B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

Sklerenxima
. Sklerenxima muhim mexanik to‘qima hisoblanib
o‘simlikning ildiz, poya kabi o‘q organlari va o‘tkazuvchi nay tolali boylamlar 
tarkibiga kiradi. Ko‘pchilik o‘simliklarda uni birlamchi po‘stloqda va perisikllada 
mexanik halqa sifatida yoki mexanik to‘qima boylamlari sifatida uchratish 
mumkin. Sklerenxima hujayralari uzun prozenxima va bir-birlari bilan juda zich 
joylashib, uchi o‘tkirlashgan tolalar shaklini oladi. Hujayra qobig‘i bir tekis 
qalinlashadi va unda qavat-qavat tuzilish ifodalanadi. Qavat-qavatlilikning yaxshi 
rivojlanishi natijasida, hatto hujayra bo‘shlig‘i, ko‘rinmay qolishi mumkin. 
Hujayra qobig‘ining yog‘ochlanishi nihoyatda mastahkamlik va elastlakni vujudga 
keltiradi. 
Sklerenxima hujayralarida qalinlashish bilan birgalikda yaxshi ifodalangan 
teshik kanallari ham hosil bo‘ladi. Sklerenxima hujayralari qobig‘i shakllanib 
bo‘lgandan so‘ng hujayralarning tiriklik qismi nobud bo‘ladi. Shuning uchun o‘lik 
mexanik to‘qima hisoblanadi. U kelib chiqishga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi 


54 
bo‘ladi. O‘simlik organlarida joylashishiga qarab

lub tolalari va yog‘ochlik 
tolalarga bo‘linadi. Lub tolalari o‘simlik organlarining po‘stloq qismida uchrab, 
ular birmuncha uzunligi bilan ajralib turadi. Masalan, lub tolalari uzunligi zig‘irda 
40–120 mm, gazandada – 80 mm, ramida 350-420 mm ga boradi. Lub tolalarining 
hujayra qobig‘i zig‘ir, kendir o‘simligida odatda, tezda yog‘ochlanadi. Ulardan 
dag‘al matolar to‘qish va arqonlar tayyorlashda foydalaniladi. 
Yog‘ochlik tolalar
(libriform) uncha uzun emas (2,5 mm dan oshmaydi). 
Hujayra qobig‘i doimo yog‘ochlanadi, ammo qalinlashishi lub tolalariniki kabi 
kuchli emas. Libriform asosiy vazifasidan tashqari ozuqa moddalar to‘plash va suv 
o‘tkazish kabi vazifalarni ham bajarishi mumkin. Bunday hollarda hujayraning 
tiriklik qismi saqlanib qoladi va yupqa yog‘ochlangan qobiqqa ega bo‘ladi. 
Sklereidlar
. Ular o‘simlikning ildiz, barg va mevalarida yakka–yakka yoki 
to‘da–to‘da bo‘lib joylashadi. Sklereidlar yumaloq ovalsimon, cho‘ziq va 
shoxlangan shakllardagi, hujayra qobig‘i yog‘ochlangan jonsiz mexanik 
to‘qimadir. Hujayra qobig‘ida qavatlik va teshik kanallar yaxshi ifodalanadi. Tosh 
hujayralar nok, behi kabi o‘simlik mevalarining et qismida, yong‘oq po‘chog‘i va 
olcha, olxo‘ri kabi o‘simlik mevalarining danaklarida keng tarqalgan. Shoxlangan 
sklereidlar choy, kameliya va zaytun o‘simliklari barglarida tayanch hujayralar 
nomi bilan uchraydi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə