B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Hujayra qobig‘i
hujayraga moddalarning kirishi va harakatini boshqarsa
asosan hujayrani tiriklik qismini himoya qiladi. O‘simlikning ko‘pchilik 
hujayralari voyaga yetganda faqat hujayra qobig‘idan iborat bo‘ladi. 
Hujayra qobig‘ining asosiy tarkibi sellulozadan iborat bo‘lib, u sanoatda 
keng ishlatiladi. To‘qimachilik materiallarining qog‘oz va yog‘ochning 
xususiyatlari hujayra qobig‘ining kimyoviy tarkibida va molekular tuzilishi bilan 
bog‘liq. U asosan polisaxaridlardan tashkil topib, ulardan tashqari hujayra qobig‘i 
tarkibda oqsillar, mineral tuzlar, lignin, bo‘yovchi moddalar, lipidlar ham uchrashi 
mumkin. Odatda hujayra qobig‘i suv shimgan bo‘ladi.
Selluloza hujayra qobig‘ining tayanchi deb qaralsa, uning asosi esa pektin va 
gemitsellulozadan iboratdir.Pektin moddalar suvda kuchli bo‘kish xususiyatiga 
ega. Ular kislota va ishqorlar ta’sirida parchalanadi. Gemitsellulozalar pektin 


45 
moddalarga nisbatan suvda uncha bo‘kmaydi. Ba’zan xo‘jayra qobig‘ida amorf 
holdagi polisaxaridlar to‘planishi mumkin. Asosda yukorida ko‘rsatilgan 
polisaxaridlardan tashqari maxsus tuzilishli oqsil va lignin moddalari keng 
tarqalgan. Ligninning hujayra qobig‘ida to‘planishi 
yog‘ochlanish
deb ataladi. 
Lignin fenollar qatoriga kiruvchi suvda erimaydigan polimer modda. Uning 
to‘planishi hujayra qobig‘i xususiyatlarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Avvalo 
unung elastiklik xususiyati yo‘qoladi 

mustahkamligi ortadi, suv o‘tkazuvchanligi 
esa pasayadi. 
Ba’zi hujayralarning qobig‘ida ko‘p miqdorda qumtuproq, kalsiy oksalat 
yeki karbonatlar uchraydi. Ular hujayra qobig‘iga qattiqlik, shu bilan birga 
mo‘rtlik xususiyatlari beradi. Ba’zi bir tur hujayralar qobig‘i mum, kutin va 
suberin kabi lipid moddalar shimadi yoki ular bilan qoplanadi. Ular kimyoviy 
jihatdan bir-birlariga yaqin organik moddalar bo‘lib, organik erituvchilarda oson 
eriydi. 
Hujayra qobig‘ini hosil bo‘lishida Goldji apparati va plazmolemma asosiy 
rol o‘ynaydi. Goldji apparati hujayra qobig‘i tarkibiga kiruvchi glikoproteid, lignin 
kabi moddalarni sintezlab beradi. Sellulozaning sintezi va kristallanishi hamda 
joylashishi plazmolemmaga bog‘liqdir. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə