B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )


 Asosiy to’qimalar va mexanik to’qimalar



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

4. Asosiy to’qimalar va mexanik to’qimalar
Barcha tirik va o‘lik holdagi hujayralar o‘simlikning mustahkamligini 
ta’minlaydi. Jonli hujayralarning mexanik roli turgor bosim bilan bog‘liqdir. Suv 
bilan yaxshi tuyingan hujayralar tarang bo‘lib, o‘sishni shakl va hajmini bir butun 
holda saqlab turadi. Ortiqcha namlik sharoitida o‘suvchi o‘simliklar odatda maxsus 
mexanik to‘qimaga ega bo‘lmaydi yoki kuchsiz rivojlangan bo‘ladi. 
Mexanik to‘qimalarning vazifasi o‘simlikka mustahkamlik berishdan iborat 
bo‘lib, uni har xil mexanik shikastlanishlardan saqlaydi. Mexanik to‘qima tufayli 
o‘simlik poyasi tik holatni saqlaydi. Daraxtlar og‘ir shox–shabbalarni ushlab turadi 
hamda tashqi muhitining kuchli bo‘ron va shamollariga, yomg‘ir va qorlarga 
bardosh beradi. Mexanik to‘qima hujayralarining xarakterli xususiyati qobig‘ining 
ko‘pincha lignin moddasi singishi natijasida yog‘ochlashishidadir. Bu esa o‘z 
navbatida mustahkamlikni oshiradi. 
Mexanik to‘qimalar kelib chiqishi, o‘simlik organlarida joylashishi va 
umumiy anatomik belgilariga qarab uch turga bo‘linadi:
1) kollenxima; 2) sklerenxima; 3) sklereidlar.
Kollenxima
. Hujayralarning ko‘ndalang kesimi har xil shaklda bo‘lib, 
asosan 4–5 qirrali tuzilishga yaqin. Bo‘yiga kesimi o‘z o‘qi bo‘ylab cho‘zilgan, 
hujayra uchlari to‘mtoq yoki biroz egilgan bo‘ladi. Hujayra qobig‘i selluloza 
hisobiga qisman qalinlashadi, shuning uchun ular tiriklik xususiyatini saqlab 


53 
qoladi. Kollenximaning xarakterli xususiyati hujayralarida xloroplastning 
uchrashidadir. Hujayra qobig‘ining qalinlashish xarakteriga ko‘ra burchakli, 
plastinkali va g‘ovak kollenxima turlari farq qilinadi. Kollenxima poyalarda, barg 
bandlari va barg yaproqlarida kuzatiladi. U qovoq poyasining birlamchi 
po‘stlog‘ida, kartoshkagulda, kartoshkada va marmarakda ham yaxshi taraqqiy 
etgan bo‘ladi. 
Plastinkali kollenximada hujayralarning tangental devorlari ichki va tashqi 
tomonlari qalinlashadi. Plastinkali kollenxima poyalarda olma, yertut va 
qoraqatning barg bandlarida uchraydi. G‘ovak kollenximada hujayra oraliqlari 
yaxshi rivojlangan. Bunday hujayralarda faqat hujayra oraliqlari bilan 
chegaralangan qismlari qalinlashadi. G‘ovak kollenxima oq sho‘ra, rovoch va 
boshqa o‘simliklarning poya va barg bandlarida uchraydi. Kollenxima faqat 
mexanik vazifani bajarib qolmay, balki assimilatsion vazifani ham bajaradi. Barg 
plastinkasida kollenxima o‘tkazuvchi boylamlarni ostki va ustki tomonlaridan 
o‘rab turadi. Shunday qilib, kollenxima birlamchi kelib chiqishga ega va yosh 
o‘suvchi organlar uchun xarakterli mexanik to‘qima hisoblanadi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə