B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

3. Qoplovchi to’qimalar 
Gaz almashinuv, suv bug‘latish hamda mexanik himoya vazifasini 
bajaruvchi chegaralovchi to‘qimalar guruhini 
qoplovchi to‘qima 
deb ataladi. 
Qoplovchi to‘qimalar kelib chiqishi va tuzilishiga ko‘ra epiderma, periderma va 
po‘stloq (ritidom) kabi turlarga bo‘linadi. 
Birlamchi qoplag‘ich to‘qima (epiderma)
yosh novda, poya va barglarni 
ustki qismidan qoplab turadi. Ikkilamchi va uchlamchi to‘qimalar – periderma va 
ritidomlar esa o‘simlikning poya va ildizlarini qoplaydi. Shimish vazifasi kuchliroq 


50 
bo‘lgan tashqi chegaralovchi to‘qimalar ildizlar uchun xarakterli bo‘lgan velamen 
va rizodermalardir. Ichki chegaralovchi to‘qimalar o‘simlikning turli organlarida 
uchraydi: endoderma poya va ildizlarda, ekzoderma ildizda, o‘tkazuvchi 
boylamlarni o‘rab turuvchi hujayralar guruhi esa asosan barg uchun xarakterlidir. 
Epiderma
uchki meristemaning tashqi qavatidan hosil bo‘lgan birlamchi 
qoplovchi to‘qima hisoblanadi. U o‘simlikning yosh davrida barcha organlarini 
qoplab turadi. Keyinchalik ko‘p yillik organ ikkilamchi qoplovich to‘qima bilan 
almashinadi. Poya va barglardagi birlamchi qoplovchi to‘qima
epiderma
deb 
ataladi. Epidermaning muhim vazifasi gaz almashinuvi boshqarish va suv sarfini
kamaytirishdan iboratdir. Bulardan tashqari epiderma o‘simlikning ichki 
to‘qimalariga kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlarni kirishidan va mexanik 
zararlanishdan saqlaydi. Organlarga mustahkamlik beradi. Epiderma orqali efir 
moylari, suv tomchilari va tuzlar ajralib chiqishi mumkin. 
Epiderma to‘qimasi parenxima yoki bir oz cho‘zilgan tirik hujayralardan 
tashkil topgan. Hujayradagi yirik vakuol shira bilan to‘la bo‘ladi. Odatda hujayrada 
rangli plastidalar bo‘lmaydi, ammo mag‘iz atrofida leykoplastlar kuzatiladi. 
Epiderma tashqi muhit bilan maxsus og‘izchalar yordamida bog‘lanadi. 
Og‘izchalar orqali gaz almashinuv va suv bug‘latish kabi muhim hayotiy 
jarayonlar amalga oshadi. Og‘izchilar ikkita loviyasimon hujayralardan va ular 
o‘rtasida joylashgan hujayra oralig‘i – og‘izchadan iborat. Og‘izchalar atrofida 
joylashgan epiderma hujayralari ko‘pincha boshqa hujayralardan farq qiladi va 
ularni og‘izchaning 
yordamchi hujayralari
deyiladi. 
Loviyasimon hujayra bilan birga yordamchi hujayralar murakkab og‘izcha 
apparatini hosil qiladi. Og‘izchaning ustki va ostki tomonlarida oldingi va keyingi 
dahlizlar hamda og‘izcha tagida havo bo‘shlig‘i joylashgan. 
Og‘izchalarning ochilib va yopilib turishi ichki va tashqi omillarga bog‘liq. 
Tashqi omillardan biri o‘simlikni suv bilan ta’minlanganlagiga qarab 
og‘izchalarning ochilishi va yopilishi kuzatiladi, shu bilan o‘simlik 
bug‘lantiradigan suv miqdori boshqarib turiladi. 


51 
Loviyasimon hujayralarning harakati turg‘or va plazmoliz hodisalariga ham 
asoslangan. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə