda kam uchraydi. 
Glikozidlar
. Shakarning spirtlar, aldegidlar, fenollar yoki boshqa moddalar 
bilan birikishidan hosil bo‘lgan tabiiy moddalar guruhi. O‘simlikdan olinadigan bir 
necha glkozidlar tibbiyotda foydalaniladi. Glikozidlarga hujayra shirasidagi 


35 
pigmentlar – flavonoidlar ham kiradi. Ularning biri antotsianlar hujayra shirasiga 
qizil, ko‘k yoki binafsha rang beradi, ikkinchisi flavonlar sariq rangga ega.
Vakuolalar
hujayraning osmotik hodisasida muhim rol o‘ynaydi. Hujayra 
shirasida erigan molekulalar va ionlar to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Shuning uchun 
ular sitoplazma va hujayra qobig‘iga ma’lum bosim hosil qilgan holda ta’sir etadi. 
Buni 
osmotik 
bosim
deb 
ataladi. 
Uning 
kuchi 
hujayra 
shirasining 
konsentratsiyasiga bog‘liq. Hujayra qobig‘ining unga qarshi qo‘rsatadigan kuchi 
turgor bosim
deyiladi. Osmotik va turgor bosimlarning o‘zaro nisbati hujayraning 
shimish kuchini belgilaydi. U quyidagi formula bilan ifodalanadi: S q P – T;
bunda S – hujayraning shimish kuchi; P – osmotik bosim; T – turgor bosim. 
Bu ko‘rsatkichlar hujayraning fiziologik holatiga qarab o‘zgarib turadi. 
Vakuolaning hujayra osmotik jarayonlardagi roli va sitoplazmaning ba’zi bir fizik 
xususiyatlari, plazmoliz hodisasida ko‘rinadi. Plazmoliz – vakuolalarning o‘zidan 
suv yo‘qotishi natijasida hujayra qobig‘idan sitoplazmaning qochishidir. Plazmoliz 
hujayrani biror gipertonik eritmaga tushirganda kuzatiladi. Buning uchun saxaroza, 
glitserin, kaliy nitrat tuzi eritmasi va boshqalardan foydalaniladi, plazmolitiklar 
deb shularga aytiladi. 
Sitoplazma faqat suvni o‘tkazadi. Plazmolitiklarning molekulalarini 
o‘tkazmaydi. Osmos qonuniga ko‘ra tashkaridagi gipertonik eritma vakuoladan 
suvni “so‘rib” oladi. Natijada uning hajmi qisqaradi. Uning ketidan elastik holdagi 
sitoplazma ham qisqiradi. Plazmoliz hujayra shirasi bilan tashqaridagi eritma 
konsentratsiyalarnig tenglashishiga qadar davom etadi. Plazmoliz jarayoni sekin 
borganda uning burchaklaridan boshlanadi va bu boshlang‘ich holat 
burchakli 
plazmoliz
deyiladi. Keyinchalik botiq va oxirida qabariq plazmolizlar kelib 
chiqadi. Tez sodir bo‘lgan qovushqoq sitoplazmadagi plazmoliz changak 
ko‘rishida bo‘ladi. Plazmoliz holiga o‘tgan hujayralar tiriklik xususiyatini saqlab 
qoladi. Bunday hujayralar gipotonik eritmaga tushirisa, avvalgi holatiga qaytishi
ya’ni deplazmoliz hodisasini tekshirish bilan sitoplazmaning yarim 
o‘tkazuvchanlik, qovushqoqlik va elastiklik xususiyatlari haqida hujayranig tugror 
holatini yo‘qotishi o‘simlikning so‘lishiga olib keladi. O‘silikda suv tanqisligi 


36 
natijasida hujayralarning noziq qobig‘i burishadi va shu vaqtda protoplast ham 
burmali ko‘rinishni oladi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə